--

Sirdaryo – Afg‘oniston: hamkorlikning yangi bosqichi

Sirdaryo – Afg‘oniston: hamkorlikning yangi bosqichi
Chop etilgan 22 июл, 2026

Ayni paytda Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida “Sirdaryo – Afg‘oniston” investisiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumni ochib bergan Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov asrlar davomida shakllangan qo‘shnichilik va birodarlik rishtalarini mustahkam iqtisodiy sheriklikka aylantirish, Sirdaryoda o‘zaro manfaatli investisiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda bugungi muloqotlar yangi kelishuvlar va uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Forumda Afg‘oniston Savdo-sanoat va investisiyalar palatasi raisi Said Karim Hoshimiy ham ishtirok etib, O‘zbekiston, xususan Sirdaryo viloyatining sanoat, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sohalaridagi tajribasini o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish har ikki tomon uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Forumda 110 nafardan ortiq afg‘onistonlik va 200 nafardan ziyod sirdaryolik tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Uchrashuvlar doirasida investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, eksport-import aloqalarini rivojlantirish va ishbilarmonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Anvarjon Nazarqulovich
Anvarjon Nazarqulovich
Media bo'limi muharriri
Teglar::