“Og‘ir” mahallalar uchun kredit stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushirildi.
Endi mahalla bankirlari o‘zi topgan loyihasi uchun ushbu resursdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu tizimni 1-avgustdan amaliyotga joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Mahalla bankirlariga biznes faollikni oshirish, tadbirkorlik, ish o‘rni va aholi daromadini ko‘paytirish bo‘yicha KPI belgilanadi. Tuman va shahar hokimlari mahalla raislari bilan birga har bir mahalla bankiriga yil yakunigacha aniq buyurtma shakllantirib beradi.
Davlat banklari bu yil 100 tadan mahallani ixtisoslashtirish tashabbusi bilan chiqqan. O‘tgan yili 9 ta davlat banki ishtirokida mahallalarda agrosanoatni rivojlantirish uchun “Agrostar” kompaniyalari tashkil qilingan edi.
Endi banklar mahallani ixtisoslashtirish bilan cheklanib qolmasdan, “Agrostar”larni jalb qilgan holda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini yaratadi. Bir oyda dastur qilib, 1 mingta mahallada ish boshlash topshirildi.
Joriy yil oilaviy tadbirkorlik loyihalari uchun qo‘shimcha 2 trillion so‘m imtiyozli resurs berildi.
Chop etilgan
17 июл, 2026
12
Teglar::