--

YOŞLAR SALOMATLIGIGA TAHDID

YOŞLAR SALOMATLIGIGA TAHDID
Chop etilgan 3 ноябр, 2026

Sönggi yillarda energetik içimliklar iste’moli yoşlar orasida ommalaşişi nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy va huquqiy jihatdan ham jiddiy masalaga aylanmoqda. Respublikamizda energetik içimliklar muomalasini tartibga soliş böyiça muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Xususan, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi töğrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, tarkibida 150 mg/ldan ortiq kofein yoki inson organizmiga tonusni özgartiruvçi komponentlar mavjud bölgan içimliklar energetik içimliklar sifatida e’tirof etiladi.“Reklama töğrisida”gi Qonunning 37-moddasiga köra, energetik içim-liklar reklamasida ularni haddan ziyod iste’mol qilişning zarari hamda kimlarga iste’mol qiliş tavsiya etil-masligi haqidagi ogohlantiriş bölişi şart. Şuningdek, ularni soat 07.00 dan 22.00 ga qadar televideniye va radio orqali reklama qiliş taqiqlangan. 2024-yil 1-apreldan esa energetik içimliklarning har bir litri uçun 2 000 söm aktsiz soliği joriy etilgan. Biroq huquqiy çeklovlarga qara-masdan, energetik içimliklarning asosiy iste’molçilari orasida yoşlar salmoği yuqoriligiça qolmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqiç talabalari örtasida ötkazilgan sörov-nomada iştirokçilarning 51,1 foizi energetik içimliklarni muntazam iste’mol qilişi aniqlangan. Ularning 63,2 foizi bu mahsulotni voyaga yetmagan davrida iste’mol qilişni boşlagan. Yoşlarning 35,2 foizi uyquni yengiş, 29,4 foizi kognitiv faollikni oşiriş, 21,5 foizi esa mahsulot ta’mini yoqtirgani uçun energetik içimliklarni tanlaşini bildirgan. Qisqa muddatli faollik hissi esa organizm uçun jiddiy xavflarni yaşirişi mumkin. Mutaxassislar energetik içimliklarni haddan ziyod iste’mol qiliş qon bosimining oşişi, yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatining buzilişi, içki a’zolarga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidlaydi. Muammoning yana bir jihati mahsulot tarkibidagi şakar miqdori bilan boğliq. 0,5 litrli energetik içimlikda örtaça 15–18 çoy qoşiq şakar mavjud bölişi mumkin. Bu Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiya qiladigan kunlik şakar me’yoridan bir neça barobar yuqoridir. Masalaning dolzarbligini bozor-ning jadal ösişi ham körsatmoqda. Tahlillarga köra, Özbekiston energetik içimliklar bozori qiymati 2025-yildagi 666,1 million dollardan 2030-yilga kelib 1 milliard 127,4 million dollarga yetişi prognoz qilinmoqda. Bu yillik örtaça 11,1 foizlik ösişni anglatadi. Voyaga yetmaganlarning energetik içimlik-larga rujö qöyişi esa alohida muammodir. Qonunning 14-moddasiga köra, energetik içimliklarni 18 yoşga tölmagan şaxslarga sotişga yöl qöyilmaydi. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 164-moddasiga muvofiq, bu talabni buzgan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 7 baravaridan 15 baravarigaça jarima solinadi. Şunga qaramasdan, ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda energetik içimliklarning erkin sotilişi va reklamasi bilan boğliq holatlar kuzatilmoqda. Xorijiy davlatlar tajribasi bu muammoni hal etişda aniq huquqiy va amaliy mexanizmlar samarali bölişini körsatadi. Masalan, Qozoğis-tonda 2025-yildan “Xalq salomatligi va soğliqni saqlaş tizimi töğrisida”gi Kodeks asosida energetik içimliklarni 21 yoşga tölmagan şaxslarga sotiş taqiqlangan. 2026-yildan esa savdo nuqtalarida uşbu çeklov haqidagi ogohlantiruvçi belgilarni majburiy joylaştiriş talabi joriy etilgan. Çilida esa 2016-yildan “Oziq-ovqat mah-sulotlarini markirovkalaş va reklama qiliş töğrisida”gi Qonun asosida tarkibida inson salomatligi uçun xavfli darajada şakar, tuz yoki boşqa moddalar mavjud mahsulot qadoğining old tomonida uning tarkibida muayyan modda miqdori yuqori ekanini yaqqol köradi. Bu tizim joriy etilganidan keyin içimliklar iste’moli jon boşiga kuniga 22,8 millilitrga, ya’ni 23,7 foizga kamaygani qayd etilgan. Yaponiyada esa 2005-yilda qabul qilingan “Şokuiku” — oziqlaniş ta’limi dasturi asosida maktablarda soğlom ovqatlaniş madaniyatini şakllantiriş tizimli yölga qöyilgan. Unda öquv-çilarga mahsulot tarkibini öqiş va tahlil qiliş, şakar, tuz va yoğ miqdorini nazorat qiliş, organizm uçun zarur fiziologik me’yorlarni tuşuniş örgatiladi. Uşbu tajribalardan kelib çiqib, Özbekis-tonda ham energetik içimliklar qadoğining old qismida iste’molçiga yaqqol körinadigan hajmda “Yuqori miqdordagi kofein”, “Yuqori miqdordagi şakar” va “18 yoşgaça bölganlarga tavsiya etilmaydi” kabi aniq ogohlantiruvçi belgilarni joylaştiriş maqsadga muvofiq.Xulosa qilib aytganda, energetik içimliklar masalasi oddiy iste’mol mahsuloti bilan boğliq muammo emas. Bu — Qonunçilikda belgilangan çeklovlarning amalda töliq işlaşini ta’minlaş, voyaga yetmaganlarni himoya qiliş, mahsulot haqidagi ogohlantirişlarni kuçaytiriş va yoşlarda ongli iste’mol madaniyatini şakllantiriş bugungi kunning muhim vazifalaridan bölib qolmoqda.


Eldor Otaboyev, Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi Sirdaryo viloyati hududiy bölinma boş mutaxassisi

Teglar::