Ismoil Sulaymonov—hayot yölida ortidan nurli iz qoldirgan taniqli jurnalist-publitsist, adib. U kişi 1954-1965-yillar mobaynida “Toşkent haqiqati” gazetasi tahririyatida bölim mudiri, söngra boş muharrir örinbosari, 1965-1973-yillarda “Sirdaryo haqiqati” (hozirgi Yansi Sirdaryo)gazetasida boş muharrir bölib xizmat qilgan. Keyin respublikaning “Qişloq haqiqati”, “Selskaya pravda” yangi gazetalarini taşkil etib, boş muharrir lavozimida işlagan. Keyinçalik “Özbekiston qişloq xöjaligi” jurnali, “Özbekiston ovozi” va “Xalq sözi” gazetalari tahririyatlarida hamda Özbekiston Faxriylarni qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Markaziy kengaşining boş mutaxassisi sifatida faoliyat körsatgan.“Men jurnalistman”, “El otasi”, “Zamondoşlarim”, “Özbekiston pölati”, “El ardoği”, “Sizga aytar sözim bor” va “Olatoy haqida qissa” kitoblarining muallifi. “Şahzoda va Kanizak” asari asosida videofilm tasvirga olinib, namoyiş qilingan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida öqiş jarayonida “Toşkent haqiqati” gazetasining haqiqiy a’zosiga aylangan Ismoil Sulaymonov 1965-yilda “Sirdaryo haqiqati” gazetasiga muharrir etib tayinlandi. U kişining taşabbuskorligi va taşkilotçiligi tufayli gazeta tez orada mamlakat naşrlari orasida peşqadamlar safidan örin oldi. 63 000 nusxada çop etilgan gazeta sobiq ittifoq miqyosidagi körgazmalarning medallari va mukofotlariga sazovor böldi. 1967-1969-yillarda Sirdaryo ob- last soveti deputatligiga, 1975-1985- yillarda ketma-ket Özbekiston Res- publikasi Oliy Sovetining depu-tatligiga saylangan. 1980-yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan “Mehnat jasorati” medali, Mehnat Qizil Bayroq va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan. Ismoil Sulaymonov umr yöldoşi Saodat aya bilan birgalikda olti nafar qiz—Mavluda, Ma’suda, Nasiba, Şarifa, Öğiloy va Nargisni voyaga yetkazib, ularning hayotda, jamiyatda öz örinlarini topişlariga hissa qöşişdi. Zahmatkaş jurnalist va iste’dodli adib 2002-yilda bu yoruğ dunyoni tark etgan edi. Hozirgi kunda 19 nafar nevara, 4 nafar çevaralar ustoz umrining davomçilari bölib ulğayişmoqda. Yaqinda marhum ijodkorning farzandlari Nasiba, Nargis, nevara-lari Dilona, Gavhar, Nasibaning turmuş örtoği Şahzod Umarov “Yangi Sirdaryo”, “Novaya Sirdarya” gazetalari tahririyatiga poytaxtdan taşrif buyurişdi. Dastlab şu qutluğ dargohda bir neça yillar davomida mehnat qilgan marhum ijodkor haqiga Qur’on tilovati öqildi. Qizğin muloqot avvalida boş muharrir Bahrom Boymurodov söz olib, ayni kunlarda tahririyatda olib borilayotgan işlar va qölga kiritilayotgan yutuqlar xususida söz yuritdi va sirdaryolik qalamkaşlarning ijod mahsullari jamlangan “Sayxun ilhomlari” antologiyasi va “Sirdaryo qovunlari” kitob al`bomini mehmonlarga sovğa qildi. Mehmonlar nomidan sözga çiqqan Nasiba bir vaqtlar oilasi bilan yaşagan Guliston şahriga va padari buzrukvorining izlari qolgan tabarruk dargohga qadam ranjida qilganlaridan hayajonda ekanliklarini, qalblari quvonçga tölganini ta’kidlab, qadrdonlarini yöqlab kelişganini ham qöşimça qildi. —Dadam Sirdaryodan Toşkentga qaytib borganida ham bu yerda birgalikda faoliyat körsatgan hamkasblaridan Ibrohim Normatov, Rahmonqul Mamatqulov va Abdujalil Umarovlar xonadonimizga tez-tez borib turişar, hamkorlik davrlarini birgalikda eslaşardi,—dedi Nasiba va katta xatjildni oçib, gapida davom etdi.—Mana bu fotosuratlarda “Sirdaryo haqiqati” gazetasi jamoasi a’zolarining hamnafas bölgan lahzalari aks ettirilgan. Suratlar qölma-qöl bölib, 60-70-yillardagi davrlarni esga soldi. Nasiba sözining yakunida Ismoil Sulaymonov haqida hamkasblari, şogirdlari, qadrdonlari va farzandlarining xotira bitiklari kiritilgan “Inson yodi aziz...” nomli kitobni tahririyatga sovğa sifatida topşirdi. Nasibaning mazkur kitobga kiritilgan xotiralari va dil sözlari quyidagi sözlar bilan yakunlangan: “Ajabmas, bolalarimiz va abiralarimiz, Otajon, Siz yozib, ulgurmagan qissalarni yozib, bitkazsalar, ularning har bir savob işlarida Sizlarning, ajdod-larimizning ruhlari madadkor bölib, tole hamişa yor bölsa, deymiz.” Bir paytlar ustoz jurnalist va adib bilan hamkorlik qilgan faxriy jurnalistlar Munavvar Pardayev va Bahor Xolbekova ortda qolgan yillardagi xotiralaridan lavhalarni sözlab berişdi. Suhbatlar jarayonida tahririyatning bölim muharirlari Muhammadali Ahmad va Xolida Pardaboyeva iştirok etişdi. —Men Sulaymonovlar xonadoniga tez-tez borib turardim, —dedi Bahor opa.—Oila davrasida ustozimiz barça farzandlariga havas qilarli darajada mehr körsatardilar. Ayniqsa, yoşgina Nargisni “qirğiz qizim” deb erkalardilar.—Öşanda fariştalar “omin” degan ekanmi, taqdir taqozosi bilan men dadamning qadrdon hamkasbi, taniqli jurnalist, qirğiz millatiga mansub Ziyod Yesenboyevga kelin böldim,—dedi tabassum bilan suhbatni davom ettirib Nargis. Muloqotdan söng mehmon-lar tahririyatda taşkil qilingan yangi muzeyda bölib, zahmat-kaş jurnalistlar hayoti va faoliyatidan “sözlovçi” eksponatlar bilan tanişdilar. —Tarixni jonlantiruvçi bu maskan bizga juda manzur böldi,—dedi Ismoil Sulaymo-novning qizi Nargis.—Yaqin kunlarda yana Toşkentdan Gulistonga kelib, dadam bir vaqtlar foydalangan aşyolardan muzeyga in’om qilib ketamiz. Mehmonlar tahririyatdan kötarinki kayfiyatda jönab ketişdi.
ZURRIYODLARNING YÖQLOVI
Chop etilgan
3 ноябр, 2026
33
Teglar::