--

XOTIRJAMLIK VA XAVFSIZLIKKA BARÇA MAS’UL

XOTIRJAMLIK VA XAVFSIZLIKKA BARÇA MAS’UL
Chop etilgan 27 октябр, 2026

Yaqinda kasaba uyuşmalari viloyat Kengaşining faollar zalida Özbekiston mahallalari uyuşmasi Matbuot xizmati hamda “Mahalla media” MÇJ hamkorligida taşkil etilgan matbuot anjumani va media-turda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, oila va xotin-qizlar hamda yoşlar işlari boşqarmalari vakillari, jurnalist va blogerlar hamda boşqa mutasaddi taşkilotlarning mas’ul xodimlari iştirok etişdi. Tadbirda giyohvandlikning oldini oliş, yoşlarni zararli illatlardan himoya qiliş, oilaviy barqarorlikni ta’minlaş va xavfsiz mahalla muhitini şakllantiriş, töy-haşam-larni ixçamlaştiriş hamda oilaviy ajrimlarni kamaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tadbirni Özbekiston mahallalari uyuşmasi viloyat boşqarmasi boşliği Uyğun Hotamov oçdi.

— Töy va marosimlarni oilaning iqtisodiy imkoniyatlariga mos ravişda ötkaziş madaniyatini şakllantiriş, yoşlarda oila quriş masalasiga mas’uliyat bilan qaraşni şakllantiriş zarur. Bu borada mahalla yettiligi, nuroniylar, FHDYO bölimlari xodimlari, psixologlar va keng jamoatçilik hamjihatlikda iş olib borişi lozim, — dedi U. Hotamov öz sözida.

— Keyingi paytda ajrimlarning oşganligi taşvişlanarli hol, — dedi viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasi mas’ul xodimi Başorat Abduvohidova. — Lekin bu statistik ma’lumotlar hayotiy vaziyatlarga mos kelmaydi. Masalan, Guliston şahridagi ajrimlar soni viloyatning boşqa tumanlarida, hatto boşqa viloyatlarda oila qurgan şaxslarning aynan şaharga kelib, ajrimga ariza berganliklari va şu yerda nikohlari bekor qilinganligi hisobiga oşib bormoqda. Ma’lumot berilganda masalaning şu tomonlariga ham e’tibor qaratilsa, ayni muddao bölardi.

Guliston şahridagi “Nihol” MFY raisi Gulnoza Yölçiyevaning gaplari tadbir iştirokçilarini e’tiborini tortdi:

— Odatda kuyov taraf sovçilikka borganda bölğusi kelinning oilasi badavlat, obröli ekanligiga e’tibor qaratişadi. Lekin qizning odobi, fe’l-atvori, kasb-hunarli, oila, rözğor tutişga tayyorgarligi qandayligini suriştirişmaydi. Töydan bir hafta ötar-ötmas, qaynona kelinning uquvsizligi, taom tayyorlaşni bilmasligidan şikoyat qiladi. Ana şunday qilib, yoş oilada mojarolar boşlanadi va bu ajrimga olib boradi.

— Giyohvandlikning oldini olişda mahallalar, maktab-lar va oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlarni muntazam taşkil etiş, yoşlar bilan manzilli işlaş, ota-onalar mas’uliyatini oşiriş hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş muhim örin tutadi, — dedi Sirdaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi boşliği örinbosari, xotin-qizlar va yoşlar masalalari böyiça bölim boşliği, içki işlar mayori Muhabbat Xidiraliyeva.

Tadbirda söz olgan GulDU dotsenti, psixolog Şoira Fayziyeva oila psixologiyasiga, ayniqsa, yoşlarni oilaviy turmuşga tayyorlaş, ularning oila, jamiyat oldidagi mas’uliyatini oşirişga alohida e’tibor qaratiş zarurligi xususida gapirdi. Şuningdek, matbuot anjumanida viloyat bojxona, içki işlar boşqarmalarining mas’ul xodimlari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylanganligi, aholi örtasida profilaktik işlarni izçil olib boriş zarurligi xususida töxtalar ekanlar, giyohvandlik vositalarini yaşirin yöllar orqali olib kirişga urinişlar ham uçrab turganligini, bunday holatlarga qarşi kuraşişda idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş, nazorat tadbirlarini kuçaytiriş kerakligi, giyohvandlikka qarşi kuraş faqat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar zimmasidagi vazifa emasligi, mahalla, oila va xotin-qizlar hamda ta’lim muassasalari bu jarayonda faol iştirok etişlari zarurligini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni sportga, ta’limga va kasb-hunarga jalb qiliş, qiziqiş va qobiliyatlarini röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiş salbiy holatlarning oldini olişda muhim sanalişi, muammolarga duç kelayotgan oilalarni öz vaqtida qöllab-quvvatlaş, xavf guruhidagi yoşlar bilan individual işlaş va ota-onalar bilan hamkorlikni kuçaytiriş lozimligi alohida qayd etildi.

Matbuot anjumanida iştirok etgan “Xalq sözi” gazeta-sining viloyat böyiça muxbiri Ahmadali Şernazarov, ÖzAning viloyat böyiça muxbiri Ğulom Primov, “Yangi Sirdaryo”, “Novaya Sirdarya” gazetalari boş muharriri Bahrom Boymurodov va boşqa jurnalistlar örtaga taşlangan masalalar böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Media-turning amaliy qismida iştirokçilar Guliston tumanidagi “Işonç” mahallasiga taşrif buyurib, “yettilik” a’zolari uçun yaratilgan şaroitlar, aholi bandligini ta’minlaş, kambağallikni qisqartiriş va oilalarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, giyohvandlikning oldini oliş, yoşlar tarbiyasi, ularni sportga jalb etiş, oilaviy munosabatlar va jamoat xavfsizligini ta’minlaş borasidagi işlar bilan yaqindan tanişdilar.

Xolida PARDABOYEVA

Teglar::