--

XONLIKLAR DAVRIDAN ZAMONAVIY OILALARGAÇA

XONLIKLAR  DAVRIDAN  ZAMONAVIY  OILALARGAÇA
Chop etilgan 28 ноябр, 2026

(Xorazm xonligining tarixi, urf-odati va bugungi hayotimiz haqida)

Bugun ayrim illatlarning köpayga-nidan ötmişni qömsasak, ötmişdagi ayrim tartibsizliklar haqida eşitib, hozirgi zamon tutumi afzal deb bilamiz. Xöş, xonliklar hukmronligidan asrlar oşa nimalar özgardi, nimalar saqlanib qoldi va yana nimalar bizga saboq bölişi darkor? 

Yaqinda Sirdaryo viloyati kasaba uyuşmalari federatsiyasi taşabbusi bilan Xorazm viloyatiga uyuştirilgan ikki kunlik sayohat XVII-XVIII asrlarda hukm surgan xonliklar davrini hozirgi hayotimiz bilan taqqoslaş imkonini berdi. Urganç va qadimiy Xiva şaharlariga safar davomida “Içan qal’a”ning tarixiy obidalari, xonliklar davriga oid ma’lumotlar va Urgançdagi “Ulli hovli” (katta hovli)ga taşrif buyurar ekanmiz, tarix sahifalarida qolgan voqealar bugungi hayotimiz bilan hamohang jihatlari bilan e’tiborimizni tortdi.

“Içan qal’a”dagi Toşhovli saroyi Xiva xoni Olloqulixon buyruğiga binoan 1829-1839-yillarda bunyod etilgan. Uçta katta va beşta kiçik hovlidan iborat uşbu me’moriy majmuada xonning oilasi istiqomat qilgan. Saroy darvozasi va devorlaridagi naqşlar öz davrining bunyodkorlik mahoratidan darak beradi. Biroq u yerning tarixini örganiş davomida faqat me’morçilik emas, xonlik davridagi oilaviy munosabatlar ham qiziqiş uyğotadi. Tarixdan ma’lumki, hukmdorlar va amaldorlar orasida köp xotinlilik keng tarqalgan. Saroy haramlaridagi murakkab munosabatlar, xotinlar örtasidagi raqobat, vorislik masalalari ayrim hollarda taxt uçun kuraşlarga ham ulanib, hokimiyat qulaşiga sabab bölgan.

Bugungi davrda esa ayol va erkakning teng huquqliligi konsitutsiyaviy me’yorlar bilan mustahkamlangan. Şunga qaramay oilaviy munosabatlar bilan boğliq ayrim muammolar hamon dolzarbligini yöqotmagan. Xususan, raşk, xiyonat va özaro kelişmovçiliklar ba’zan oğir oqibatlarga olib kelmoqda. Bir erkak bilan munosabatda bölgan ikki ayol örtasidagi mojaro hatto qotillik bilan yakunlangan holatlar ham uçraydi.

Bunga 2026-yil 6-oktyabir kuni viloyatimizning Şirin şahrida körib çiqilgan jinoyat işi ham misol böla oladi. Erkakning şar’iy nikohidagi ayoli uning qonuniy ayoli va hali voyaga yetmagan qizaloğini qasddan piçoqlab öldirişi juda ayançli holatdir.

Demak, Toşhovli saroyidagi haram xonalari bilan bugungi hayot örtasida qariyb ikki asrlik masofa bölsada, oilaviy munosabatlar bilan boğliq ayrim masalalar hanuz özgarmagan.

Sayohat davomida “Köhna ark” bilan ham tanişdik. Xonlik davrida u yerda hukmdorning qabulxonasi, davlat idoralari, xazina va boşqa xizmat xonalari joylaşgan. 1863-yilda Xivaga kelgan vengriyalik olim Arminiy (Herman) Vamberi ham arkning mustahkam mudofaa devorlari va darvozasi haqida yozib qoldirgan. Öşa davrlarda u yerdagi qozixona, ya’ni bugungi tuşunçadagi sud idorasida qöllanilgan jazolar hozirgi huquqiy mezonlardan keskin farq qilgan. Yöl boşlovçimizning aytişiça, hatto arzimas jinoyatlar uçun ham mahbuslarga 50 darragaça jazo berilgan, ular tor xonalarda saqlangan. Bunday jazolar, tabiiyki, kişilarda qörquv uyğotadi. Bugun esa qonunni bila turib ongli ravişda buzayotgan kişilar ham yöq emas. Agar hozir ham öşa davrdagi jazolar qöllanganida darra osti aliment tölaşdan böyin tovlayotganlar bilan tölgan bölarmidi yoki farzandlari oldidagi majburiyatini ota-onalar öz vaqtida bajargan bölarmidi?.. 

Safarimizning ikkinçi kuni Urganç şahridagi “Ulli hovli”ga taşrif buyurdik. U yerda bizga biriktirilgan yölboşlovçi orqali XVI-XVII asrlarda yaşab ötgan turkman xalqining turmuş tarzi, qurol-aslahalari va urf-odatlari bilan yaqindan tanişdik.

Yölboşlovçimizning aytişiça, ayrim turkman qabilalarida yoş kelinçaklar oğizlariga yaşmak (“yaşamoq” sözidan olingan) deb ataluvçi niqobsimon mato tutib yurişgan. Ular qaynota-qaynona oldida ovoz çiqarişmagan, hatto suhbatlaşişmagan.

Boşlariga esa 20-25 kilogrammgaça oğirlikdagi, bezak toşlar bilan bezatilgan yopinçiqlar taşlaşgan. Bu kelinning oğirbosiq bölib yurişi uçun qöllanilgan. Ayollar turmuşga çiqqanidan söng boşlariga maxsus mato öraşgan. Kallapöş şaklidagi bu boş kiyim ayolning yoşi ulğaygani sari balandlaşib borgan. Ayrimlari 15 metrgaça mato öraşgan. Buning sababi turkman xalqining köçmançi hayot tarzi bilan izohlangan emiş: kutilmagan ölim yuz berganida boş kiyimdagi matodan kafanlik sifatida foydalanilgan. Bu urf-odatlarning ba’zilari keyinçalik ayrim xorazmliklarning ongiga ham singib ketgan. Hozirgi davrda bunday oğir yopinçiqlar va yaşmaklar xorazmlik ayollarning kundalik turmuşida uçramaydi. Biroq ayrim xonadonlarda kelinning qaynota-qaynona oldida sukut saqlaşi, ular bilan bevosita suhbatlaşmasligi kabi an’analar hanuz davom etayotgani aytildi.

Xorazmga xos oilaviy urf-odatlar orasida qalin puli ham alohida örin tutadi. Mahalliy ma’lumotlarga köra, uning miqdori 40 million sömdan boşlanib, kelinning ma’lumoti va boşqa jihatlariga qarab 100 million sömgaça yetişi mumkin. Bu tölov “sut haqi” nomi bilan ham yuritiladi. Xorazm viloyatida ajrim kam kuzatilişining asosiy omillari ham şundan bölsa kerak. Milliy sitatistika qömitasining 2025-yilda qayd etilgan ajrimlar sonini hududlar aholisining soniga nisbatan taqqoslaganda Xorazm viloyatida har ming nafar aholiga taxminan 0,89 ta ajrim töğri kelgan. Eng köp ajrim qayd etilgan hudud sifatida Toşkent şahri (1,86) va Sirdaryo viloyatida (1,63) körsatilgan.

Tarix – bugunning hamrohi. Ikki kunlik safar davomida körganlarimiz va eşitganlarimiz faqat ötgan kunlar haqida hikoya qilmadi. Ba’zan bugun biz duç kelayotgan muammolarning ildizlarini ham tarixning sahifalaridan topişimiz mumkin. Tarixni örganiş faqat keçagi kunni biliş emas, bugunning qadriga yetiş va ertangi kun haqida teranroq öylaş imkonidir.

Marjona HAYITBOYEVA

Marjona XAYITBOYEVA
Marjona XAYITBOYEVA
MUXBIR
Teglar::