--

ORZULAR SINOVDAN O‘TAYOTGAN KUNLAR

ORZULAR  SINOVDAN O‘TAYOTGAN KUNLAR
Chop etilgan 22 July, 2026

Sirdaryo viloyatida 21 ming nafardan ziyod abituriyent 

oliy ta’lim yo‘lidagi muhim bosqichni o‘tayapti.

2026-2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha test sinovlari viloyatimizda yuqori saviyada tashkil etildi. 14-iyul kuni start olgan imtihonlar barcha belgilangan tartib va talablar asosida ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillariga amal qilingan holda o‘tkazilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malaka-larni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan test jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Imtihon maydonlari zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlanib, abituriyentlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratildi. Shu bilan birga tibbiy xizmat, jamoat xavfsizligi, texnik qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy ishlar to‘liq ta’minlandi.

Test sinovlarining adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida qariyb 100 nafar tajribali nazoratchi va mas’ul xodimlar jalb etildi. Ular tomonidan imtihon jarayonlarining belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tishi doimiy nazorat qilinmoqda.

Birinchi smenada 1200 nafar, ikkinchi smenada 1200 nafar abituriyent ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishyapti. Ular uchun imtihon nafaqat bilim sinovi, balki kelajakdagi kasb tanlovi va orzu qilingan oliy ta’lim muassasasiga qadam qo‘yish yo‘lidagi muhim bosqichdir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malaka-larni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Alisher Bahromovning ta’kidlashicha:

— Barcha tayyorgarlik ishlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarildi. Imtihon o‘tkaziladigan hududlarda abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Jarayonlarning ochiqligi va xolisligini ta’minlash uchun malakali nazoratchilar hamda mas’ul xodimlar jalb etildi. Asosiy maqsadimiz har bir abituriyentning bilimi adolatli baholanishi va test sinovlarining shaffof o‘tishini ta’minlashdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 

respublikamiz bo‘yicha test sinov-larida ishtirok etish uchun 677 ming 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 21 ming 101 nafari Sirdaryo viloyatida test topshirishni tanlagan. Viloyatimizda test sinovlari 9 kun davomida o‘tkazilib, 22-iyul kuni yakunlanadi.

So‘nggi yillarda qabul jarayon-larini raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash hamda barcha abituriyentlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qara-tilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Bu esa bilimli va iqtidorli yoshlarni xolis saralashga xizmat qilayotir.

Viloyatimiz markazida o‘tkazi-layotgan test sinovlari minglab yoshlar uchun yangi hayot sari ochilgan imkoniyatlar eshigi bo‘lib, har bir abituriyentning orzu va maqsadlari sinovdan o‘tadigan muhim hayotiy bosqich sifatida tarixda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Shuhratjon HASANOV

Тегlar::