Qişloq xöjaligida har bir resursdan oqilona foydalaniş, yer unumdorligini saqlaş va işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ayniqsa, paxta hosili yiğib olingandan söng dalalarda qoladigan ğözapoyadan samarali foydalaniş muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilgari ayrim hollarda paxta va ğalladan böşagan maydonlardagi ösimlik qoldiqlari yoqib yuborilar edi. Bu esa havoga zararli gazlar va tutun tarqalişi, tuproqdagi foydali mikroorganizmlarning nobud bölişi hamda atrof-muhit ifloslanişiga sabab bölardi. Endi esa uşbu çiqindilarni qimmatli agroresursga aylantiriş imkoniyati mavjud.
Viloyatimizda bu borada amaliy işlar boşlab yuborildi. Jumladan, bioçar tayyorlaş maqsadida 483 gektar maydonda ğözapoya zaxiralari jamlanib, 102 nafar fermer taşabbusi bilan 102 ta konussimon çuqur tayyorlandi. Bu taşabbus qişloq xöjaligi çiqindilaridan samarali foydalaniş, ekologik muammolarning oldini oliş va tuproq unumdorligini oşiriş yölidagi muhim qadamdir.
Bioçar nima va u nima uçun kerak?
Bioçar – ğözapoya, somon, şox-şabba va boşqa ösimlik qoldiqlarini kislorod juda kam bölgan şaroitda yuqori haroratda qizdiriş orqali olinadigan, uglerodga boy ğovaksimon mahsulotdir. Oddiy kuldan farqli ravişda bioçar özining ğovakli tuzilişi va uglerodga boy tarkibi bilan tuproq xususiyatlarini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega.
Uning afzalliklari şundaki, tuproqda namlikni saqlaydi, mayda ğovaklari suvni özida uşlab turiş xususiyatiga ega. Bu, ayniqsa, suv tanqis va qurğoqçil hududlarda ekinlarning namlik bilan ta’minlanişiga yordam beradi.
Bundan taşqari, ozuqa moddalarining samaradorligini oşiradi. Bioçar tuproqdagi ozuqa elementlarining yuvilib ketişini kamaytirişga, ularning ösimliklar tomonidan özlaştirilişini yaxşilaşga kömaklaşadi. Bu mineral öğitlardan samarali foydalaniş imkonini beradi. Şuningdek, tuproqning biologik faolligini oşiradi. Uning ğovakli tuzilişi foydali bakteriya va zamburuğlar rivojlanişi uçun qulay muhit yaratadi. Natijada tuproqning tabiiy hayotçanligi ortadi.Tuproq xususiyatlarini yaxşilaydi. Ayrim turdagi bioçarlar kislotali tuproq muhitini meyorlaştirişga yordam beradi hamda tuproqning ğovakligi, havo almaşinuvi va suv ötkazuvçanligini yaxşilaşi mumkin. Şu bilan birga ösimlik qoldiqlarini oçiq maydonda yoqiş örniga bioçarga aylantiriş orqali havoning tutun bilan ifloslanişi kamaytiriladi. Bioçar tarkibidagi barqaror uglerod esa uzoq muddat tuproqda saqlanib, atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorini kamaytirişga hissa qöşadi.
Şuning uçun ham fermer xöjaliklari rahbarlari öz maydonlaridagi ğözapoyadan foydalanib, mahalliy xomaşyo asosida tuproqni yaxşilovçi mahsulot tayyorlaşlari mumkin. Bu çiqindilarni yöqotiş xarajatlarini kamaytiriş va mineral öğitlardan foydalaniş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Tabiiyki, “bioçar qanday tayyor-lanadi?” degan savol tuğiladi.
Bioçar tayyorlaşning nisbatan sodda usullaridan biri konussimon çuqurlarda kislorod çeklangan şaroit-da piroliz jarayonini amalga oşirişdir.
Avvalo ğözapoya va boşqa ösimlik qoldiqlari yiğilib, quritiladi va tayyorlangan konussimon çuqurga joylaştiriladi. Xomaşyo maxsus tartibda yoqilib, jarayon davomida havo kirişi çeklanadi. Bunda ösimlik massasi oçiq olovda töliq yonib, kulga aylanişi emas, balki kislorod kam şaroitda termik parçalanib, uglerodga boy bioçar hosil qilişi közlanadi.
Jarayon yakunlangaç, mahsulot suv bilan töliq sovitiladi, kul va
yonib ulgurgan qoldiqlardan ajratiladi. Tayyor bioçar maydalanib, işlatişga tayyorlanadi. Bunda yonğin xavfsizligi, tutun çiqişini kamaytiriş va işçilar xavfsizligini ta’minlaş talablariga qat’iy rioya qiliş zarur.
Eng muhimi bioçarni töğri qöllaş darkor. Ya’ni, bioçarni tuproqqa tayyorgarliksiz, quruq holda köp miqdorda soliş tavsiya etilmaydi. Çunki u dastlab tuproqdagi ayrim ozuqa moddalarini öziga boğlab, ösimliklarning ulardan foydalanişini vaqtinça çeklaşi mumkin.
Şuning uçun bioçarni qöllaşdan oldin uni kompost, çirigan göng yoki boşqa organik öğitlar bilan aralaştirib, ma’lum muddat nam holda saqlaş maqsadga muvofiq. Bu jarayon bioçarni ozuqa moddalari bilan boyitiş, ya’ni “zaryadlaş” deb ataladi. Qöllaş me’yori esa tuproq tarkibi, ekin turi va bioçar xususiyatlariga qarab belgilanişi lozim.
Bioçar tayyorlaşni şunçaki ösimlik qoldiqlarini qayta işlaş, deb hisoblamaslik kerak. Bu yerga bölgan munosabatni özgartiriş, tabiiy resurslarni asraş, suvdan tejamkor foydalaniş va qişloq xöjaligida iqtisodiy samaradorlikka erişişning istiqbolli yönalişidir.
Viloyatimizda boşlangan mazkur taşabbus keng ommalaşsa, dalalardagi ğözapoyalar ekologik muammo bölib emas, balki tuproq unumdorligini oşirişga xizmat qiluvçi qimmatli xomaşyoga aylanadi.
Xurşida NIŞONOVA