--

ALIFBO ISLOHOTI — DAVR TALABI

ALIFBO  ISLOHOTI — DAVR  TALABI
Chop etilgan 27 November, 2026

Ma’lumki, yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erişganligining öziga xos körinişi hisoblanadi. Alifboning mukammalligi savodxonlikni ta’minlaşdagi boş mezon ekan-ligini alohida ta’kidlaş lozim.   Istiqlolning dastlabki yillaridayoq, ya’ni 1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Qonun qabul qilinganligining öziyoq buyuk tarixiy voqea edi.

1995-yilning 6-mayida Özbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyab-rida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida” Qonuniga tegişli özgartirişlar kiritiladi. Alifbo 26 ta harf, 3 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat qilib islohotlandi. P

1995-yilning 24-avgustida islohot qilingan amaldagi alifbo asosida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan 7 bölim, 82 banddan iborat “Özbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlandi. Şundan buyon tegişli özgartirişlar kiritilgan alifbodan foydalanib kelmoqdamiz. Keyingi yillarda amaldagi alifboni isloh qilişga ehtiyoj tuğilganligini hayotning özi oldimizga köndalang qilib qöydi. Taraqqiy etgan dunyo raqamli texnologiyalar asosida faoliyat yuritar ekan, Özbekistonda alifboni takomillaştiriş davr talabiga aylandi.    

Keyinroq muomalada bölgan alifboni isloh qiliş böyiça keng jamoatçilikning fikrlari örganildi. Nihoyat Oliy Majlis Quyi palatasida (2026-yil 7-iyul) va Senatda (2026-yil 10-sentyabr) 4 ta: Sh → Ş, Ch → Ç, G‘ → Ğ va O‘ → Ö harflar islohoti körib çiqildi va ma’qullandi. 

Xöş, nega amaldagi özbek alifbosiga özgarişlar kiritildi?

Birinçidan, mavjud alifboni takomillaştiriş zaruratini hayotning özi körsatdi. Ikkinçidan, dunyo hamjamiyatida munosib örnimiz bor ekan, ulardan ayri faoliyat körsatib bölmasligini alohida ta’kidlaş zarur. Uçinçidan, alifboni takomillaştiriş masalasi hamma zamonlarda ham öz dolzarbligini yöqotgan emas.

Törtinçidan, jahon tillari tajribalaridan ma’lumki, tildagi bir tovuşni bir 

belgi (harf) ifodalaşi kerak. Amaldagi alifboda “bir tovuş – bir harf” tamoyili ta’minlanmagan edi. Beşinçidan, avtomatik tahlil va avtomatik tarjima jarayonida kompyuter texnikasi Ş va Ç harfiy birikmalarini alohida tovuşlar sifatida öqiydi. Bu esa söz ma’nolariga ta’sir qilib, turli çalkaşliklarga olib keladi. Oltinçidan, Ş, Ç va Ng harfiy birikmalari boşlanğiç sinflarda töğri öqiş, sözlarni böğinga töğri ajratiş, matnni ifodali öqiş paytida ham muayyan muşkulliklarni tuğdirayotgan edi.

Yettinçidan, alifbodagi 3 ta birikma harflar qölda yozganda ham, kompyuterda yozganda ham muayyan qiyinçiliklar yaratişi bor gap. Ya’ni Oʻ va Gʻ harflarining yozilişida ketma-ket bir neçta texnik amal talab etiladi. Sakkizinçidan, bugungi hayotimizni avtomatik tahlil va avtomatik tarjimalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Jumladan, avtomatik tahlil dasturlari “apostrof” belgisini köpinça söz ajratuvçi belgi sifatida qabul qiladi. Natijada bitta söz texnik xotirada ikkiga bölinib qoladi. Bu esa dasturiy ta’minot masalalarida, elektron qidiruv tizimlari, avtomatik tarjima, turli elektron luğatlar, milliy til korpusini şakllantiriş hamda sun’iy intellekt asosidagi özbek tili modellarini yaratiş va rivojlantiriş borasida köpgina muammolarni tuğdirmoqda. Töqqizinçidan, birikma harflardan voz keçiş qabul qilingan xalqaro Yunikod standartlari va axborot texnologiyalari nuqtayi nazaridan amalda özini oqlaydi. Xöş, Yunikod standarti nima? Yunikod— dunyodagi deyarli barça yozuv tizimlari, harflar, raqamlar, maxsus belgilar va emojilarni yagona raqamli kod maydonida ifodalaş xalqaro standartidir. U turli dastur va qurilmalarda matnlarning buzilmasdan, bir xil körinişda oçilişi va qayta işlanişini ta’minlaydi.

Öninçidan, Sh va Ch harflarining Ş va Ç şaklidagi ifodasi bizga begona emas. Vaholanki tarixda jadid bobolarimiz tomonidan alifboga kiritilgan hamda 1929-1940-yillarda xalqimiz tomonidan foydalanilgan. Ön birinçidan, alifboni isloh qiliş jarayonida ng harflar birikmasini amaldagi alifbodan çiqarilişi ma’qullandi. Avvalambor, ng harflar birikmasi, ö, ğ, ş, ç harfiy birikmalaridan farqli ölaroq muammoga sabab bölayotgani yöq. Aksinça, bu birikmani yaxlitlaştiriş yangi çalkaşliklarni yuzaga keltira-di. Şuning bilan birgalikda, katta hajmdagi matnlarni takomillaşgan alifboga ögiriş jarayonida dasturlar mening, sening, tongda, bodring, singil, köngil, dengiz sözlaridagi yagona ng tovuşi bilan birgalikda menga, senga, tumanga, singan, kongres, angina, şakllangan kabi sözlarda yonma-yon kelgan. Aslida bir-biriga aloqasiz bölgan n va g harflarini ham yaxlit harfga aylan-tirib beradi. Ön ikkinçidan, bu (ng) harflar birikmasi tilimizda heç qaçon söz boşida kelmaydi. Bu tovuş tarixda arab yozuviga asoslangan özbek alifbosida ham, kirill yozuviga asoslangan özbek alifbosida ham alohida harf şakli bilan ifodalanmagan. Takomillaştirilgan alifboda uşbu amaliyot saqlanib qolyapti, faqat bu birikma harf sifatida alifbo tarkibidan çiqarilib, imlo qoidalarida tovuş sifatida aks ettirilyapti. Bu degani ng tovuşidan voz keçyapmiz, degani emas. Demak, ng harfiy birikma alifbodan taşqarida harfiy birikma emas, balki fonetik birikma sifatida örganilişi belgilanmoqda. 

Ön uçinçidan, dunyoni bugun raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Şunday ekan, dunyoning bir bölagi sifatida undan ayri turolmaymiz. Ön törtinçidan, bugun dunyoning köp tillari böyiça Milliy korpuslar yaratilgan. Biz ham Milliy korpusimizni yaratar ekanmiz, alifboni imkon qadar takomillaştirişimiz kerak böladi. 

Şunday qilib, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga kiritilgan özgarişlar haqidagi 1184-sonli Qonun 2026-yil 21-oktyabr kuni imzolandi. Mazkur Qonun 2027-yilning 22-aprelidan rasman kuçga kiradi. Bu davrda takomillaşgan harflarni amaliyotga joriy etiş çoralari köriladi. Masalan, texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda kompyuter hamda telefon qurilmalariga özbek alifbosiga mos terilmalarni örnatiş işlari olib boriladi. Ya’ni ortiqça dastur yoki ilova yuklab olişga hojat qolmaydi. 

Şuningdek, Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlarda, milliy valyutada va qimmatli qoğozlarda uşbu Qonun tahriri asosida takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi. 

Xulosa örnida ta’kidlash joizki, har qanday alifbo, eng avvalo, insonga xizmat qilişi kerak. XXI asrda esa odam bilan birga kompyuter ham şu alifboda “öqiydi”, “yozadi”. Şu nuqtai nazardan qaralganda bugungi islohot şunçaki ayrim harflarni almaştiriş emas, balki özbek tilini raqamli davrga moslaştiriş yölidagi muhim va zaruriy qadam sifatida baholanmoği lozim.

Hamid YODGOROV,

Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazining Sirdaryo viloyat hududiy bölinmasi rahbari

Тегlar::