--

KANALIZATSIYA — ÇIQINDI QUVURI EMAS

KANALIZATSIYA — ÇIQINDI QUVURI EMAS
Chop etilgan 26 November, 2026

Bugungi kunda köp qavatli uylarda yaşaş nafaqat qulayliklardan foydalaniş, balki umumiy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bölişni ham talab etadi. Ayniqsa, kanalizatsiya tizimidan töğri foydalaniş — aholi salomatligi, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va yaşaş şaroitining muhim omillaridan biridir. Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan bu oddiy, ammo muhim qoidaga yetarliça e’tibor qaratilmayapti. Boyovut tumanidagi “Yangi Özbekiston” massivida joylaşgan köp qavatli turar joylarda kuzatilayotgan ayrim holatlar bu borada jiddiy taşviş uyğotmoqda.


Xususan, ba’zi aholi vakillari kanalizatsiya tarmoqlariga bolalar tagliklari, nam salfetkalar, plastik idişlar, polietilen paketlar, oziq-ovqat qoldiqlari va boşqa qattiq maişiy çiqindilarni taşlamoqda. Bir qaraşda arzimasdek tuyulgan uşbu harakatlar aslida jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bunday çiqindilar kanalizatsiya quvurlarida töplanib, ularning tiqilişiga, oqova suvlarning me’yorda oqmasligiga, quvurlardan suv qaytişiga, noxuş hidlar tarqalişiga va yaşaş muhiti sanitariya holatining yomonlaşişiga sabab böladi. Açinarlisi, bir kişining beparvoligi oqibatida butun podyezd yoki köp qavatli uy aholisi aziyat çekişi mumkin. Oqibatda fuqarolar ortiqça taşviş, moddiy xarajat va turli noqulayliklarga duç keladi. Oqova suv — insonning kundalik turmuş faoliyati, jumladan, yuviniş, kir yuviş, idiş-tovoqlarni yuviş hamda sanitariya ehtiyojlari natijasida hosil böladigan işlatilgan suvdir.


Kanalizatsiya tizimi esa aynan şu suvlarni yiğiş, belgilangan tartibda olib çiqiş va tozalaş inşootlariga yetkaziş uçun möljallangan muhandislik tarmoğidir. Demak, kanalizatsiya quvuri maişiy çiqindilarni yöqotiş vositasi emas! Unga har qanday çiqindini taşlaş mumkin, degan tuşunça mutlaqo notöğri. Hurmatli fuqarolar! Sirdaryo viloyati hududiy Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi nazorati inspektsiyasi sizlarni kanalizatsiya tarmoqlaridan oqilona va belgilangan talablar asosida foydalanişga çaqiradi. Umumiy mulkka befarq bölmang! Özingiz yaşab turgan uyning muhandislik tarmoqlarini asrang! Kanalizatsiyaga çiqindi taşlaş orqali özingizga ham, qöşnilaringizga ham muammo tuğdirmang! Kanalizatsiyaga çiqindi taşlamang. öz uyingizni, qöşningizni va jamoat salomatligini asrang!

E. TÖLAGANOV,

Sirdaryo viloyati hududiy Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi nazorati inspektsiyasi boş mutaxassisi

Тегlar::