--

“Yoşlar GAPLAŞIŞNI UNUTIB QÖYIŞMOQDA”, — deyişadi otalar

“Yoşlar  GAPLAŞIŞNI UNUTIB QÖYIŞMOQDA”,  — deyişadi otalar
Chop etilgan 20 November, 2026

Farzandlarining qöllariga bolaligidanoq qimmatbaho telefon tutqazib qöygan ota-onalar “—Öğil-qizlarim özlari bilan özlari ovora, men bilan gaplaşişmaydi”, — deb gina qilişmasa ham böladi. Axir qöllarida tayyor tomoşa va turli mavzuda “sözlovçi” döstlari bölgaç, ularga boşqa suhbatdoş na darkor?

Yaqinda poytaxtga bir yumuş bilan borgandim. Qaytişda mini avtobusning oldinroqdagi örindiqlardan biriga joylaşdim. Haydovçining yonidagi örindiqda ötirgan bir yoş yigit (ösmir desam ham böladi) e’tiborimni tortdi. Uning yonidagi (örindiqlar ikkita edi) boşqa yölovçi haydovçi bilan savol-javob qildi. Yölovçilardan bir neçtasi şahar va qişloqlardagi turli bekatlarda tuşib qolişdi, maşinaga yana kimlardir çiqdi. Haligi yigitça Guliston şahriga yetgunça qölidagi telefonga tikilganiça bir oğiz ham gapirmadi. Nihoyat u şahar içidagi bir manzilga yetganida haydovçidan töxtatişini söradi. Şunda örta yoşli haydovçi unga qarata şunday dedi:

—E, öğlim bormisan, salkam ikki soatdan beri yonimda ötirib kelayapsan. Yölda bir oğiz ham gapirmaganing uçun men boşqaça öylabman. Tiling bor ekan-ku, undan-bundan gaplaşib kelsak bölarkan, zerikib ketdim. Odam degan bunday bölmaydida. Oilangdagi kattalar, maktabdagi muallimlaring, talaba bölsang, ustozlaring özaro muloqot qilişni örgatişmaganmi? Bunaqada darslarda savollarga qanday qilib javob berasan, fikringni qanday bildirasan? Bu matoh seni hayotdan butunlay uzib qöyadi, keyinçalik umuman gapirişni, boşqalar bilan sözlaşişni istamay qolasan, hadeb telefon titkilayvermay, atrofga, odamlarga qara, ular bilan suhbatlaşgin.

Yigit haydovçining şunça gapiga na bir oğiz javob berdi, na e’tiroz bildirdi. Uning yuzida bu gaplar ta’sir qilganligini bildiruvçi heç qanday ma’no yöq edi. U xuddi qölidagi telefonga biriktirib qöyilgan robotga öxşardi.

Ha, bugungi kunda bunday holatlarni köp uçratamiz. Quloğiga quloqçin taqib, telefon orqali musiqa tinglayotgan, dösti yoki dugonasi bilan quyuq suhbat qurayotgan yoşlarni körib, hayratga tuşamiz. Ular telefonga berilib ketganlaridan yöl qoidalariga ham e’tibor berişmaydi, hatto yonginasidagi maşinalarning signallarini ham eşitişmaydi. Ayrim hollarda bu fojealarga ham sabab bölmoqda. Yuqorida haydovçi ta’kidlaganidek, kelajakda yoşlarimiz öz ona tilida muloqot qilişni va özlaridan katta yoşdagilarga hurmat körsatişni ham unutib qöyişlaridan xavotirdamiz.

Xolida EŞONQUL qizi

Тегlar::