--

TARIXIY ĞALABADAN YANGI ZAFARLAR SARI

TARIXIY ĞALABADAN YANGI ZAFARLAR  SARI
Chop etilgan 19 November, 2026

Futbolda şunday insonlar borki, ularning hayot yölidagi muhim sahifalar nafaqat şaxsiy faoliyati, balki butun bir klub tarixidagi unutilmas voqealar bilan boğliq böladi. Yillar ötişi, futbolçilik faoliyati rahbarlik mas’uliyati bilan almaşişi mumkin, ammo katta ğalabalarga bölgan intiliş, zafar naşidasi va futbolga sadoqat özgarmaydi. Bugun “Guliston” futbol klubi sport direktori sifatida faoliyat yuritayotgan Jahongir Jiyamurodovning yöli ham ana şunday mazmunga ega.

Uning futbolçilik faoliyatidagi eng yorqin voqealardan biri 2011-yil 29-oktyabr kuni Qarşi şahrida sodir bölgan edi. Öşa kuni “Nasaf” Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi finalida Quvaytning “Quvayt SK” jamoasini mağlub etib, özbek klublari tarixida ilk OFK kubogi sohibi böldi. Qarşi şahridagi markaziy stadionda keçgan tarixiy bahsda Jahongir Jiyamurodov ham “Nasaf”ning asosiy tarkibida maydonga tuşib, uçraşuvni töliq ötkazgandi. U finalga qadar ham musobaqaning 10 ta uçraşuvida iştirok etib, bir bor raqiblar darvozasini işğol qilgan edi. J. Jiyamurodov bu tarixiy zafarning oddiy guvohi emas, balki uni maydonda bevosita yaratgan futbolçilardan biri sifatida öz nomini özbek futboli tarixiga muhrlagan. Oradan yillar ötdi. Endi u futbol maydonida töp suriş örniga klub rivoji uçun rahbar sifatida faoliyat körsatmoqda. Ammo katta ğalabalarga bölgan intiliş va yuqori maqsadlar sari harakat susaygani yöq. Buning yorqin isboti “Guliston” futbol klubining 2026-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatidir. Mavsum davomida özining barqaror öyini, jamoaviy birdamligi va ğalabaga bölgan işonçi bilan ajralib turgan gulistonliklar hal qiluvçi bosqiçgaça muvaffaqiyatli yetib kelişdi. “Qoraqalpoğiston FA” jamoasiga qarşi final bahsi “Ahmedov FA” stadionida bölib ötdi. Murosasiz kuraş yakunida “Guliston” jamoasi ğolib böldi. Final uçraşuvidan söng taşkil etilgan marosimda klub futbolçilariga “Birinçi liga-2026” musobaqasi kubogi topşirildi.


Bu nafaqat jamoa futbolçilari va murabbiylarining, balki klub rahbariyati, ma’muriyati, muxlislari hamda butun Sirdaryo futboli uçun quvonçli va tarixiy voqea böldi. Taqdirlaş marosimida Superliga boş murabbiylari Mirko Yeliçiç, Ivan Boşkoviç va Vadim Abramov, “Guliston” futbol klubi prezidenti Oybek Aşurmatov, Sirdaryo viloyati Sport boşqarmasi boşliği Anvar Böronov, klub sport direktori Jahongir Jiyamurodov, şuningdek, jamoa murabbiylari va futbolçilari iştirok etişdi. Ğoliblik kubogining qölga kiritilişi “Guliston” uçun mavsum yakunidagi muhim natija bilan birga Pro liga-2027 musobaqasida iştirok etiş huquqini taqdim etdi. Endilikda gulistonliklarni oldinda yanada mas’uliyatli vazifalar kutmoqda. Pro ligada munosib iştirok etiş, raqobatbardoş jamoa şakllantiriş, futbolçilar salohiyatini töliq namoyon etiş va klubning mavqeini mustahkamlaş yangi maqsadlarning asosiy yönalişlaridir. Albatta, bunday muvaffaqiyat bir kunlik mehnat samarasi emas. Uning zamirida futbolçilarning maydondagi fidoyiligi, murabbiylar ştabi mehnati, klub rahbariyatining taşkiliy sa’y-harakatlari va jamoa atrofida şakllangan hamjihatlik mujassam. Bir paytlar “Nasaf” safida Osiyo kubogini qölga kiritgan Jahongir Jiyamurodov bugun “Guliston”ning yangi zafarlariga öz hissasini qöşmoqda. U futbolçi sifatida katta ğalabalarning qanday mehnat va intizom evaziga qölga kiritilişini amalda his qilgan. Bugun esa ana şu tajribani rahbarlik faoliyatida qöllab, klubning rivojlanişi yölida xizmat qilmoqda. 2011-yilda Qarşida “Nasaf” bilan Osiyo miqyosidagi tarixiy ğalabaga erişilgan bölsa, 2026-yilda “Guliston” bilan yangi zafar qayd etildi. Bu ikki voqea örtasida yillar, turli vazifalar va mas’uliyatlar bor. Ammo ularni birlaştirib turgan jihat bitta — futbol-ga sadoqat va ğalabaga bölgan işonçdir. Zero, haqiqiy ğalabalar ötmiş bilan çeklanmaydi. Ular yangi avlodga işonç, jamoaga kuç va kelajakka intiliş bağişlaydi. Jahongir Jiyamurodov bugun “Guliston” bilan yangi tarix yoziş yölida. Qarşida boşlangan zafarli yöl bugun Gulistonda davom etmoqda. Tarix esa davom etadi.

Xurşida NIŞONOVA

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI
Тегlar::