--

MILLIY YUKSALIŞNING MA’NAVIY TAYANÇI

MILLIY  YUKSALIŞNING MA’NAVIY  TAYANÇI
Chop etilgan 19 November, 2026

Milliy özlikni anglaş ma’naviy merosni asraş, zamonaviy taraqqiyotga mos tafakkurni şakllantiriş demakdir. Bular bugungi jamiyat oldida turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Ana şu jarayonda ziyolilarning örni, sözi va taşabbusi qanday bölişi kerak? “Özbekiston ziyolilari kengaşi” hududiy yiğilişlari ayni şu savollarga javob izlaş, jamiyatning intellektual salohiyatini yagona maqsad atrofida birlaştiriş yölidagi muhim qadam böldi. Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari ötkazildi. Bugungi globallaşuv davrida taraqqiyot nafaqat iqtisodiy körsatkiçlar, balki jamiyatning ma’naviy qiyofasi, milliy özligini anglaşi, ilmiy salohiyati va mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalaş imkoniyati bilan ham belgilanmoqda. Şu bois ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni, ularning bilim va tajribasini milliy taraqqiyot yölida birlaştiriş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sirdaryo viloyatida 11-12-noyabr kunlari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ilk bor ötkazilgan “Özbekiston ziyolilari kengaşi” hududiy yiğilişlari ham aynan şu maqsadga xizmat qildi. Tadbir davomida “Jadid” gazetasining boş muharriri, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzaliyev, Oliy Majlis Senatining qömita raisi Anvar Töyçiyev, Qişloq xöjaligi vazirining maslahatçisi Muzrob Böronov, Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodir Sayfullayev va boşqalar mavzu yuzasidan öz fikrlari va takliflarini bildirdilar. Bugun ziyolilarning intellektual va ijodiy salohiyatini yagona maqsad yölida birlaştiriş muhim vazifaga aylanmoqda. Mamlakatimizning keyingi ön yilligi Muhtaram Yurtboşimiz tomonidan “Milliy yuksaliş davri” deb e’lon qilingani ham bu jarayonning ahamiyatini yanada oşiradi. Taşkil etilgan ikki kunlik muloqotlar davomida ziyolilarning fikr va takliflarini tinglaş, muhokama qiliş hamda umumlaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda 100 nafarga yaqin ziyoli, olimlar, akademik, professor, ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari, yozuvçi va şoirlar, teatr, kino va san’at namoyandalari, tadbirkorlar, xotin-qizlar faollari iştirok etişdi. Muhokamalar yetti asosiy yöna- liş böyiça bölib ötdi. Birinçi yönaliş — Yangi Özbekistonning ustuvor qadriyatlari, fuqarolik özligini şakllantiriş va “inson qadri” ğoyasi. Ikkinçi yönalişda jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlaş, ziyolilarning ijtimoiy maqomi, fuqarolik birligi va mahalla institutining örni muhokama marka-ziga qöyildi. Uçinçi yönaliş “Öz” falsafasining zamonaviy talqini, oila va mahalla, demografik salohiyat, tarbiya hamda raqamli muhit masalalarini qamrab oldi. Törtinçi yönaliş til, adabiyot va kitobxonlikka bağişlangan bölsa, beşinçi yönalişda tarix va milliy xotira masalalari körib çiqildi. Oltinçi yönalişda milliy qadriyatlar, milliy özlik va madaniy transformatsiya, yettinçi yönalişda esa yangi dunyo tartiboti, vatandoşlar va global özbek dunyosi masalalariga e’tibor qaratildi. Körinib turibdiki, yetti yönalişlar bir-biridan alohida masalalarni emas, balki yagona maqsad — milliy yuksaliş, ma’naviy barqarorlik va zamonaviy tafakkurli jamiyatni şakllantiriş vazifalarini ifodalaydi. Yiğilişning muhim jihatlaridan biri — ziyolilarning şunçaki ma’ruza tinglovçisi sifatida emas, balki faol taşabbuskor sifatida iştirok etganidir. Dastlabki kunning birinçi yarmida ma’ruzaçilar “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ni taşkil etiş zarurati, uning jamiyat hayotidagi örni va oldida turgan vazifalar xususida fikr bildirdilar. Kunning ikkinçi yarmida esa iştirokçilar yetti şöbaga ajralgan holda öz yönalişlari böyiça taklif va taşabbuslarini ilgari surdilar.


Keyingi kuni esa şöbalarda bildirilgan fikrlar yalpi muhokama davomida umumlaştirildi. Bu jarayonning ahamiyati şundaki, umumiy fikrlar aniq taşabbuslar bilan boyitildi. Zero, har qanday ezgu ğoya amaliy mexanizm bilan mustahkamlanmasa, kutilgan natijani bermaydi. Ayniqsa, muhokamalarda inson kapitalini rivojlantiriş, globallaşuv şaroitida milliy özlikni saqlaş, raqamli immunitetni şakllantiriş, axborot makonida soğlom muhitni qaror toptiriş, oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini yangi bosqiçga olib çiqiş kabi masalalarning kötarilgani e’tiborga molik. Tadbirda ta’kidlanganidek, sönggi yillarda xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari, olimlar, ijodkorlar va mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, ularga imtiyozli uy-joy va davlat mukofotlarini taqdim etişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq bugungi ziyolilar nafaqat öz sohasida yutuqlarga erişişi, balki jamiyatning ma’naviy rivojiga ham hissa qöşişi zarur. Şu bois kengaş faoliyati muhokamalar bilan çeklanmay, bildirilgan takliflarni amaliy loyihalarga aylantiriş va ularning natijadorligini ta’minlaşga qaratilişi lozim. Eng muhimi, kengaş davlat va jamiyat örtasida samarali muloqot maydoniga aylanişi kerak. Yiğilişda ilgari surilgan 600 ga yaqin takliflarni umumlaştirib, Toşkent şahrida ötkaziladigan respublika yiğilişida taqdim etiş rejalaştirilgani ham bu boradagi işlarning izçil davom etişiga xizmat qiladi. Zero, milliy yuksaliş, avvalo, fikrlaydigan, izlanadigan va Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaydi-gan insonlarning harakatlari bilan belgilanadi. Ziyolilarning bir maqsad yölida birlaşişi esa ana şu taraqqiyotning muhim omilidir.

Diyora ISMOILOVA

Diyora ISMOILOVA
Diyora ISMOILOVA
Мухбир
Тегlar::