--

IMKONIYATI ÇEKLANGANLARNING ÇEKSIZ IMKONIYATLARI

IMKONIYATI ÇEKLANGANLARNING ÇEKSIZ IMKONIYATLARI
Chop etilgan 19 November, 2026

Ba’zan birgina möyqalam ifodasi butun boşli hikoyani sözlab beradi, bir kuy inson qalbining eng nozik torlarini çertadi, birgina sahna körinişi esa olqişlarga arzigulik  holatni namoyon etadi. Iste’dod-ning öziga xos möjizasi ham şunda.  U insonning imkoniyatlari bilan emas, könglidagi iştiyoq, intiliş va yaratişga bölgan muhabbati bilan ölçanadi. Zero, har bir bolaning içki dunyosida kaşf etilişini kutayotgan betakror qobiliyat, röyobga çiqişni istayotgan ezgu orzular yaşaydi.Ana şu iste’dodlarni yuzaga çiqariş, yoş qalblarga işonç va rağbat bağişlaş maqsadida Guliston şahridagi 8-umumiy örta ta’lim maktabida imkoniyati çeklangan va alohida ta’limga ehtiyoji bölgan bolalar örtasida “Sen iste’dodlisan” xayriya tanlovining viloyat bosqiçi taşkil etildi. Mazkur tanlov oddiy bellaşuvdan köra, kengroq mazmun kasb etdi. Mahorat sinovida har bir iştirokçining ijodiy izlanişi, öz qobiliyatini namoyon etişga bölgan intilişi va sahnaga çiqişdagi dadilligi alohida e’tiborga sazovor böldi. Çunki u yerda faqat ğoliblik uçun kuraş emas, balki öğil-qizlarning öziga bölgan işonçini mustahkamlaş, ularning qalbida yangi marralar sari intiliş tuyğusini uyğotiş ham muhim ahamiyat kasb etdi. Tanlov davomida iştirokçilar tasviriy san’at, an’anaviy va estrada yönalişlarida öz mahoratlarini namoyiş etdilar.Kimdir ranglar orqali öz tasavvuridagi gözallikni qoğozga muhrladi, yana kimdir kuy-qöşiq orqali qalbidagi his-tuyğularni ifoda etdi.  Har bir çiqiş, har bir ijodiy iş öziga xos mazmun va mohiyatga ega böldi. Tomoşabinlar esa yoş iste’dodlarning çiqişlarini kötarinki kayfiyat va samimiy olqişlar bilan qarşi oldilar. Tanlovning ahamiyati şundaki, u bolalarga öz imkoniyatlarini namoyon etiş uçun maydon yaratiş bilan birga jamiyatda mehr-oqibat, teng imkoniyat va özaro qöllab-quvvatlaş kabi qadriyatlarni ham mustahkamlaydi. Zero, iste’dod egasini kaşf etişning özi kifoya emas, uni rivojlantiriş, rağbatlantiriş va katta marralar sari ruhlantiriş ham barçamizning mas’uliyatimizdir. Hakamlar hay’ati baholaşlari yakunida viloyat bosqiçi- ning ğoliblari aniqlandi. Ular Sayxunobod tumanidagi 12-maktabning 7-sinf öquvçisi Marjona Ibragimova tasviriy san’at yönalişi böyiça,şu maktabning 7-sinf öquvçisi Bilol Yöldoşev tasviriy san’at yönalişi böyiça, 14-maktabning 7-sinf öquvçisi Eldor Xoldorov an’anaviy va estrada yönalişi böyiça, an’anaviy va estrada yönalişi böyiça 4-maktabning 8-sinf öquvçisi Tölqin Abdurahmonov özlarining is’tedodlarini namoyon etib, ğoliblikni qölga kiritişdi. Uşbu ğalabalar yoş iste’dod sohiblarining izlanişlari, mehnati va ijodga bölgan mehrining munosib e’tirofidir. Albatta, ularning har biri uçun bu natija yangi imkoniyatlar sari oçilgan eşik, kelajakdagi katta yutuqlar uçun mustahkam rağbat bölib xizmat qiladi. Çunki har bir bola iste’dodli. Muhimi, uning iste’dodini köra biliş va unga işonişdir!

Marjona MIRZABEKOVA

Marjona MIRZABEKOVA
Marjona MIRZABEKOVA
Мухбир
Тегlar::