--

ÖZ  UYIGA  “MEHMON”  BÖLGANLAR

ÖZ  UYIGA  “MEHMON”  BÖLGANLAR
Chop etilgan 18 November, 2026

yoxud fuqarolikka erishgunça  qiynalganlar qismati

Öz yurtiga begona böliş hissi sizga tanişmi? “Qayta tuğililiş”-çi? Bu haqida eşitganmisiz? Neça yillar hayotining mazmuni bölmagan, özini jamiyatda örinsiz, deb bilgan, ba’zan millatdoşlarining tahqiriga ham uçrab körgan şunday kimsalar bor ediki, Muhtaram Prezidentimizning qarori ularning hayotida “qayta  tuğilmoq” baxtini berdi. Bu qanday baxt ekanligiga qiziqişingiz şubhasiz. Bu özga yurtlardan köçib kelgan millatdoşlarimizning avvaliga öz yurtiga begona bölib, söng Özbekiston fuqaroligini oliş baxtidir. Ajabo!Bugun ayrim vatandoşlarimiz xorijda yaşaş, Yevropa mamlakatlariga köçib ketiş orzusida yurgan bir davrda ona yurtida emin-erkin yaşaş, şu zaminning teng huquqli fuqarosi bölişni yillar davomida orzu qilganlar ham bor. Ular sizu bizdek şu yurtning tölaqonli fuqarosi bölgunlariga qadar qança-qança köz yoşlarini, soğliğini, imkoniyatlarini va vaqtini boy berganlar. Faxr bilan ta’kidlaş joizki, hozirgi paytda ilgari yillab berilmagan fuqaolikni oliş uçun uzoq yillar emas, balki belgilangan muddat kifoya. Viloyat IIB matbuot kotibi Doston Şamsiddinovdan olingan ma’lumotga köra, 2024-yil mobaynida 402 nafar, 2025-yilda 168 nafar joriy yilda 114 nafar şaxs tegişli farmon va qonunlar asosida Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. Şu jumladan, hozirda Guliston şahar “Tarraqiyot” mahallasida yaşovçi fuqaro Mavluda Qulahmedovaning oila a’zolari ham ana şun-day murakkab yöllarni bosib ötgan insonlardan. Mavluda opa turmuş örtoği va ikki nafar qizaloği bilan 1991-yil dekabr oyida Qozoğiston respublikasidan ona Vatani bölmiş Özbekiston respublikasiga köçib kelganlar. Bu davrda sobiq ittifoq parçalanib, yangi mustaqil davlatlar şakllanayotgan, fuqarolik va pasport tizimlari qayta tartibga solinayotgan bir zamon edi. Qozoğiston va Özbekiston fuqaroligiga oid qonun- çilik şakllanayotgan ötiş davrida Mavluda opa va uning oila a’zolari ham huquqiy noaniqliklar girdobida qolib ketişdi. Millati özbek, qalbi Özbekistonga talpingan bu oila ikki davlat orasida özining huquqiy maqomini aniqlaştira olmay, 27 yil davomida fuqaroligi tasdiqlanmagan hujjatlar bilan yaşaşga majbur böldi. Şu davr mobaynida yana ikki nafar öğlonlarni dunyoga keltirgan onani ajnabiy fuqaro sifatida yaşab, körgan qiyinçiliklari hozir ham uni har qanday vaziyatda yiğlata oladi. Faqat eslaşning özi kifoya. – Öşa davrlarda Qozoğistonda qolgan ota-onam, opa-singillarimni körolmay yaşadim. Çunki çegaradan ötiş juda muşkul edi. Har ikkala davlat öz fuqarolarini ötkazar, biz bilan esa hujjatlarimiz sababli heç kim hisoblaşmasdi. Töğri-da, vatangado özining dardini kimga aytadi? Ba’zan haftalab çegara postlarida qolib ketardik.   Qozoğiston elçixonasida navbatga turib, öşa davrda 30 AQŞ dollari (hozirgi 80 AQŞ dollari) miqdorga olingan viza orqali yetti yil deganda arang çegaradan ötganman. Öşanda uyimdagilar: “Uruşga ketganlar ham beş yildan keyin kelgan, sen yetti yilda keldingmi, bolam?” deb ta’na qilişgandi, – deya eslaydi Mavluda opa.– Turmuş örtoğim öziga ilhaq bölgan, ölim töşagida yotgan akasining yoniga bora olmagan. Şunda boşqa yigitni bemorga “ukang keldi”, deya aytganida “uka”sining qölini uşlaşi bilan akasining hayoti nihoyalangan. Bu armon umr yöldoşimga hamon tinçlik bermaydi. Qizlarimning böyi yetgaç, fuqaro-ligimiz bölmagani sabab ne-ne sov- çilar ostonamizdan qaytişdi. Iş joyim-da bu borada muammo yöq edi, ammo işxona tomonidan beriladigan ayrim imkoniyatlardan bebahra qolganman. Şulardan biri – Germaniya davlatiga sayohat qiliş edi. Öşa yillar özimizning şaxsiy maşinamiz davlat raqamlari sariq rangda edi. Oddiygina yöl harakatidagi anglaşilmovçilik sabab ayrim insonlar qattiq tahqirlaşar, aybim bölmasa ham hamma aybni öz böy- nimga olişga majbur bölar edim. Saylovlarda ham iştirok eta olmaganmiz.  Çunki bizning fuqaroligimiz yöq edi-da,– deya xörsindi Mavluda opa. Va nihoyat 2018-yilda tönğiç qizini katta hayot ostonasiga kuzatayotgan kuni fuqarolikni rasmiylaştiriş idorasidan kelgan qönğiroq ularning köngillarini xuşnud qildi, yuzlarida quvonç yoşlari paydo böldi. Ayni öşa kunlar arafasida Mavluda opaning öğli oliygohga davlat granti asosida qabul qilingani ham qöşaloq quvonçga sabab böldi. Bu holat fuqaroligi bölgan siz-u bizga oddiy holatdir, biroq ular uçun bundanda yuksakroq mukofot yoq edi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ular “qayta tuğildilar”. Endi ularning ham öz fuqaro-ligi, öz huquqlari va öz davlati bor.– Buning uçun Yurtboşimga mingdan-ming rahmat aytaman. 2017-yilda u kişining nomiga yozgan birgina arizamning ijobati butun hayotimizni özgatirdi. Menga öxşab avvaliga qiynalgan, söngra fuqarolikni qabul qilgan insonlar köpçilikni taşkil qiladi. Ular ham bugungi zamondan, islohotlardan va yaratilayotgan imko- niyatlardan xuddi men kabi rozi ekanligi şubhasiz. Darhaqiqat, fuqarolik faqat pasportdagi qayd yoki davlatga mansublikni tasdiqlovçi belgi emas. U insonning huquqlari, erkinliklari, jamiyat-dagi örnini belgilaydi. Şu singari yillar davomida fuqarolikka erişişni kutganlarning taqdiri barçamizni yana bir bor şukronalikka undaşi tayin.

Marjona HAYITBOYEVA



Marjona XAYITBOYEVA
Marjona XAYITBOYEVA
MUXBIR
Тегlar::