--

ALPLAR XOVOSDA ULĞAYIŞMOQDA

ALPLAR   XOVOSDA  ULĞAYIŞMOQDA
Chop etilgan 28 November, 2026

Belboğli kuraşning tarixi ming yillarga borib taqaladi. Polvon zoti borki, belboğli kuraş bor. Xovos tumanida sportning bu turi keyingi paytlarda jadal rivojlanmoqda. Polvonlar orasida jahon, Osiyo hamda Özbekiston çempionlari soni tobora köpayib borayapti.

Tumandagi 2-sonli sport maktabining uslubçisi Şavkat Möminov bizni “Sohibkor” mahallasi tomon boşladi. Buning sabablari bor edi, albatta. Mahalla ahli bir yoqаdan boş çiqarib, taşabbusli budjet loyihasida qatnaşib, 1 yarim milliard söm miqdorda mablağ yutib olibdi. Uşbu mablağga quling örgilsin “Kuraş zali” bunyod etilibdi.

— Obyekt qurib bitkazilib, foydalanişga topşirildi, — deydi sport makta-bining belboğli kuraş böyiça boş murabbiyi Abduqahhor Ega-mov. —Pirovardida bizning köp yillik orzularimiz uşaldi. Ayni çoqda kuraş zalimizni zarur anjomlar bilan jihozlaş tadorigidamiz. Bitta kuraş gilami özimizda bor edi. Viloyat Sport boşqarmasi yana bitta qöşimça gilam berişni gardaniga olgan.

7-umumiy örta ta’lim maktabi hududida qad rostlagan zalga böylaymiz. Hajmi 15 ga 36 metrli sport inşootining içki mahobati körgan közni quvontiradi. Derazalardan taralgan quyoş nuri zalni çaroğon etib turibdi. Bir tomonda polvonlarning kiyiniş-yeçiniş xonasi, boşqa tomonda trenerlar xonasi. Maşqlardan keyin yuviniş uçun duşxona. Astagina duşning jömragini buragan edik, tepadan xuddi yomğir yoqqandek tizillab suv otila boşladi.

Ayni paytda zalda 60 nafardan ziyod qişloq yoşlari sportning belboğli kuraş turi bilan şuğullanişmoqda. Ularga ota-bola oliy toifali trenerlar Abduqahhor va Abdurahmon Egamovlar kuraş sir-asrorlarini qunt bilan örgatişmoqda.

Şu örinda Egamovlar oilasi haqida ozgina töxtalib ötmoqçimiz. Bu oilani kuraşçilar sulolasi, desak, mubolağa qilmagan bölamiz. Egam bobo va Borliboy bobolar otam zamonlarida kuraşli töylar va sayillarda bellaşib, yelkasi yer iskamagan polvonlar bölişgan. Keyingi avlod vakili Xudoyberdi polvon bir neça karra Özbekiston çempionligini qölga kiritgan. Sulolaning bugungi vakillari Abduqahhor Egamov viloyat bolboğli kuraş federatsiyasining boş treneri maqomida. Qolaversa, aynan şu yönalişda Xalqaro toifadagi referi maqomiga ega. Sulola-ning beşinçi böğini vakili Abdurahmon Egamov belboğli kuraşda erişgan yutuqlari bilan har qança faxrlansa arziydi. U sportning mazkur turi böyiça bir karra jahon çempioni, bir karra bronza medali sohibidir. Polvon 2021-yilda Rossiya davlatining Qozon şahrida ötgan jahon çempionatida şohsupaning uçinçi poğonasiga kötarilganda Prezidentimizning maxsus mukofoti — 10 million söm pul bilan siylangan edi. Tört yildirki, u trener sifatida şogirdlariga bilganlarini örgatmoqda. 

— 10 yildan buyon ustozim Abdurahmon akaning qöl ostida şuğullanib kelayapman, — deydi jahon çempionatining ikki karra kumuş medali sohibi Muhammadjon Abdukarimov. —Ayni paytda Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetining kuraş yönalişida tahsil olayapman.

— Men esa trenerim Abduqahhor aka Egamovning tarbiyasini olib, ikki karra jahon çempioni böldim, — deydi Diyorbek Saydullayev. —Sportda erişgan yutuqlarim tufayli Guliston davlat univer-sitetiga imtiyozli ravişda qabul qilindim. Oliy öquv yurtini bitirib, içki işlar tizimida faoliyat olib borayapman.

Diyorbek beş yildan buyon Özbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkib a’zosi.Boz ustiga, Xalqaro toifadagi sport ustasi maqomiga ham erişgan. Bizning suhbatimizni quloq qoqmay tinglab ötirgan Şavkat Möminov belboğli kuraş böyiça ayrim ma’lumotlarni oçiqladi. Bugungi kunda 2-sonli sport maktabi tasarrufidagi 8 ta seksiyada 122 nafar öğil va 18 nafar qiz belboğli kuraş bilan şuğullanar ekan. Mazkur polvonlarning 17 nafari Özbekiston milliy terma jamoasi, 48 nafari esa viloyat terma jamoalarining a’zolari sanalarkan. 2026-yilda xovoslik polvonlardan 3 nafari jahon çempionligini qölga kiritibdi. 2 nafari esa kumuş medallar sohibiga aylanibdi. Osiyo çempionatida esa 1 ta oltin, 1 ta kumuş medal Sirdaryoga olib kelinibdi. Viloyatimiz şon-şarafini jahonga taratayotgan Asliddin Zokirjonov, Sardor Ahadqulov, Husan Abduhakimov, Azamat Şoimqulov, Otabek Abduhoşimov, Farrux Narzullayev, Diyorbek Saydullayev kabi polvonlarni kamolga yetkazişda Abduqahhor va Abdurahmon Egamovlarning munosib hissalari bor.

Trenerlar bilan gurunglaşib ötirganimizda yonimizga bir bolakay yugurib keldi. Ismi Azizbek, özi 5 yoşda ekan.

— Zalga kim bilan kel-ding? — deya suhabatga tortdik.

— Akam bilan keldim. Men ham kelajakda nomdor polvon bölmoqçiman, — deya biyron-biyron javob qaytardi.

Omadingni bersin, deb qöl taşlaşdik.

—Yangi zal hammaga yoqayapti, — deydi Abdurahmon Egamov. — Keçki soat 17.00 dan 21.00 gaça 

zalimiz oçiq. Akalariga ergaşib, norasida bolakaylar ham kelişayapti. Ularni kökragidan itarmayapmiz. Kuraşning havosini olsin, deymiz. Aslida nomdor polvonlar bolaligidan kuraşga mehr qöyganlardan çiqadi.

Yangi kuraş zali “sohib-korlik" sportsevalar uçun sevimli göşaga aylanibdi. Yaqin kunlarda zalning tantanali oçiliş marosimi bölar ekan. Qayerda yaxşi şaroit, mohir trenerlar bölsa, öşa joydan dovruqli polvonlar çiqişi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Muhammadali AHMAD

Тегlar::