--

ŞOIRANING XOTIRASIGA BAĞIŞLANDI

ŞOIRANING  XOTIRASIGA  BAĞIŞLANDI
Chop etilgan 28 November, 2026

Yaqinda viloyat Axborot-kutubxona markazida Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, iste’dodli şoira, jurnalist va jamoat arbobi Hayotxon Ortiqboyeva tavallud topgan kunning 80 yilligiga bağişlangan xotira keçasi bölib ötdi. Şu kuni marhuma ijodkorning şe’rlari va hikoyalari örin olgan “Şukrona ayt” nomli yangi kitobning taqdimoti ham ötkazildi.

Xotira keçasi va taqdimot marosimida şoiraning yaqin qarindoşlari, farzandlari va nevaralari, u kişi bilan birga köp yillar davomida hamkorlik qilgan hamkasblari, şogirdlari hamda öquv muassasalarining ijodkor talabalari iştirok etişdi.

Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bölimi rahbari Murodjon Hayitov oçib, H. Ortiqboyevaning sermahsul ijodi, jamoat işlarida körsatgan faolligi va ibratli insoniy fazilatlari xususida söz yuritib, ustozining şe’rlaridan namunalar öqib berdi. Söngra Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimining rahbari, adiba Noriniso Qosimova Hayotxon Ortiqboyevaning uyuşmaning viloyat bölimida amalga oşirgan işlari va Senatorlik faoliyati hamda barakali ijodi haqida gapirdi. Şuningdek, N.Qosimova iste’dodli qalamkaşning “Şukrona ayt” nomli kitobi yaqinda dunyo yuzini körganligi va naşrga tayyorlaş jarayonlari haqida töxtaldi.

Notiqning ta’kidlaşiça, Hayotxon Ortiqboyeva 1969-yilda Toşkentdagi Nizomiy nomli pedagogika institutining Tarix-filologiya fakultetini bitirib, maktablarda yoş avlodga ta’lim-tarbiya bergan. 1979-1989-yillarda “Sirdaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida bölim mudiri, boş muharrir örinbosari lavozimlarida işlagan. 1989-1990-yillarda “Guliston yangiliklari”, “Gulistanskiye novosti” gazetalarining boş muharriri bölib, faoliyat körsatgan. Keyinçalik ÖXDPning viloyat bölimida mas’ul vazifada xizmat qilgan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimini boşqargan, Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida qizğin faoliyat olib borgan. 

Şoiraning şe’rlari va hikoyalari, publitsistik maqolalari viloyat, respublika gazeta va jurnallarida çop etib borilgan. “Humolari qaytgan yurt”, “Feruza oqşomlar”, “Köklam ertaklari”, “Ne baxt bu diydor” va “Oy qöngan ayvon” nomli kitoblari naşr qilinib, sermazmun, ma’nili bitiklari öqirmanlarning köngil mulkiga aylangan.

Tadbirda iştirok etgan Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalistlar Aliqul Xonimqulov, Xolida Pardaboyeva va “Yangi Sirdaryo” gazetasi bölim muharriri Muhammadali Ahmad sözga çiqib, “Sirdaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida qadrdon ustoz bilan birga işlagan davrlarini yodga olişdi. Hayotxon Ortiqboyevaning singlisi Şahriniso Jumayevaga ham söz berilganida u kişi qondoş opasining yoşlikdan ilmsevar, ezgulikka intiluvçan, ijodga havasmand bölganini, oilaviy, qarindoşlik munosabatlarda mehr-oqibatliligini namoyon qilgan paytlarni esladi. 

Tadbir davomida Hayotxon 

Ortiqboyevaning qalamiga mansub şe’rlar yangradi, u kişining adabiy merosidan bahramandlik bardavom ekanligi, yozib, qoldirgan asarlari hamon zamondoşlarimizning ma’rifiy va ma’naviy dunyosini boyitiş uçun xizmat qilayotgani e’tirof etildi.

Hasan ABDUVOHIDOV

Тегlar::