--

NATIJADAN YANGI MARRALARGA

NATIJADAN YANGI MARRALARGA
Chop etilgan 25 август, 2026

Viloyatimizda “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraq-qiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” tashkil etildi. Guliston shahridagi 2-umumta’lim maktabida forumning ochilish tadbiri o‘tkazilib, keyingi kunlarda ushbu jarayon viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom etdi. Shu jihatdan forumni oddiy tadbir emas, balki yangi o‘quv yili oldidan ta’lim tizimining o‘tgan davrini sarhisob qiladigan, mavjud muammolarni tahlil eta-digan va kelgusi vazifalarni aniq belgilaydigan yaxlit jarayon sifatida baholash mumkin.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i birinchi
o‘rinbosari Abdumalik Abduraxmo-nov bergan ma’lumotlarga ko‘ra viloyatimizda 1531 ta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 351 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 1180 tasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Demak, forum
kun tartibidagi masalalar minglab pedagoglar va o‘n minglab bolalar-ning ta’lim-tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq.
Ta’limdagi natijalar esa xalqaro maydonda ham namoyon bo‘lmoqda. Xitoyda o‘tkazilgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi — IMO–2026 da viloyatimizning ikki nafar o‘quvchisi O‘zbekiston terma jamoasi safida medalni qo‘lga kiritishdi. Yangiyer shahar ITMA IM o‘quvchisi Dostonbek Rahmonqulov kumush, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali o‘quvchisi Azizbek Mamajonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu ikki medalning ortida o‘quvchilarning izlanishlari, ustozlarning fidoyiligi, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi va iqtidorli yoshlar bilan ishlashga qaratilgan tizimli yondashuv turibdi. 2025-2026-o‘quv yilida viloyatimiz o‘quvchilari respublika fan olimpiada-larida 3ta, xalqaro olimpiadalarda esa 11 ta sovrinli o‘rinni egallagani ham buning tasdig‘i.
Joriy yil bitiruvchilari tomoni-dan 5742 ta milliy va xalqaro sertifikat qo‘lga kiritilgani o‘tgan yilga nisbatan qariyb uch barobar o‘sishni ko‘rsatmoqda. 318 nafar bitiruvchining muddatidan oldin talaba bo‘lgani, ular orasida xorijiy universitetlarga grant asosida qabul qilingan yoshlar borligi ham ta’limdagi salohiyat ortayotganidan dalolat beradi.
Biroq yuqori natijalar bilan bir qatorda, ta’limning ilk bo‘g‘inidagi qamrov va sifati ham muhim. 2026-yil birinchi yarim yilligida maktabgacha ta’lim qamrovi 82,3 foizga — 71 164 nafar bolaga yetkazildi. Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlov bilan qamrab olish 95,2 foizni tashkil etdi. 66 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshlashi hisobiga
2 697 ta yangi o‘rin yaratildi.
Forum doirasida trener va mentor-lar tomonidan pedagoglar uchun amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi. Unda dars taqsimoti va o‘quv rejalar bilan ishlash, yangi avlod darsliklaridan samarali foydalanish, e-maktab platformasi, o‘quvchilar bilimini baholash, xorijiy tillarni o‘qitish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar kabi mavzular ko‘rib chiqildi. Mashg‘ulotlar ustozlarga yangi o‘quv yilida amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini berdi.
Forumning tuman va shahar bosqichlarida ham aynan shu masalalar turli yo‘nalishlarda davom ettirildi.  Sayxunobodda forum ustozlarni yangi o‘quv yili-ning ustuvor vazifalari atrofida birlashtirgan bo‘lsa, Shirin shahrida ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan tadbirda pedagoglarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy metodlarni joriy etish va tajriba almashish masalalariga urg‘u berildi. Xovos tumanida 1-, Oqoltin tumanida 1-, Sardoba tumanida esa 16- umumta`lim maktabida forumning tuman bosqichlari tashkil etildi. Mirzaobodda ham ustozlar yangi o‘quv yilining maqsad va vazifalarini muhokama qildi. Yangiyer shahrida esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ul xodimlari uchun amaliy seminar o‘tkazilib, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’lim sifatining asosiy tayanchi — pedagog. Viloyatimiz ta’lim tizimida 13461 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. 2026-yilda oliy va birinchi toifali pedagoglar soni 5020 nafarga yetkazildi. 21 nafar pedagogning metodik ishlari respublika miqyosida ommalashtirildi, chet tili o‘qituvchilarining 95 foizi tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Ta’lim sifatini oshirishda zamona-viy ta’lim sharoitlari va baholash tizimi ham muhim. 2025-2026-o‘quv yilida 310 ta maktabning 99 foizida yangi baholash tizimi joriy etildi. 2026-yilda esa 44 ta maktab va 20 ta
maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boril-moqda. Bu loyihalarga 485,591 mil-liard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Endi asosiy vazifa — erishilgan natijalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish. Yilning ikkinchi yarmida
maktabgacha ta’lim qamrovini 84,9 foizga, oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushini 40,2 foizga yetkazish, 4 ming nafar pedagogni milliy va xalqaro sertifikatlarga ega
qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, 112 ta ta’lim tashkilotini akkredi-tatsiyadan o‘tkazish, 4 200 nafardan ortiq pedagogni attestatsiyadan o‘tkazish va 1 391 nafar pedagogning malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.
Shu ma’noda, Gulistondagi 2-maktabda boshlangan V “Ustozlar milliy forumi”ning barcha tuman va shaharlarda davom etgani — ta’limdagi yagona maqsad viloyatimiz bo‘ylab bir butun jarayonga aylanganini ko‘rsatadi.
Bugun viloyatimiz ta’limi xalqaro medallar, yuqori sertifikat ko‘rsatkichlari va yangi imkoniyatlar bilan yangi bosqichga chiqmoqda. Endi muhim vazifa — bu natijalarni tizimli ravishda davom ettirib, har bir maktab, har bir sinf va har bir o‘quvchi natijasida aks ettirishdir. Zero, ustozning izlanishi — ta’lim taraqqiyotining, ta’lim taraqqiyoti esa jamiyat kelajagining mustahkam poydevoridir.
Sevinch G‘ANIYEVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR
Teglar::