--

RUHIY-AQLIY BAHS

RUHIY-AQLIY BAHS
Chop etilgan 15 октябр, 2026

Yurtimizda ommalashib borayotgan, aql-zakovat egalari oʻyini, yaʼni shaxmat sport turi toʻgʻrisida koʻpchilik ozmi-koʻpmi, tushunchaga ega. Darhaqiqat, uning uzoq yillik tarixi, diyorimizda bu sohada erishilayotgan yutuqlar barchamizga maʼlum. Aslini olganda oʻyin boradigan stolni shunchaki yogʻoch maydon deb boʻlmaydi.Bunda millionlab qarorlar,yashirin rejalar va kutilmagan yurishlar bilan bogʻliq tilsim mavjud.

Har bir dona oʻz feʼl-atvoriga egadek: bittasi mayda,biroq ortga qaytmay shiddat bilan odimlasa,boshqasi esa butun maydonni bir zumda kesib oʻtib, toʻsatdan zarbalar bera oladi. Qoʻlingizni donalardan biriga uzatishingiz bilan yurak urishingiz sekinlashib, xayolingizda bir vaqtning oʻzida turli xil ssenariylar jonlanadi.

Bu kurashda hech qanday tasodifga oʻrin yoʻq. Har harakat, chekinish va qurbon boʻlgan dona chuqur fikrlash va qanoatning ifodasidir. Qarshingzida avvalo raqib emas, oʻz sabringiz hamda diqqatingiz sinovdan oʻtadi. Vaqt bir muddatga toʻxtab, jang chindan jonli tarzda oʻtkan singari atrofdagi barcha shovqin yoʻqolib, faqatgina bir maqsad qoladi: birgina aniq, mukammal yurish orqali raqib poydevorini larzaga keltirish.

Tanangiz qopqonga tushirish zavqi, mudofaani boy bergan kishining yuz ifodasidan ham hayojon, ham faxr, shu bilan birga yakuniy, hal qiluvchi sezgirlik tuygʻusidan rohatlanadi. Shoh va mot...

Shahzoda OBLOQULOVA,

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

“Yosh ijodkorlar” to‘garagi a’zosi

Teglar::