--

ĞALABAGA IŞONÇ, ÇINIQQAN IRODA VA MAŞQLAR MEVASI

ĞALABAGA IŞONÇ,  ÇINIQQAN  IRODA VA MAŞQLAR  MEVASI
Chop etilgan 10 ноябр, 2026

Sirdaryo yoşlari munosib natijalar bilan viloyat şarafini himoya qilişdi. 2026-yil 26-oktyabrdan 8-noyabrga qadar Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida ötkazilgan “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqiçi ana şunday jasorat, mahorat va iroda namoyişiga aylandi. Musobaqaning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti iştirok etib, yoş sportçilarga murojaat qildi. “Har biringiz bu maydonga öz orzuingiz, öz maqsadingiz, eng asosiysi, ğalabaga bölgan katta işonçingiz bilan kelgansiz”, degan e’tirof yoş sportçilar uçun katta ruhiy madad böldi. Şuningdek, bugun musobaqalarda iştirok etayotgan yoşlar orasidan ertaga jahonni hayratga soladigan çempionlar va rekordçilar yetişib çiqişiga işonç bildirildi. Mamlakatimizning barça hudud-laridan kelgan 3,5 ming nafardan ziyod yoş sportçi olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşdi. Bu raqamlar musobaqaning qamrovi kengliginigina emas, balki yurtimizda yoşlar sportini rivojlantirişga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasini ham körsatadi. Uşbu nufuzli musobaqada Sirdaryo viloyati şarafini himoya qiliş uçun 21 ta sport turi böyiça 301 nafar yoş sportçi respublika final bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Bu natija hududda sport maktablari, ixtisoslaştirilgan markazlar va murabbiylar tomonidan olib borilayotgan tizimli işlarning samarasidir. Musobaqa oldidan sportçilar va ularning murabbiylari bilan uçraşuv ötkazilib, tayyorgarlik jarayoni, oldinda turgan vazifalar va kutilgan natijalar muhokama qilindi. Zero, katta musobaqaga tayyorgarlik faqat jismoniy maşqlar bilan çeklanmaydi. Unda ruhiy tayyorgarlik, intizom, jamoaviy hamjihatlik va mas’uliyat ham muhim örin tutadi. Sirdaryolik sportçilar respublika final bosqiçida ana şu fazilatlarni namoyon etib, viloyat delegatsiyasi hisobini medallar bilan boyitib bordi. Dastlabki medallardan biri yengil atletikaning yadro uloqtiriş yönalişida Sirdaryo tumani sportçisi Ahmadbek Ergaşev tomonidan qölga kiritilgan bronza medali böldi. Şundan söng ğalabalar ketma-ketligi boşlandi. Sirdaryo tumani sport maktabi tarbiyalanuvçisi Durdona Jumanqulova yengil atletikaning tösiqlar oşa yuguriş turida oltin medalni qölga kiritib, öz mahoratini namoyon etdi. Uning uç kuraş yönalişida — balandlikka sakraş, 100 metrga ğovlar oşa yuguriş va yadro uloqtiriş böyiça ham ğoliblikni qölga kiritgani sportçining köp qirrali tayyorgarligi va salohiyatidan dalolat beradi. Yana bir quvonçli natija Doniyor Qurbona-liyev tomonidan qayd etildi. U ham yengil atletika böyiça musobaqada ğoliblikka erişib, viloyatimiz vakillarining medallar jamğarmasiga navbatdagi oltin medalni qöşdi. Kuraş maydonlarida ham sirdaryolik yoşlar öz sözlarini ayta oldilar. Erkin kuraş böyiça Abduxoliq Iqboljonov va Zohidjon Yöldoşboyev oltin medallarni qölga kiritdi. 38 kilogramm vazn toifasida bellaşgan Elbek Erkinov esa munosib iştirok etib, kumuş medalga sazovor böldi. Dzyudo musobaqalarida Muhabbat Davro-nova 36 kilogramm vazn toifasida kumuş medalni qölga kiritgan bölsa, Akobir Arziqulov 42 kilogramm, Nilufar Usmonqulova 44 kilogramm, Umida Norboyeva 52 kilogramm vazn toifalarida bronza medallariga ega çiqdi. Şuningdek, Munisa Xoliqova ham dzyudo böyiça bronza medalini qölga kiritdi. Stol tennisi böyiça ham sirdaryolik sportçilar munosib natijalarni qölga kiritdilar. Guliston tumani sport maktabi tarbiyalanuvçisi Sarvinoz Böriboyeva yakkalik bahslarida bronza medaliga munosib topildi. Juftlik bahslarida esa Marjona Bosimova va Ruxşona Boltaniyazovalar faxrli uçinçi örinni egallaşdi. Velosport, badiiy gimnastika, suziş, taekvondo va boks yönalişlarida ham viloyat sportçilari medallar uçun kuraş olib borib, sovrindorlar safidan joy oldilar. Jumladan, velotrekning jamoaviy guruh poygasida sirdaryolik qizlar bronza medaliga sazovor bölişdi. Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi sportçisi Rahbaroy Bayqarayeva velosport trek bahslarida kumuş medalni qölga kiritdi. Milana Yarovaya esa uşbu yönalişda oltin medalga erişdi.


Badiiy gimnastika böyiça Sirdaryo viloyati jamoasining guruhli çiqiş dasturi kumuş medal bilan baholandi. Suziş musobaqalarida Marat Şakirov va Aleksandr Mxoyan ham sovrindorlar safidan joy oldilar. Taekvondo WT böyiça Diyora Majidova bronza medaliga sazovor böldi. Boks böyiça 58 kilogramm vazn toifasida iştirok etgan Şodiyor Usmonov esa uçinçi örinni egalladi. Bellaşuvning eng ta’sirli jihatlaridan biri paralimpiya sporti vakillarining çiqişlari böldi. Zero, bu maydondagi har bir natija nafaqat sport mahorati, balki inson irodasi, sabr-toqat va hayotga bölgan kuçli işonçning ham ifodasidir. Sirdaryolik parasportçilar ham musobaqada yuqori natijalarni qayd etişdi. Ayniqsa, para yengil atletika bahslarida Karomat Ahmedjonovaning iştiroki alohida e’tiborga loyiq. U musobaqa davomida oltin, kumuş va bronza medallarini qölga kiritib, bir yöla uçta sovringa ega böldi. Prezident olimpiadasida faqat sportçilarning natijalari emas, balki delegatsiyalarning umumiy faoliyati ham munosib baholandi. “Eng iqtidorli sportçi”, “Rekord natija qayd etgan sportçi”, “Eng namunali trener”, “Eng yaxşi hakam” kabi nominatsiyalar orqali sport sohasidagi turli yönalişlarda mehnat qilayotgan insonlarning xizmatlari e’tirof etildi. Quvonarlisi, Sirdaryo viloyati delegatsiyasi “Muxlislar mehrini qozongan delegatsiya” nominatsiyasiga munosib körildi. Bu e’tirof sirdaryolik sportçilarning nafaqat natijalari, balki maydondagi odobi, jamoaviy ruhi va muxlislar bilan örnatgan samimiy munosabatlarining ham munosib bahosidir. Prezident olimpiadasining olimpia sport turlarida viloyatimiz delegatsiyasi jami 7 ta oltin, 5 ta kumuş va 12 ta bronza medallarni Paralimpia sport turlarida esa 1 ta oltin, 5 ta kumuş va 2 ta bronza medallarni jamğardilar.


Xurşida NIŞONOVA

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI
Teglar::