--

Uzun soçli qizning uzun armonlari

Uzun soçli  qizning  uzun armonlari
Chop etilgan 7 ноябр, 2026

Mening bolaligim Guliston şahridagi 10-örta 

maktabning sinfxonalarida ötgan. Öşa payt-larda kiçkinagina şahrimizning çor atrofi çeksiz paxta dalalari bilan öralgan edi. Göyoki butun dunyo mana şu dalalardan iboratday, hayotimiz ham ularga zanjirlab qöyilganday edi. Biz hali suyagi qotmagan bolalar edik. Bahor kelişi bilan göza çopiğiga, yozda yagana degan dala işlariga çiqardik. Kuzda esa maktab butunlay yopilib, hamma yiğim-terimga safarbar etilardi. Reja va majburiyatlar oldida bolalik huquqimiz, kitob-daftarlarimiz öz qiymatini yöqotardi. Biz maktab öquvçisi emas, loy va tuproq keçib, mehnat qiladigan haqiqiy dala işçisiga aylanardik.

Yillar ötib, orzularim meni Toşkent davlat universi-tetining jurnalistika fakultetiga yetakladi. 1976-yili talaba böliş baxtiga erişdim. Biroq oliy ma’lumot oliş yöli ham baribir öşa taniş dalalardan ötdi. Har kuzda öqişni töxtatib, bizni Sirdaryoning suvsiz, şamol uvvos solgan çekka çöllariga jönatişardi. U yerlarda naq ikki oylab qolib ketardik. Biz sovuq va zax baraklarda yaşardik. Çölning izğirinli şamoli barak devorlarining tirqişlaridan kirib, suyaklarimizdan ötib ketardi. Tong saharda hali kun çiqmay sovuqdan qaltirab, dalaga yöl olardik. Kun böyi belimizga etaklarni boğlab, egilib paxta terardik. Muhammadjon Bobojonov, Muxtor Xudoyqulov, Anvar Karimov, Saydi Umirov, Abdulla Sayfuddinov, Boyböta Döstqorayev kabi mehribon domlalarimiz bizga xuddi öz farzandidek kuyunişardi. Ahvolimizni körib içlari açirdi şekilli, “Yaqinda Toşkentga qaytamiz, reja tölişiga oz qoldi”, deb bizga tasalli berişardi. Endi öylasam, ular ham öşa davrning qattiqqöl tizimi oldida ojiz bölişgan ekan.

Öşa paytlarda talaba qizlarning soçlari uzun edi, lekin ularni parvarişlaşga heç qanday şaroit yöq edi. Jonkuyar domlalarimiz soç yuviş va özimizga qaraşimiz uçun haftada bir kun dam oliş taşkil qilib berişardi. Bu kun biz uçun katta bayram edi. Barak orqasidagi öçoqqa olov yoqib, çelaklarda suv isitardik. Öşanda soçlarimiz juda uzun edi, ammo qalbimizdagi soğinç, dardlar va ertangi kunga bölgan orzularimiz undan ham uzunroq edi. Paxta dalasi butun bir avlodning dardu hasrati kömilgan makon edi göyo.

Bir kuni meni soğinib, körgani kelgan enajonimning aytgan gaplari haligaça quloğimdan ketmaydi. Munis-ginam dala çetidagi etak ustiga ötirib, közlarida yoş bilan şunday degandilar:

— Bizning-ku butun umrimiz dalalarda çang yutib, loy keçib, paxta teriş bilan ötdi, sizlarning ham eng gözal yoşligingiz şu paxtazorlarda ötyapti. Nahotki keyingi avlodning (çevaralarimning) ham qismati şu bölsa?

Bu öy mening ham içimni kemirardi. Yillar ötib, özim ona böldim. Farzandlarim maktabga çiqqanida esa öşa hadik va xavotir meni yana ta’qib qila boşladi. Maktabdan paxtaga otlanayotgan bolalarimning ortidan qarab, içimdan bir yiği kelardi.

— “Nahotki zamon heç qaçon özgarmasa? Nabira-larim ham mana şu “ştab”, “norma” degan qörquvda yaşasa, sovuq zax baraklarning azobini körişsa?” — deb tunlari uyqum kelmasdi. 

Biz zamon va tizim majbur qilgan zanjirlar içida yaşadik. Ammo qalbimizda miltillagan bir umid uçquni bor edi. Intizor kutilgan öşa yoruğ kunlar keldi. Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning odilona siyosati qat’iy irodasi bilan xalqning tinkasini quritgan majburiy mehnatga, bolalar mehnatidan foydlanişga butunlay çek qöyildi. Juda töğri yöl tutildi, davlat dalani emas, bolani tanladi. Bu şunçaki yangilik emas, bu — millatimiz kelajagini qutqariş edi. Bolalik paxta dalalarida boy berilişdan, yoşlik oğir mehnatda xazon bölişdan omon qoldi. Paxtadan köra, inson va uning qadri ustun ekanligi isbotlandi.

Bugun közimning oqu qorasi bölgan nabiralarim mutlaqo boşqaça, ya’ni erkin va farovon dunyoda voyaga yetyapti. Ularga qarab, yuragimdan şukronalik tuyğusi ötadi: nabiralarim paxtani çin ma’nodagi faro-von, baxtli turmuşimizni ta’minlaşga hissa qöşuvçi moddiy ne’mat, boylik deb bilişadi. Ular paxta bilan boğliq bölgan bizning davrimizdagi oğir mehnatni izohlovçi sözlarning ma’nosini ham bilişmaydi ham.

Bugungi yoşlarning luğati butunlay boşqaça: kompyu-ter, raqamli texnologiya, innovatsiya, ingliz va boşqa xorijiy tillar, xalqaro olimpiada va hokazolar. Bugun nabiralarimiz uçun hamma şaroitlar bisyor bölgan maktablar, bolalar markazlari, tögaraklar va boşqa çeksiz imkoniyatlar eşiklari oçiq. Davlatimiz yoşlarga öqiş, izlaniş va öz iqtidorlarini körsatiş uçun şaroit yaratib bermoqda. Ular dalalarda paxta emas, şinam sinfxonalari va keng auditoriyalarda öz kelajaklarini yaratiş uçun bilim va tafakkur mevasini termoqdalar.

Bu yil bir yöla ikki nafar nabiram poytaxtdagi nufuzli oliygohlar talabasi bölişdi. Biz körgan qiyin-çiliklar ortda qoldi, yoşlarimiz esa biz orzu qilgan gözal kelajakka qadam qöydilar. Inson qadri uluğlanayotgan yurtimizdagi islohotlar uçun Allohga şukrona aytaman, xalqni rozi qilayotgan Prezidentimizga çin dildan taşakkur bildiraman.

Dilorom ISMADIYOROVA

Teglar::