--

GIRGITTONNING GINASI

GIRGITTONNING GINASI
Chop etilgan 7 ноябр, 2026

Buyurtmam tayyor bölguniga qadar qölimdagi gazetani varaqlab ötirgan edim. Oradan köp vaqt ötmay taomni olib kelgan, yoşi 40 dan oşgan girgitton (ofitsiant) “nimalar yozilibdi?” deya gazetaga imo qildi.

– Qiziqsangiz, olib, öqing.

– Qayerdan olaman? Matbuot dökonlari sabzi-piyozga töla. Qolaversa, bizlarga mos mavzudagi maqola topilmaydi. Hammasi amaldorlarga taalluqli siyosiy mavzular. Hali qarasangiz, bu taşkilotni, hali qarasangiz, rahbarning faoliyatini yoritadi. Mana, bizga öxşaganlarning ham mehnatimizni uluğlab yozsalar ekan, — Tağin yuzidagi norozilik örnini mayin tabassum egallab, – Qiziq gapiraman-da! Jurnalistlarning biz bilan nima işi bor, şunça işi turganda, töğrimi?

– Sizning nimangizni yozsin jurnalistlar? — deya qöpol savol berdim şekilli, girgitton ödağaylab, jerkib berdi.

– Iya, nima deganingiz? Axir, biz ham el xizmatidagi odamlarmiz-ku. “Avval qorin, keyin qonun”, deganlaridek, “kazo-kazo”lardan tortib faqir kimsalargaça xizmatida bölamiz. Xörandalarning injiqliklariga çidaş, “bu issiq, bunisi sovuq, buyurtmam keçikdi”, va hokazo gaplariga çidaş oson deysizmi? Men ön yildan beri şu iş bilan şuğullanaman. Ayol boşim bilan halol mehnatim ortidan uy-joy qurayapman. Ammo şu halolligimni bilmagan ba’zi nafsi buzuq odamlarni ham kördim. Past nazar bilan qarab, kayfiyatni buzadigan, köngilni oğritadiganlar ham bor, ammo naçora, tabassum qilib turişga majburmiz.

Ayol haq edi. Jamiyatimizda mehnat-ining örni katta bölgan, ammo doim ham köz ilğamaydigan insonlar bor. Aslida şunday insonlar sabab islohotlarimizning kemtigi tölib, barqarorlaşmoqda.

Girgitton bu gal yuzlari yorişib yana gap boşladi:

– Ba’zilar hatto qöşimça çoyçaqa ham taşlab ketişadi. Galstugi bor akalar ayniqsa… Işimning ham gaşti bor. Qiziq voqealar ham köp bölib turadi.

Girgitton qarşimdagi stulga joylaşib ötirib, kaftlarini bir-biriga işqalab:

– Bir kuni… – deb gap boşlamoqçi ham edi, narigi tomondagi mijoz ofitsiantga işora qildi: “Qaravoring!” Girgitton bir zumda uning yonida paydo böldi. Mijoz negadir norozi körinardi. Girgitton unga nimalarnidir muloyimlik bilan tuşuntirardi.

Aslida bu ovqatlaniş şoxobçasiga har kelganimda turli ofitsiantlarni uçrataman. Ayniqsa, yoşlar köp. Ularning aksariyati talaba. Qiziq, yarim kun öqib, yarim kun oşxonada işlayotgan oliygoh talabalaridan kelajakda qanday mutaxassis yetişib çiqadi? Tirikçilik taşvişi ularning bilim oliş imkoniyatini çeklab qöymayaptimikan?

Zum ötmay yana yonimga qaytgan girgittonning avzoi buzildi.

– Ovqati nimkosa bölganidan keyin ta’mi ta’biga töğri kelmay qolibdi. Yoqmasa, boşidan aytmasmidi? Endi öz hisobimdan tölayman, — u çuqur tin oldi. — Aytgança, nima deyayotgan edim? Ha, bir kuni yangi turmuş ostonasida turgan yoşlarning “merri mi”si uçun atalgan buyurtmani adaşib boşqa yoş mijozlarga olib borganman. Şunda “merri m”ning paçavasi çiqqanini körib, aççiqlangan qiz arazlab, turmuşga çiqişni rad etdi. Bu voqea heç yodimdan çiqmaydi. Hozirgi yoşlarni tuşuniş qiyin. Bizning vaqtimizda unday emas edi. Boriga şukur qilib yaşaganmiz.

Hayotida oğir sinovlarni boşdan keçirgan ayol uçun mayda taşvişlar arzimas körinardi.

– Şu mehnatim tufayli ikki nafar farzandimni yolğiz özim boqyapman. Otasi ança yillar ilgari bizni taşlab ketgan, – meni boyagina uçratgan girgitton öziga yaqin olib gapirar edi.

– Bu yerdagi tuşum sizga va farzand-laringizga yetadimi?

– Şukur, kunlik tuşumni yiğib, uy-joy qilişga sarflayman. Oşxonadan qaytar çoğimda qolgan ovqatlarni uvol bölmasin, deb özim bilan olib ketaman. Tört muçam soğ böla turib, idorama-idora yordam söraşni özimga ep körmayman. Mendan-da muhtojlar, imkoniyati çeklanganlar bor, axir.

Böş joylarga mijozlar kelib, ötirişdi. Girgitton özining yangi mijozlari tomon şaylanar ekan, tuşlik vaqti tugagani yodimga tuşib, örnimdan turdim. U sönggi savolini berişga ulgurdi.

– Siz köp kelib turasiz. Qayerda işlaysiz?

– Mana şu gazetaning muxbiri bölib işlayman, — deya unga gazeta uzatdim.

– Yana gazetalar olib keling. Yana suhbatlaşarmiz balki. Bizlarga öxşagan xizmat xodimlari haqida ham yozib turing…  

Marjona HAYITBOYEVA

Teglar::