--

UYATLI VA UYATSIZ MEHMONLAR…

UYATLI VA UYATSIZ MEHMONLAR…
Chop etilgan 7 ноябр, 2026

Xalqimizda mehmon aziz. Mehmonning katta-kiçigi bölmaydi. Ammo mehmondöstlikning ham özimiz biladigan, özimiz ba’zan payqamaydigan “tartib-qoida”lari bor ekan.

Masalan, xonadonga bir neça kişi mehmon bölib kelsa, ularni bir xonaga jamlamaymiz. Biri alohida xonaga, boşqasi boşqa uyga boşlanadi. Bir xonada amaldorlar, obröli tanişlar, hoji akalar yoki özimizga yaqin, deb bilgan kişilar, ikkinçisida esa boşqa mehmonlar ötiradi. Göyoki birinçi xonadagilar “uyatli” mehmonlar, ikkinçi xonadagilar esa... “uyatsiz” mehmonlar...

Albatta, heç kim mehmonlarni oçiqçasiga bunday nomlamaydi. Ammo ularni ajratiş tartibiga qarasangiz, beixtiyor şunday öyga borasiz. Bir xonada alohida hurmat, alohida dasturxon, alohida e’tibor. Ikkinçi xonada ham mehmon bor, dasturxon bor, lekin negadir e’tibor darajasi boşqaçaroq.

Bu odat töylarimizda ham uçraydi. Töyxona odamlar bilan gavjum, karnay-surnay, quvonç, tabriklar... Biroq ayrim mehmonlar alohida xonalarga taklif etiladi. Ular orasida amaldorlar, mansabdorlar yoki mezbon uçun alohida qadrli kişilar bölişi mumkin. Qolganlar esa umumiy zalda ötiraverişadi.

Alohida xonaga kirganlar “uyatli” mehmonlar bölsa, umumiy zaldagilar “uyatsiz” mehmonlarmi? Axir ular ham töyga taklif qilingan, xonadonning hurmatli mehmonlari emasmi? Yoki mehmonning qadri uning insonligi bilan emas, egallab turgan lavozimi, mavqei bilan ölça-nadimi?

Ehtimol, kimdir: “Töy egasi bilan amaldorning öz gapi, yaqin kişining öz suhbati bor, alohida ötiriş qulay”, der. Buning ham öz asosi bölişi mumkin. Gap alohida xona ajratişda emas. Gap şundaki, nega bu qulaylik va e’tibor doim bir xil toifadagi odamlarga nasib etadi? Nega boşqa mehmonlar uçun bunday ehtiyoj yöqdek tuyuladi?

Qiziği, uy egasi mehmonlarni ajratib, ularga joy belgilayotganda, ehtimol, heç kimni kamsitişni öylamas. Aksinça, kimnidir alohida hurmat qilyapman, deb hisoblar. Ammo hurmatning birini baland, birini past qöyiş boşqalarga qanday körinişini ham öylab köriş lozim.

Axir mehmonning biri amaldor, biri tadbirkor, biri öqituvçi, yana biri işçi bölişi mumkin. Lekin ularning barçasi inson, barçasi taklif etilgan mehmon. Dasturxonning töriga kimni ötqazişni belgilaş boşqa masala, ammo birini “alohida mehmon”, boşqasini esa göyoki ikkinçi darajali mehmonga aylantiriş — boşqa.

Öyga toladi inson: biz mehmon kutyapmizmi yoki uning martabasini?

Agar mehmonning qadri lavozimiga qarab, belgilansa, unda mehmondöstligimiz ham mansabga qarab özgarib qolmayaptimi? Agar bir xonadagi mehmonlar “uyatli” bölsa, ikkinçi xonadagilarning “aybi” nima?

Balki mehmondöstlikning eng katta sinovi ham şundadir. Gap törga kimni ötqazişda emas, tördan uzoqroqda ötirgan mehmonga ham özini qadrli his qildirişda.

Zero, mehmonning uluği ham, kiçigi ham bölmasligi haqidagi gap dasturxon ustida çiroyli eşitiladi. Endi buni amalda ham isbotlaş vaqti kelmadimi?

Bahrom BOYMURODOV

Teglar::