--

UY — ŞUNÇAKI BINO EMAS

UY — ŞUNÇAKI BINO EMAS
Chop etilgan 6 ноябр, 2026

Uy-joy bor, unda oila yillar davomida yaşaydi, farzandlar ulğayadi. Ammo birgina hujjatning yetişmasligi xonadon bilan boğliq huquqiy masalalarni murakkablaştirişi mumkin. Özbekiston Respublikasining “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi ÖRQ-937-sonli Qonuni ana şunday muammolarni qonuniy hal etiş imkonini bermoqda.

Sirdaryo viloyatida yer uçastkalari va köçmas mulk obyektlarini xatlovdan ötkaziş, ularga bölgan huquqlarni e’tirof etiş işlari davom etmoqda. 2026-yil 8-oktyabr holatiga köra, viloyatda 69 208 ta obyekt xatlovdan ötkazilib, ularning 22 378 tasi “E’tirof” avtomatlaştirilgan axborot tizi-miga kiritilgan. 8 188 ta obyekt böyiça esa mulk huquqi e’tirof etilgan.
— Bu raqamlar zamirida öz uyining huquqiy maqomi aniq belgilab berilişini kutayotgan minglab fuqarolarning man-faatlari mujassam. Mulk huqu-qining qonuniy e’tirof etilişi oilalarga mavjud muammolarni hal qiliş, kelajak rejalarini işonç bilan belgilaş va köçmas mulkka oid huquqiy noaniqliklarni bartaraf etiş imkonini beradi, — deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boşqarmasi bino-inşoot şöbasi boşliği Şerzod Alimov.
Biroq huquqni e’tirof etiş jarayonning yakuni emas. Huquqi e’tirof etilgan 8 188 ta obyekt-dan 1 300 tasi davlat röyxatidan ötkazilgan, 6 888 tasi böyiça esa bu jarayon hali yakunlanmagan. Davlat röyxatidan ötkaziş köç-mas mulkka bölgan huquqni davlat reyestrida qayd etiş va uning huquqiy maqomini rasmiylaştirişda muhim ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa, kelgusida mulkni sotiş, hadya qiliş yoki meros qilib qoldiriş kabi jarayonlarda huquqiy aniqlikni ta’minlaydi. Şu bois huquqi e’tirof etilgan fuqarolar davlat röyxatidan ötkaziş bilan boğliq rasmiylaştiriş işlarini ham öz vaqtida yakunlaşlari zarur.
— Sirdaryoda olib borilayotgan işlardan közlangan maqsad şunçaki obyektlarni xatlovdan ötkaziş emas, balki
fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniy ta’minlaş, huqu-qiy noaniqliklarga barham beriş
va oilalar xotirjamligini mustahkamlaşdir, — deydi Şerzod Alimov.
Zero, uy — inson uçun şunçaki bino emas. U oila qönim topgan maskan, farzandlar kamol topadigan muhit va yillar davomidagi mehnat samarasidir. Unga bölgan huquqning qonuniy rasmiylaştirilişi esa har bir oilaning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlaydi.
Şohrux PRIMQULOV,
 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boşqarmasi matbuot kotibi

Teglar::