--

ILM BILAN YUKSALGAN UMR

ILM BILAN YUKSALGAN UMR
Chop etilgan 5 ноябр, 2026

Bugun universitet auditoriyalarida yangrayotgan ma’ruzalar, ilmiy izlanişlar bilan band yoşlar va turli hududlarda faoliyat yuritayotgan muta-xassislar ortida bir vaqtlar şu ilmiy muhitni yaratişga hissa qöşgan fidoyi ustozlar mehnati bor. Guliston davlat universitetida kimyo fanining rivojlanişi, ilmiy yönalişning şakllanişida munosib örin tutgan Xolmamat Toşmamatov ana şunday ustozlardan.
1948-yil 16-yanvarda Samarqand viloyatining Iştixon tumanida tavallud topgan Xolmamat Toşmamatovning hayot yöli ilmga intiliş, izlaniş va ta’limga sadoqat bilan çambarças boğliq. U 1964–1969-yillarda Toşkent davlat universitetining kimyo fakultetida tahsil olib, keyinçalik ilmiy faoliyatini aspiranturada davom ettirdi. Uning salohiyati va taşkilotçilik qobiliyati yoşligidanoq namoyon bölgan. Atigi 27 yoşida fizika-matematika fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan. Bu esa unga bildirilgan işonç va zimmasidagi mas’uliyatning naqadar katta bölganidan dalolat beradi.
1974-yildan boşlab Ğafur Ğulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika institutida umumiy biologiya kafedrasi katta öqituvçisi sifatida faoliyat yuritib, keyingi yillarda dekan, kasaba uyuşmasi raisi, universitetning tarbiyaviy işlar böyiça prorektori kabi mas’ul lavozimlarda işlaydi. Bu vazifalar uning nafaqat öz fanini çuqur biladigan mutaxassis, balki ta’lim muassasasi hayotiga daxldorlik bilan qaraydigan, taşkiliy va rahbarlik salohiyatiga ega inson bölganini ham körsatadi.
Ustozning faoliyatidagi muhim qadamlardan biri 1990-yil sentyabr oyida Guliston davlat universitetida umumiy kimyo kafedrasining taşkil etilişi bilan boğliq. Uning taşabbusi va rahbarligida kafedrada ilmiy-tadqiqot işlari yölga qöyilib, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirildi. Bu şunçaki yangi kafedraning taşkil etilişi emas, balki viloyatda kimyo ta’limi va ilmiy izlanişlari uçun mustahkam poydevor yaratilişi edi.
Kimyo kafedrasi katta öqituvçisi Şoira Toşboyevaning ta’kidlaşiça, X. Toşmamatov yoşlar kelajagiga befarq bölmagan. U viloyatimizda repetitorlik faoliyatini ilk yölga qöyganlardan biri bölib, hali bu yönaliş ommalaşmagan davrda öz uyida abituriyentlarni oliy ta’limga tayyorlagan. E’tiborlisi, şogirdlarining barçasi oliy ta’lim muassasa-lariga davlat granti asosida qabul qilingan. Bu esa ustozning bilim beriş mahorati, talabçanligi va yoşlar kelajagiga bölgan işonçining yorqin natijasi edi.
Aniq fanlar olamida öz örniga ega bölgan ustoz şe’riyatni ham juda sevgan. Uning qalbida ilmga muhabbat bilan birga adabiyotga oşuftalik ham yaşagan. Bu jihat ustozning keng dunyoqaraşi, boy ma’naviy olamini namoyon etadi.
Kimyo fanlari doktori,
professor Öğiloy Abdurah-monova olimning ilmiy faoliya-
tiga töxtalar ekan, uning izlaniş-lari kimyo fanining muhim yönalişlaridan biri ekanini ta’kidlaydi. X. Toşmamatov organik reagentlar yordamida metall ionlarini fotokolorimetrik usulda aniqlaş masalalarini tadqiq etgan. Sodda aytganda, bu usul turli moddalar tarkibidagi metall ionlarini kimyoviy reaksiya natijasida yuzaga keladigan rang özgarişi orqali aniqlaş imkonini beradi. Olimning uşbu yönalişdagi işlari MDH mamlakatlari ilmiy naşrlarida ham e’lon qilingan. Qariyb 50 ta ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy işi, şuningdek, umumiy hisobda yuzdan ortiq ilmiy naşrlardagi işlari uning izlanişlari kölamini körsatadi. “Anorganik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Miqdoriy analiz” fanlari böyiça yaratgan öquv qöllanmalari va elektron ta’lim resurslari esa ilmiy tajribasini ta’lim jarayoni bilan boğlaganining amaliy ifodasidir.
Kimyo fanlari nomzodi, dotsent, kafedra mudiri Şodibek Kasimovning ta’kidlaşiça, X. Toşmamatov hayotlik davrida kimyo yönalişida tahsil olayotgan ikki nafar iqtidorli talabaga öz hisobidan nomdor stipendiya tayinlagan. Bu şunçaki moddiy kömak emas, balki yoş iste’dodlarga bildirilgan işonç, ularning ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ezgu taşabbus edi. Zero, haqiqiy ustozning saxovati faqat bergan bilimida emas, boşqalarning yuksalişi uçun yaratgan imkoniyatlarida ham namoyon böladi.

Uning mehnatlari ham munosib e’tirof etilgan. Respublika ilmiy jamoatçiligi va Oliy va örta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan faoliyati yuqori baholanib, X. Toşma-
matov “Xalq ta’limi a’loçisi”
kökrak nişoni bilan taqdirlangan. 2006-2007-öquv yilida “Yilning eng yaxşi öqituvçisi” tanlovida ğolib bölgani ham köp yillik izlanişlari va pedagogik mahoratining e’tirofidir.
Bugun ustozning şogirdlari respublikamizning turli hududlarida mehnat qilmoqda. Ularning har biri
öz faoliyati, bilimi va tajribasi bilan bir vaqtlar olgan saboqlarini hayotga tatbiq etmoqda. Aslida, ustoz mehnatining eng katta natijasi u bergan bilim faqat bir auditoriya yoki bir avlod bilan çeklanib qolmay, yillar oşa turli insonlar faoliyatida davom etişida.
Xolmamat Toşmamatovning hayot yöliga nazar taşlar ekanmiz, viloyatimiz ilm-fani va ta’limi tarixida öz örniga ega bölgan bunday fidoyi insonlar bilan faxrlanişga asosimiz borligini his qilamiz. Çunki universitetlar faqat binolar va auditoriyalardan iborat emas. Ularning nufuzi, avvalo, şu dargohda yillar davomida ilmga xizmat qilgan, ilmiy muhit yaratgan, şogirdlariga yöl körsatgan insonlar bilan belgilanadi.
Yillar ötadi, lavozimlar özgaradi, avlodlar almaşadi. Ammo ustozning mehnati, ilmiy izlanişlari va şogirdlari qalbiga singdirgan qadriyatlari unutilmaydi. Xolmamat Toşmamatovning hayot yöli insonning umri yillar bilan, qadri esa elga bergan bilimi va qoldirgan merosi bilan ölçanişini isbotlaydi
Sevinç ĞANIYEVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR
Teglar::