--

Tinib-tinchimagan qariya

Tinib-tinchimagan qariya
Chop etilgan 1 октябр, 2026

Ergash o‘smirlikdan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgandi. O‘rta maktabni tugatgach, hujjatlarini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika institutining sirtqi bo‘limiga topshirdi. Ishlab chiqarish-dan ajralmagan holda tahsil olib, tumandagi 7-umumta’lim maktabida yosh avlodga saboq bera boshladi. 

Taqdirning ishini tadbir buzolmas,  deganlaridek, 1968-yilda  Ergash Abduqodirovni Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limiga ishga chorlab qolishdi. O‘shanda tizimda ilk marotaba siyosiy ishlar bo‘yicha muovin shtati joriy qilingandi. Yangi lavozimga nomzodlar ro‘yxatida Abduqodirovning ham ismi-familiyasi darj etilgan edi. U Astraxan shahrida harbiy xizmatni o‘tagan, vzvod komandiri darajasiga ko‘tarilgan edi. Boz ustiga, namunali xizmati hisobga olinib, KPSS a’zoligiga qabul qilingandi.

—   O‘sha kezlari kompartiya safiga o‘tish qiyin edi, — deydi E. Abduqodirov. — Ayniqsa, o‘qimishli, ziyoli odamlar partiya saflariga osonlikcha qabul qilin-masdi. Partiya biletisiz odamlar  esa lavozimning yoniga ham yo‘latilmasdi.

Abduqodirovning hujjatlari yangi lavozimga uzukka ko‘z qo‘ygandek munosib edi. Yosh, tashabbuskor xodim. Boz ustiga, kommunist. Yangi lavozimda Abduqodirov jonini jabborga berib ishlay boshladi. Xodimlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni namunali yo‘lga qo‘ydi. Bo‘ladigan bola bo‘rboyidan ma’lum deganlaridek, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Oqmulla Ernazarovga yosh kadrning o‘tlishudli, tashabbus-korligi yoqib qoldi. Ikki yildan keyin boshliqning 1-muovini darajasiga ko‘tarildi. Ernazarov pensiyaga uzatilgach, o‘rniga shogirdi Abduqodirov nomzodini ko‘rsatib, rayon partiya qo‘mitasiga tavsiyanoma yozdi.

Ammo, lekin, biroq... Bu xabardan voqif bo‘lgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining boshlig‘i: “4 yilgina ishlagan xodim tuman Ichki ishlar bo‘li-mini boshqaradimi? Tuzukroq, tajribaliroq xodim nahot topilmasa?” degan iddaoni qiladi. Bu mojaroning shovuri Toshkentgacha yetib boradi. O‘zbekiston Respub-likasi Ichki ishlar vaziri Haydar Yahyoyev yosh kadrni huzuriga chorlab, obdan savol-javob qiladi. E. Abduqodirov vazir sinovidan muvaffaqiyatli o‘tadi.

 Ishonch — kuch, degan naql to‘g‘ri ekan. Vazir va xalq ishonchini qozonish uchun yosh boshliq jonimotim ishga kirishdi. Eng birinchi qilgan ishlaridan biri nuroniylarni to‘plab, jamoatchilik osoyishtaligini saqlash uchun yordam berishga chorladi. Faxriylar qush uyqu bo‘lishadi. Erta turib, ko‘chalarni aylanishadi. Pirovardida mayda-chuyda jinoyat-lar haqida bo‘limga tezkor xabarlar kelib tusha boshladi. Qarab turibsizki, tumanda tartib-intizom izga tusha bordi. Jinoyatlar ochilgan kezda militsiya xodimlariga yordam bergan kishilar yaxshigina rag‘batlantirilardi. Ha, yoronlar, dunyoni

manfaat boshqaradi, degan gap to‘g‘rili-giga yaqqol misoldir bu.

Ergash Abduqodirovni 1990-yil jinoyatchilik anchagina urchigan Yangiyer shahriga Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib o‘tkazishdi. Katta tajribaga ega kadr u yerda ham o‘z iqtidorini namoyish qildi. Jinoyatchilikning keskin kamayishiga hissa qo‘shdi. 1995-yilda Abduqodirovni Guliston shahar Ichki ishlar bo‘limiga rahbar qilib tayinlashdi. Ikki yil viloyat markazida ishlab, pensiyaga chiqdi.

Gʻayratli odam pensiyada ham tinib-tinchimaydi. Otaxon o‘z xonadonida uy-muzey tashkil qilishga astoydil bel bog‘ladi. Unda 30 yillik ish faoliyati

mobaynida to‘plagan kitoblari, buyum-lari, suratlari, yorliqlari va ish qurollari jamlandi. Ichki ishlar vazirligi iste’fodagi polkovnikning tashabbusini qo‘llab-quv-vatladi. Tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni navbati bilan uy-muzeyini ziyorat qilishga chorladi. Respublika “Mahalla” telekanali E. Abdu-qodirovning xayrli yumushlari haqida “Mashaqqatli, ammo sharafli umr” deb nomlangan yarim soatlik ko‘rsatuv tayyorladi.

Muzeyning bir burchagidagi javondan polkovnikning mukofotlari, Faxriy yorliq-lari joy olgan. Otaxon ularni birma-bir bizga ko‘z-ko‘zlaydi. Qirmizi bir jildni: “Ko‘ring!” deb kaminaga uzatadi. Unda SSSR Ichki ishlar ministri N.Shelokov 1-noyabr 1977-yilda imzo chekkan Tashakkurnoma bor edi. Zarhal harflarda bitilgan nomada E.Abduqodirovning namunali ishlari raqam etilgandi.

—   Shaxsiy kutubxonamda 3000 jilddan ziyod kitob bor, — deydi E. Abduqo-dirov. —Bu xazinani yetmish yil mobaynida to‘plaganman. Ichki ishlar tizimida ishlab yurgan kezlarimda bitta kitobdan ikki nusxa sotib olardim. Bittasi mashi-namda bo‘lardi. Bo‘sh qoldimmi, mutola-aga berilardim.

Hozir uy-muzeyiga zeb berib turgan ushbu kitoblar “Islomobod” mahallasi yoshlari uchun ochib qo‘yilgan. Axir, mamlakatimiz kelajagi ilmli-bilimli, kitob o‘qigan yoshlar qo‘lida ekanligini Prezidentimiz bot-bot takrorlamoqdalar. Bu xayrli yumushga 87 yoshni qoralagan iste’fodagi polkovnik  Ergash ota Abduqo-

dirov ham o‘zining munosib hissasini 

qo‘shib kelmoqda.

Muhammadali AHMAD,

Sirdaryo tumani

Iste’fodagi polkovnik Ergash Abdu-qodirov hayotidan lavhalar.

Teglar::