--

DARDMANDLARNING  NAJOT QAL’ASI

DARDMANDLARNING  NAJOT QAL’ASI
Chop etilgan 27 сентябр, 2026

Yoxud xastaliklarga malham topayotgan fidoyilar 

faoliyati xususida

Ko‘pincha tanamizning biror joyida og‘riqni sezga-nimizdagina shifokorlarga murojaat qilamiz. Ular esa doimo ochiq chehra, samimiylik bilan kutib olib, dardimizga shifo topish uchun o‘zlarining beminnat xizmatlarini ayamaydilar.

Guliston shahridagi “Abror” urologiya klinikasi” xususiy korxonasida salomatlik posbonlari har kuni uzoq-yaqindan umid bilan tashrif buyurgan o‘nlab bemorlarning dardlarini tinglaydilar, tekshiruvlar, tahlillar o‘tkazib, aniq tashxislar qo‘yib, davolash ishlarini boshlab yuboradilar.

Klinika direktori Quvondiq Bultekov 1996-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. Talabalik yillarida tibbiyot sirlarini boy tajribaga ega bo‘lgan ustozlari Zohid Erkaboyev va Hamid Otamu-rodovlardan qunt bilan o‘rgangan edi. Urologiya sohasiga qiziqishi uning qalbida 4-bosqichda tahsil olib yurganida uyg‘ongan edi. U dast-labki faoliyatini 1997-yilda Sirdaryo tuman shifoxonasida Urologiya bo‘limi boshlig‘i sifatida boshlagan. 2002-yildan 2022-yilgacha Sirdaryo viloyati shifoxonasida Urologiya bo‘limi boshlig‘i, viloyat bosh urologi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yildan “Abror” urologiya klinikasi” xususiy korxonasi direktori sifatida ish yuritmoqda.

Shifoxona viloyatdagi urologiyaga ixtisoslashtirilgan yagona Urologik markaz hisoblanadi. Tibbiyot maskanida barcha urologik kasalliklar bo‘yicha zamonaviy malainvaziv operatsiyalar o‘tkazilib turiladi. Eng yangi apparatlar: “Holmium” lazeri, pnevmotika (endoskopik operatsiyalar uchun), Laparoskop (laparoskopik operatsiyalar uchun), eng zamonaviy funksional rentgen, eng zamonaviy funksional operatsion stollar va lampalardan unumli foydalaniladi. Bulardan tashqari, umurtqa pog‘onasidagi churralarni olish uchun ham barcha lazer va endoskop apparatlar, proktologik (gemorroy, to‘g‘ri ichak yorig‘i, to‘g‘ri ichak oqmalari, paraproktitni) operatsiyalarni o‘tkazish uchun ham lazer apparatlari shay qilib qo‘yilgan. Hozirgi kunda shifoxonada urologik, neyroxirurgik, xirurgik, proktologik, nevrologik, kasallik-larga chalingan bemorlar davolanishadi.

Klinika 45 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, yana 15-18 ta 

qo‘shimcha o‘rin ishga tushirilish arafasida. Hozirgi kunda 

7 nafar urolog, 1 nafar neyroxirurg, 1 nafar xirurg-proktolog, 2 nafar anesteziolog – reanimatolog, 1 nafar nevrolog, tajribali hamshira va sanitariya xodimalari faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Shifokorlar bir necha bor Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt – Peterburg, Qozon shaharlarida, Ukraina, Arab davlatlari va Yevropaning bir qancha mamlakatlarida hamda O‘zbekistonning bir qator shaharlarida o‘z malakalarini oshirib kelganlar.

Tibbiyot maskaniga O‘zbekistonning barcha viloyatla-ridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va hatto Rossiya Federatsiyasidan ham bemorlar kelib, davolanib ketishadi.

Shifokorlardan Sanjar Sobirov, Ilhom Toshev, Ismoil, Ilhom Bultekovlar, Murodjon Ernazarov, Orifxon Shodi-xonov, Qodirjon Xolqo‘ziyev, Faxriddin Mahkamov, Abirqul Eliboyev va O‘ktam Amanboyevlar tunu kun o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib, dardmanlarning sog‘ligini tiklashda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Hamshiralardan Gulbahor Hakimova, Dilafro‘z Ahmedova, Komila Marajapova, tibbiy og‘alardan Shoxruh To‘xta-murodov va Anvar Bozorboyevlarning xizmatlari tufayli yuzlab bemorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan darddan forig‘ bo‘lishmoqda.

Inson payti kelganida betoblanib qolsa, jisman qiyna-

lib, aziyat chekar ekan, beixtiyor tushkunlikka tushadi. Navqironlik davrida dardni osongina yenggan bo‘lsa, keksaligida kasallik tanasini tezda tark etmayotganidan o‘kinadi. Umidsizlikka tushib qolganida salomatlik posbonlari—chinakam xaloskorlar ularning dardlariga malham topadilar. Ana shunday xaloskorlar “Abror” urologiya klinikasi”da insonlarning sog‘ligini uzaytirish 

uchun erta-yu kech fidoyilik namunalarini ko‘rsatishmoqda. Ularning el salomatligi yo‘lida olib borayotgan ishlariga rivoj tilaymiz, qo‘llari hech qachon dard ko‘rmasin.

Hasan ABDUVOHIDOV

Hasan ABDUVOHIDOV
Hasan ABDUVOHIDOV
Ma'sul Kotib
Teglar::