--

XOTIRASI QALBLARIMIZDA

XOTIRASI  QALBLARIMIZDA
Chop etilgan 23 September, 2026

Hayotimda alohida o‘rin tutgan, o‘zining boy tajribasi, samimiyligi va fidoyiligi bilan ko‘plab shogirdlariga o‘rnak bo‘lgan aziz ustozim — Alijon Bоymatovni chuqur hurmat va minnatdorlik bilan yodga olaman.
U kishi butun umrini kutub-xona va axborot-kutubxona sohasiga bag‘ishlagan fidoyi inson edilar. 1986-yilda Toshkent davlat madaniyat institutining Kutubxonachi-bibliograf muta-xassisligini tamomlab, ko‘p yillar davomida shu sohada samarali mehnat qildilar. 1997-2000-yillarda Sirdaryo viloyati bolalar kutubxonasi direktori, 2000-yildan esa viloyat axborot-kutubxona markazi direktori sifatida faoliyat yuritdi.
Ustozimning rahbarlik faoliyatlarida kitobga, ilmga va kitobxonga bo‘lgan mehr alohida namoyon bo‘lardi. U kishi kutubxonani oddiy kitob saqlanadigan maskan emas, balki
inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltiradigan muqaddas
dargoh deb bilardilar. Kitobxon-larning fikr va takliflarini ting-lash, kutubxona xizmatlarini yanada rivojlantirishga intilish-lari bunga yaqqol misoldir.
Men ustozimdan nafaqat kasb sirlarini, balki insoniylik, mas’uliyat, halollik, mehnat-sevarlik va shogirdga mehr bilan munosabatda bo‘lishni ham o‘rgandim. Ularning har bir nasihati, bergan maslahatlari va hayotiy tajribalari bugun ham men uchun katta maktabdir.
Afsuski, bugun ustozimiz oramizda yo‘q. Ammo yaxshi insonlarning nomi, qilgan ezgu ishlari va qoldirgan ibratli izlari hech qachon unutilmaydi. Alijon akaning kutubxona sohasidagi ko‘p yillik mehnatlari, shogird-lari va hamkasblariga bergan bilimlari hamisha yodimizda qoladi.
Oydin ESHKAZAKOVA,
Boyovut tumani
Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya xizmati rahbari

Тегlar::