--

RAYHONLAR HIDIGA QO‘SHILGAN YANGI UMID

RAYHONLAR HIDIGA QO‘SHILGAN YANGI UMID
Chop etilgan 19 September, 2026

Sanobar Rahmatova — hayotini mehnat bilan o‘tkazgan ayol. Yillar davomida bog‘chada tarbiyachi bo‘lib, bolajonlarga mehr berdi. Keyin yog‘ zavodining qadoqlash bo‘limida mehnat qildi. Bugun esa umrining qutlug‘ faslida o‘z hovlisini, ko‘chasini obod qilishga intilib yashayapti.

Uning ikki nafar qizi bor. Qizlaridan biri Rossiyada, ikkinchisi esa o‘z mahallasida istiqomat qiladi.

Sanobar ayaning hayoti bir tekis kech-magan. Ammo u kishining tabiatida bir fazilat bor. Boriga shukr qilish, o‘z holiga yarasha yashash.

Shuning uchun ham hokimning “Nima muammoingiz bor?” degan savoli aya uchun katta voqeaga aylandi.

Bugun “Obod yurt” mahallasidagi Sanobar ayaning ko‘chasiga kirgan odam rayhonlar ifori va atirgullarning xushbo‘y hididan bahramand bo‘ladi. Bu ko‘chaga gullar ayaning ko‘nglidan ko‘chat bo‘lib ko‘chib chiqqan.

Shaharda, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari kengayib borayotgani, ta’lim muassasalarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgani ham aholi hayotida o‘z aksini topmoqda. Sanobar ayaning hikoyasi esa ana shu katta o‘zgarishlarning oddiy xonadondagi bir ko‘rinishi.

Ammo taraqqiyotning inson qalbiga yetib borganini ko‘rsatadigan mezon — bir keksa onaning:

“Muammomni so‘radi, eshitdi, hal qildi”, degan rozilik so‘zlaridir.

Sanobar ayaning qo‘lida bugun yangi pech bor. Hovlisida esa rayhonu, atirgullar. Faqat endi ularning hidiga inson e’tiboridan tug‘ilgan quvonch ham qo‘shilgan.

Aya har gal pechni yoqqanda o‘sha tongni eslaydi. Hokimning “Xola, qanday muammoingiz bor?”– degan savolini:

Va o‘zining duosini:

Siz kabi xalqning dardini eshitadigan insonlar ko‘payaversin...” deb yana bir bor ko‘nglidan o‘tkazadi.

Chunki xalq bilan muloqotning eng katta samarasi ba’zan katta minbarlarda emas, ana shunday kichik hovlilarda, rayhonlar orasida, bir keksa onaning samimiy duosida namoyon bo‘ladi.

Adolat AXMADJANOVA

Adolat AHMADJANOVA
Adolat AHMADJANOVA
MUXBIR
Тегlar::