Keyingi yillarda aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 13-iyuldagi “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 223-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida Guliston shahar tibbiyot birlashmasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, “Elektron sog‘liqni saqlash” — DMED dasturi tibbiy ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, ish jarayonlarini tezkor va samarali tashkil etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Guliston shahar tibbiyot birlashmasida DMED dasturi bilan ishlashda faollik ko‘rsatayotgan, elektron ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli yuritish, zamonaviy axborot texnologiyalarini ish jarayoniga samarali tatbiq etish borasida tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari alohida e’tirof etilmoqda. O‘zbe-kiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan 237 nafar tibbiyot xodimi mod-diy rag‘batlantirildi. O‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan hamda raqamlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etayotgan bir guruh tibbiyot xodimlarining mehnatlari e’tirof etilib, ularga faxriy yorliqlar hamda tashakkurnomalar topshirildi. Guliston shahridagi 4-oilaviy poliklinika bosh shifokori Gulnoza Abbasova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni taqdirlandi. Shuningdek, KTMP (shahar ko‘ptarmoqli poliklinikasi) tibbiy brigada hamshirasi Muqaddas Habibova, KTMPga qarashli “Do‘stlik” hududiy bo‘lim tibbiy brigadasi hamshirasi Dilshoda Boirova, 2- va
4-oilaviy poliklinikalarning tibbiy brigadalari hamshiralari Mamura Karayeva hamda Mo-hira Yuldashevalar shahar tibbiyot birlash-masining tashakkurnomalariga sazovor bo‘ldilar.
Zero, inson salomatligini mustahkam-lashdek ezgu maqsad yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlari e’tirofga loyiqdir.
Murod KO‘PAYSINOV,
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i
Tibbiyot xodimlari taqdirlandilar
Chop etilgan
17 September, 2026
29
Тегlar::