--

Muvaffaqiyat formulasi nimada?

Muvaffaqiyat formulasi nimada?
Chop etilgan 1 September, 2026

— Ozginagina qilgan mehna-timga shuncha e’tirof, ya’ni Prezidentimiz tomonidan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini olishim nafaqat meni,  balki butun jamoamdagi xotin-qizlarni o‘z ustida yanada ishlashga katta bir ishtiyoq bag‘ishladi, — deydi Gulchehra Nodirova.

Jamiyatda ayolning o‘rni, uning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi faolligi mas’uliyatli va murakkab masalalardan biridir. Odatda, muam-molar haqida juda ko‘p gapiriladi, ammo ularni amaliy hal etish, ayniqsa, kam ta’minlangan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimida real natijalarga erishish alohida fidoyilikni talab qiladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar aynan shunday tashabbuskor ayollar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Buning yorqin misolini Prezidentimiz tomonidan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan «ALEYNA TEXTILE» MCHJ rahbari Gulchehra Nodirovaning ibratli faoliyatida ko‘rish mumkin.

E’tirof aslo tasodif emas, balki tinimsiz mehnat va to‘g‘ri tanlangan strategiya mahsulidir. Ushbu korxona tarixiga nazar tashlasak, 2023-yilda bor-yo‘g‘i 8 nafar «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turadigan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan xotin-qizlar bilan ish boshlanganiga guvoh bo‘lamiz. Oradan qisqa vaqt o‘tib, bu kichik tikuvchilik sexi yirik va raqobatbardosh ishlab chiqarish subyektiga aylandi. Bugungi kunda korxonada 40 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning asosiy qismi allaqachon kam ta’minlanganlar reyestridan chiqishga erishgan. Mahorat va unumdorlikka qarab belgilangan 2 milliondan 6 million so‘mgacha bo‘lgan barqaror maosh ularning oilaviy farrovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Korxona muvaffaqiyatining yana bir siri sanoat kooperatsiyasi va tashkiliy infratuzilmaning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidadir. «ALEYNA TEXTILE» sohaning yirik vakili — «BIRYUZA TEXTILE GROUP» bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda trikotaj yarim tayyor mahsulotlardan futbolka, pijama, triko va xalatlar tikib, ularni to‘liq Rossiya Federatsiyasiga eksport qilmoqda. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida 70 ta zamonaviy tikuv mashinasi o‘rnatilgan, ishchi-lar uchun bepul tushlik va qatnov transporti tashkil etilgan. Bundan tashqari, yosh qizlar uchun muntazam ravishda o‘tkazilayotgan o‘quv-darslari  hududda tikuvchilik va tadbirkorlik maktabini shakllantirishga xizmat qilyapti.

— Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar ochildi. Bu berilgan imkoniyatlardan hamma ayollar foydalanishi, qo‘rq-masdan ish boshlashi kerak.

Tadbirkor ayolning bu so‘zlari o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishga ikkilanayotgan minglab yurtdoshlarimiz uchun da’vatdek yangraydi. Gulchehra Nodirova tajribasi shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri yaratilgan sharoit va mehnatga bo‘lgan sadoqat eng murakkab ijtimoiy muammolarni ham ijobiy hal etishga, chekka bir mahalladagi ayollarni eksportyor darajasiga olib chiqishga qodirdir.

Qaxramonimiz bosib o‘tgan yo‘l  bugun o‘z ishini boshlashga ikkilanib turgan, imkoniyat kutib yashayotgan minglab o‘zbek ayollari uchun haqiqiy mahorat sabog‘idir. Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun katta kapital emas, balki mustahkam iroda, to‘g‘ri reja va mehnatdan qo‘rqmaslik yetarli ekanini u amalda ko‘rsatib berdi.

Bu kabi ibratli taqdirlar mamla-katimizda tadbirkorlikka ochilayotgan keng imkoniyatlar va  islohotlarning quruq so‘z emas, balki insonlar hayotini tubdan o‘zgartirayotgan real kuch ekanidan dalolat beradi.

Xurshida Gʻulomjon qizi

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI