--

Faoliyatda fidoyilik bilan

Faoliyatda fidoyilik bilan
Chop etilgan 11 October, 2026

–O‘sha kuni somsani o‘xshatib yopolmaganimda hozir bu yerlarda deputat ham, viloyat yoshlar ittifoqi sardori ham bo‘la olmasdim, – deydi yosh deputat ish faoliyati haqida so‘zlamasdan oldin o‘zini tanishtirarkan.

–Men bundan 16 yil muqaddam Andijon viloyatidan Sirdaryo viloyatiga oddiy oshxona ishchisi bo‘lib ishlashga kelganman. O‘sha kezlarda hozirgi natijalarim xayolimga ham kelmagan edi. Somsani mazali qilib tayyorlaganim shu yerlarda qolishimga sababchi bo‘ldi. Ham ishladim, ham oliy o‘quv yurtida o‘qidi.Men Sirdaryoni kadrlar yetishtiradigan joy deb hisoblayman va manzil tanlashda adashmaganman...

Bugun esa o‘sha oshxona ishchisi xalq demokratik partiyasining Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Azizbek Rahmonovdir.

Yoshlarga berilayotgan e’tibor bugun ularning siyosiy maydonda ham o‘z o‘rnini topayotganida namoyon bo‘lmoqda. A.Rahmonov ham yosh bo‘lishiga qaramay uning saylov okrugiga chekka hudud – Sardoba tumanidagi “Paxtakor”, “Birlashgan”, “Ravot”, “Bo‘ston” va “Navro‘z” hamda Xovos tumanining “Birlashgan”, “Bo‘ston” mahallalari kiradi.

A.Rahmonovning deputatlik faoliyatini o‘rganar ekanmiz, saylov okrugidagi kimning xonadoniga, qaysi ko‘chaga kirmaylik, aholining o‘z deputatini tanishi sezildi. Bu, albatta, deputat uchun muhim ko‘rsatkich. Chunki xalq vakili bilan saylovchi o‘rtasidagi aloqa qog‘ozdagi hisobot-dan ko‘ra, ko‘chadagi muloqotda ko‘proq bilinadi.

Sardoba tumanining “Birlashgan” mahallasi raisi Rustam Toshpo‘la-tovning aytishicha, deputat mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholining ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganishga ham e’tibor qaratmoqda.

– Deputatlik tashabbuslari asosida hududda yangi oilaviy poliklinika barpo etildi, 8-umumta’lim maktabi binosiga qo‘shimcha bino qurildi. Aholi uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘llar asfaltlanib, mahalla infratu-zilmasini yaxshilash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish, yerdan unumli foydalanish va oilaviy daromadlarni oshirishda kerak bo‘lgan sug‘orish suvi masalasi ham hal etildi, – dedi u.

Bundan tashqari, Osuda hayot ko‘chasidagi maxsus suv tarqatish inshootida uchta suv tortish nasosi o‘rnatilgan edi. Ulardan ikkitasi aholiga suv yetkazib berish, yana biri zaxira nasos sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ichimlik suvining uzilib qolishi aholining e’tirozlariga sabab bo‘lgach, deputat masalani joyiga chiqib, o‘rgandi. O‘rganish davomida nasoslarning to‘liq ishlamayotgani, amalda faqat bitta nasosdan foydalanilayotgani hamda elektr ta’minotida tartibsizliklar mavjudligi aniqlandi. Tegishli choralar ko‘rilishi natijasida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo ham hal etildi. Bu yerda deputatlik so‘rovining ahamiyati ko‘rinadi. Aholini o‘ylantirgan muammo avval eshitildi, keyin batafsil o‘rganildi, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga yetkazildi va oxir-oqibat ijobiy natija bilan yakunlandi.

“Paxtakor” mahallasida ayrim simyog‘ochlar qo‘lbola usulda o‘rna-

tilgan, beton tayanchlar bilan mustahkamlanmagan edi. Yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo sharoitida bu holat aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirardi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo filiali direktori Y. Dehqonovga A.Rahmonov deputatlik so‘rovini yuborganidan so‘ng elektr ta’minotidagi kamchi-liklar bartaraf etilib, aholi uchun xavfsiz va barqaror ta’minot yo‘lga qo‘yildi, – deydi “Paxtakor” MFY raisi Yulduz Xo‘jaqulova.

“Birlashgan” mahallasidagi 8-umumta’lim maktabida olib bori-

layotgan rekonstruksiya jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarga ham deputatning o‘rganishlari natija-

sida o‘z vaqtida barham berildi. Ammo maktab binosi yonidagi yana

bir manzara e’tiborni tortadi. “Mikrokreditbank” balansidagi bir necha yildan buyon foydalanilmayotgan qarovsiz bino ko‘cha ko‘rinishiga salbiy ta’sir qilayotgan tashlandiq inshoot bor. Binoni mahallada yangi ish o‘rinlari yaratadigan kichik ishlab chiqarish maskaniga aylantirish mumkin.

Deputat ikkinchi yo‘lni tanlashga urinmoqda.

– Qarovsiz qolgan binodan unumli foydalanib, ishlab chiqarish sexi

ochish va aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Mikrokreditbank” xodimlariga deputatlik so‘rovi yubordim. Shundan so‘ng bino auksionda 1 milliard 250 million so‘m boshlan-g‘ich bahoda chiqarildi. Bu narx mazkur hududning infratuzilasiga nisbattan qimmatlik qilmoqda. Endilikda auksion jarayonida narx pasaytirilsa, binodan foydalanib, ishlab chiqarish sexi ochish umididamiz, — deydi A. Rahmonov.

Qarovsiz bino ham, tomorqa uchun suv ham, yo‘l va infratuzilma masalasi ham hal bo‘lmoqda, biroq bu holatda mahalla aholisi uchun bandlik masalasiga yechim topiladimi?

Deputatlarning mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi faoliyati O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosi doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish bilan ham bog‘liq.

“Birlashgan” mahallasidagi ko‘r-satkichlar esa bandlik va daromad masalasi hali ham dolzarbligini ko‘rsatadi. Mahallada 5 510 nafar fuqaro istiqomat qiladi. 1 040 ta oilaning 63 tasi kambag‘allik reyestriga kiritilgan. 95 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari” ro‘yxatida turadi.

Bu ko‘rsatkichni kamaytirish maqsadida deputat mahalla hokim yordamchisi A.Xoliqulov bilan ham-korlikda 2026-yil 11-sentyabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznesni rivojlan-tirish va daromad manbalarini ken-gaytirish masalalariga ham e’tibor qaratilayotgani aytilmoqda.

Bugun viloyat kengashiga saylangan 40 nafar deputat, tuman va shahar kengashlariga saylangan 240 nafar deputat faoliyat yuritishmoqda. Deputat faoliyati bu, avvalo, xalq bilan muloqot, aholi muammolarini eshitish va ularning yechimi uchun amaliy harakat qilish-dir. Bugun barcha deputatlarning faoliyati xalqning yashash tarzida sezilmoqdami? Yoki “maosh to‘lan-masa, jon kuydurishga ne hojat” qabilidamikan?

Albatta, amalga oshirilgan ishlar hali Azizbek Rahmonovning faoliya-tiga yakuniy baho berish uchun yetarli emas. Deputatlik maqomi bir nechta hal etilgan muammo bilan oqlanmaydi. Aholi oldidagi mas’uliyat doimiydir.

Marjona HAYITBOYEVA

Marjona XAYITBOYEVA
Marjona XAYITBOYEVA
MUXBIR