--

KURSDAN — KASBIY RIVOJLANIŞ EKOTIZIMIGA

KURSDAN — KASBIY RIVOJLANIŞ EKOTIZIMIGA
Chop etilgan 26 November, 2026

2026-yil 17-noyabr kuni viloyat pedagogik mahorat markazida ötkazilgan Respublika forumi “Pedagogik mahorat markazi: kursdan — kasbiy rivojlaniş ekotizimiga” mavzusidagi tadbirda turli hududlardan kelgan markaz rahbarlari pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişi, zamonaviy ta’lim muhiti va metodik xizmat samaradorligi masalalariga katta ahamiyat qaratdi. Bugun ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri şunçaki bilim beradigan emas, balki yangilik yaratadigan, mustaqil fikrlaydigan va zamonaviy yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan pedagoglarni şakllantirişdir. Buning uçun esa malaka oşirişni muayyan muddatdagi kurslar doirasidan çiqarib, uzluksiz jarayonga aylantiriş zarur. Forum iştirokçilari dastlab “Yaşil makon” loyihasi doirasida markaz hududiga köçatlar ekdilar. Şundan söng yangi binoda yaratilgan şaroitlar, jumladan, STEAM va maktabgaça ta’lim laboratoriyalari, situatsion öquv xonasi, test markazi, EduStream videostudiyasi, kutubxona hamda zamonaviy öquv xonalari bilan tanişdilar. Bu imkoniyatlar pedagogik mahoratni rivojlantiriş endilikda faqat nazariy maşğulotlar bilan çeklanmasligi kerakligini körsatadi. Markaz direktori Gulasal Berdaliyeva öz ma’ruzasida amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalarga töxtalib, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişida markazlar faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş muhimligini ta’kidlab ötdi. Direktor örinbosari H. Atabayev esa raqamlaştiriş jarayonlari va ahamiyati haqida taqdimot ötkazdi. Çunki bugungi pedagog uçun raqamli savodxonlik qöşimça ustunlik emas, balki kasbiy faoliyatning muhim talabiga aylanmoqda. Jizzax va Samarqand viloyatlari pedagogik mahorat markazlari rahbarlari Ijod Ahmedov va Anvar Sobirov ham forum yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar. Ular viloyatimizda yaratilgan şaroitlarga munosabat bildirib, hududlar örtasida tajriba almaşiş va ilğor amaliyotlarni ommalaştirişning ahamiyatini qayd etişdi. Asosiy muhokamalar esa umumiy örta va maktabgaça ta’lim tizimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimiga qaratildi. Pedagoglarning ehtiyojlarini aniqlaş, metodik yordamni kuçaytiriş va zamonaviy ta’lim yondaşuvlarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Aslida pedagogik mahorat markazining haqiqiy samarasi uning binosi, laboratoriyalari yoki texnik jihozlari bilangina emas, u imkoniyatlar öqituvçining kundalik faoliyatida qançalik sezilarli özgariş yasay olişi, dars sifati va öquvçilar bilimida qanday natija berişida yuzaga çiqadi. Zamonaviy markaz faqat kurs taşkil etadigan maskan emas, balki pedagog izlanadigan, tajriba almaşadigan, yangilik örganadigan va kasbiy jihatdan muntazam ösib boradigan muhit bölişi lozim. Respublika forumi ham ana şu maqsad sari taşlangan muhim qadamlardan biri böldi.

Sevinç NIYOZBEK qizi

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR