--

Mutolaaning qudrati bor

Mutolaaning qudrati bor
Chop etilgan 20 November, 2026

Öqing va örganing. Jiddiy kitoblarni öqing. Qolganini hayotning özi tuşuntirib beradi.

F. Dostoyevskiy

Köça-köyda, jamoat joylarida turli xil toifadagi odamlarni uçratamiz. Sipo kiyinişi, yuriş-turişi, xulq-odobi, madaniyati bilan köpçilikning e’tiborini tortadigan kişi öqimişli bölgani uçun ham ziyoli ekanligini körsata oladi. Boşqalar bilan qöpol muomalada bölib, yaraşmagan qiliği bilan özining ma’naviyatsizligini körsatgan odam esa, hayotida bittagina kitobni öqimaganligi şubhasiz. Agar u ham yoşligidan avvalo maktabda yaxşi ilm olib, ma’rifatga intilganlar singari mutolaa bilan şuğullanganida ulğaygaç, dunyoqaraşi keng, ibratli inson ekanligini namoyon qilgan bölardi.

Bir kuni televideniyeda uyuştirilgan suhbat jarayonida mendan sörab qolişdi:

— Kitob bilan boğliq çiroyli manzarani tasvirlab bera olasizmi?

—Bir qöli bilan beşik tebratib ötirib, bir qölida kitob tutib, mutolaa qilayotgan ayol,—deb javob berdim.

... Bola edik. Ona tili va adabiyot fanlaridan 50 yil davomida maktabda dars bergan otam badiiy kitoblarni doimiy öqişi bilan bizga ibrat namunasi edi. Oilada uka-singillarim, hammamiz kitob öqib, ulğaydik.

Uluğ rus yozuvçisi Maksim Gorkiy “Özimdagi barça yaxşi fazilatlar uçun kitobdan bir umr qarzdorman”, deya bejiz yozmagan.

Ötgan asrning 70-yillari oxiri, 80-yillari boşida armiya safida xizmat qilgan davrimda boşqalar qatori onamdan ham xatlar olib turardim. Oddiy qişloq ayolining yozuvlarida imloviy xatolar uçrat-maganimda hayratlanardim. Payti kelib, qişloqqa qaytganimda bir kuni otamdan söradim: “Siz ziyolisiz, pedagogsiz, xatosiz yozasiz. Ayting-çi, onamning maktublari xatosiz yozilişining sababi nimada?” “Öğlim,—dedi otam öşanda,—sizlar tuğilmasdan avval 50-yillarda televizor, elektr yöq edi. Oqşom çoğlarida onang ikkalamiz badiiy kitoblarni navbat bilan öqir edik. Bir gal men ovoz çiqarib öqisam, onang tinglardi, onang ovoz çiqarib öqisa, men eşitib, asar mazmunini anglab ötirardim...”

Muhtaram Prezidentimiz kitob mutolaasini davlat siyosati darajasiga çiqarib, kitobxonlikka e’tiborni kuçaytirib, turli yoşdagilar örtasida körik-tanlovlarni behudaga ötkazdirmayapti. Ğolib bölgan eng bilimdon kitobxonlar qimmatbaho sovğalar bilan munosib rağbatlantirilmoqda.

 “Oçganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boy ekanligingni his ettirgan kitobgina yaxşi kitobdir”, deb yozgan edi uluğ donişmandlardan biri Olkott.

Kitobga mehr qöygan kişi heç qaçon kam bölmaydi. Hozirgi axborot asrida internet va mobil telefonlar ta’siri tufayli yoşlarning kitobga bölgan qiziqişi havas qilar darajada bölmay qoldi. Ulardan sörasangiz, elektron kitoblarni öqiyotganlarini ta’kidlaşadi. Har bir sahifasini taşnalik bilan varaqlab, isini dildan tuyib, öqişga odatlanganimiz qadrdon kitoblarimizdan qöymasin.

Navqiron avlodga kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitişini, dunyoqaraşini şakllantirişini, söz boyligini oşirişini, fikrlaş doirasini kengaytirşini, aqliy, ruhiy va ma’naviy jihatdan rivojlantirişini tuşuntira bilişimiz kerak. Xulosa şuki, aslida har kuni nonga qanday ehtiyoj sezsak, kitobga ham şunday ehtiyojni his qilib yaşaşimiz kerak.

...Qişloqning bir çetidagi adirda qöylarini ötlatib qöyib, özi maysalarga yonboşlagan holda berilib kitob öqiyotgan bolaning ongiga ma’rifat nurlari oqib kirayotganini his qilaman. Mutolaa ta’siri uni özgaça bir olam bağrida kezdirib yuribdi... Kelgusida undan yuksak ma’naviyatli, ezgu niyatli pokdomon inson yetişib çiqişiga iymonim komil.

Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov adabiyotni “Dunyodagi sakkizinçi möjiza” deb atab, Muqaddas ölka sifatida ta’riflagan edi. Muqaddas ölkaga sayohatlarimiz, taşriflarimiz bir umr davom etsin.

Hasan ABDUVOHIDOV