--

HAYDOVÇI AYOLNING MATONATI

HAYDOVÇI AYOLNING MATONATI
Chop etilgan 20 November, 2026

Ayol bir qölida beşik tebratsa, bir qölida dunyoni tebratadi, deydilar. Elzara Nasrullayeva ham qariyb beş yildan buyon haydovçilik qilib, rözğor tebratadi. Uning uçun kimnidir manziliga yetkaziş, yana kimningdir oğirini yengil qiliş oddiy iş hisoblanadi. —Ayrimlar maşinamga çiqsa, “Ayol kişi uçun haydovçilik oğir kasb emasmi?” deb söraşadi. Ammo nima qilay, meni uyda bolalarim kutyapti, deyman. Şahar köçalarida taksi haydovçisi bölib işlayotgan ayollarni körganimizda köpinça buni oddiy holdek qabul qilamiz. Yölovçi manziliga yetib oladi, haydovçi esa navbatdagi buyurtmani kutib, yölini davom ettiradi. Ammo şu kasb ortida qanday hayot keçayotgani, bu kasbga qanday kelib qolgani haqida hamişa ham öylab körmaymiz. Aslida ba’zi ayollar maşina boşqaruviga qiziqişi sababli ötirsa, ayrimlari uçun bu hayotning özi belgilagan yöldir. Ularning orasida oilasini boqiş, farzandlarini kamolga yetkaziş, bemor yaqinlariga yordamlaşiş va turmuş sinovlarini yengiş uçun har kuni yölga çiqadiganlari bor. Qahramonimiz Elzara ham ana şunday ayollardan. Uning qismatida şunçaki kasb tanlovi emas, balki inson irodasi, oilaga sadoqat va qiyinçiliklar oldida taslim bölmaslik kabi fazilatlar aks etadi. U 20 yoşida avtomobil boşqarişni örgangan. Biroq öşa paytda haydovçilik uning asosiy kasbiga aylanişini xayoliga ham keltirmagan bölsa kerak. Oradan yillar ötib, oilaviy şaroit va hayotiy zarurat uni taksiçilik sari yetakladi. 2022-yildan buyon u şu sohada mehnat qilib kelmoqda. — Turmuş qurganimdan keyin beş yil davomida farzandli böla olmadim. Oradan yillar ötib, Allohim farzand ne’mati bilan siyladi. Hozir ikki nafar farzandim bor. Bundan taşqari, bobom va buvimga ham qarayman. Buvim “Altsgeymer” kasalligiga çalinganiga ança bölgan. Men nimadir qilişim, rözğorni tebratişim kerak edi. Şunda birdan xayolimga haydovçilik qilib, pul topiş keldi va iş boşladim. Dastlab yaqin tanişlarimdan qarz olib, “Matiz” rusumli avtomobil xarid qilib, mehnat faoliyatimni “Ziyo” kompaniyasida operatorlikdan boşladim. Keyinçalik taksiçilikka ötişga qaror qildim. Biroq bu yöl ham men öylagandek oson emas ekan. Elzaraning aytişiça, u “Taxi Plus” kompaniyasiga iş sörab borganida, avtomobil rusumi “Matiz” ekanini eşitib, uni kompaniyaga qabul qila olmasliklarini aytişadi. Tuşkunlikka tuşgan Elzara “imkonim bölganida maşinamni “Cobalt”ga almaştirgan bölardim” deydi. Ammo yaxşi insonlar doimo topiladi. Uni tuşungan kompaniya rahbari işga qabul qiladi. Ba’zan insonning katta maqsadlari borini işga solişga bölgan qat’iyatidan boşlanadi. Elzaraning “Matiz”i ham ana şunday harakat va umid ramziga aylangan. Kirakaşlik erkin iş jadvali va mustaqil daromad manbaidek körinadi. Ammo bu kasbning yölovçi körmaydigan maşaqqatlari ham bor. Ayniqsa, ayol haydovçi uçun yöldagi har bir vaziyatga tayyor turiş, notaniş insonlar bilan muloqot qiliş va öz xavfsizligini ta’minlaş alohida ahamiyatga ega. Elzara ham iş boşlagan dastlabki kunlarida turli munosabatlarga duç kelganini yaşirmadi. —Buyurtma tuşsa, manzilga boraman. Ba’zi yölovçilar maşinaga kelgan haydovçining ayol ekanini körib, hayron bölişadi. “Men ayol taksiçi keladi deb öylamagan edim”, deydiganlar ham bor. Ayrimlari esa ayolligimdan foydalanib, mensimay munosabatda bölişga yoki telefon raqamimni söraydi. Bir safar yölovçilardan biri menga nisbatan nojöya xatti-harakat qilmoqçi böldi. Ammo uning bunday munosabatiga qat’iy çek qöydim, — deydi suhbatdoşimiz. Qiziği şundaki, Elzara duç kelgan ayrim qiyinçiliklarga qaramay, bugun uning doimiy mijozlari orasida ayollar ham köpayib bormoqda. Uning kuzatişiça, ayrim ayol yölovçilar uçun ayol haydovçining xizmati xotirjamlik va işonç tuyğusini beradi. Bunday holat, ayniqsa, yolğiz safarga çiqadigan yoki keçki vaqtda manziliga yetib olişi kerak bölgan yölovçilar uçun ahamiyatli. —Hozir ayol mijozlarim köpaygan. Ba’zi ayollarning turmuş örtoqlari ham maşinaga ayol haydovçi kelganidan mamnun bölişadi. Şu bois menda bir taklif bor: yurtimizda maxsus “Ayol taksiçi” xizmati taşkil etilsa, juda yaxşi bölar edi. Ayol yölovçilar özlari uçun qulay va işonçli bölgan ayol haydovçini tanlaş imkoniyatiga ega bölişardi. Bu nafaqat yölovçilar, balki şu sohada işlayotgan xotin-qizlar uçun ham yangi imkoniyat bölardi, — deydi u. Taksiçilikda daromad masalasi ham alohida e’tiborga molik. Çunki köpçilik haydovçining qöliga tuşayotgan mablağni uning sof foydasi bilan adaştirişi mumkin. Aslida esa yoqilği, avtomobilning ta’miri, ehtiyot qismlar, amortizatsiya va boşqa xarajatlar ham bor. Elzaraning aytişiça, u kuniga örtaça olti-yetti soat işlab, 100-150 ming söm atrofida daromad topadi. Topgan daromadi hozirça asosan kundalik oziq-ovqat va rözğor ehtiyojlariga sarflanmoqda. Taksiçilikda avtomobilning texnik holati, yoqilg‘i narxi, buyurtmalar soni va kompaniya xizmatlari uçun tölanadigan haq kunlik tuşumga bevosita ta’sir qiladi. Şuning uçun öz mehnati bilan oilasini ta’minlayotgan ayollar uçun qulay moliyaviy şartlar, imtiyozli lizing, xavfsiz mehnat muhiti va ijtimoiy himoya masalalari dolzarbligiça qolmoqda. Sönggi yillarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş, kasb-hunarga örgatiş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va özini özi band qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda transport xizmati sohasida işlayotgan ayollarning ham manfaatlarini unutmaslik zarur. Elzaraning hayotida ham bu maqsad yaqqol körinadi. U bir vaqt-ning özida haydovçi, ona va keksa yaqinlariga ğamxörlik qilayotgan inson. Uning iş kuni avtomobil kalitini qölga olişi bilan boşlansa-da, mas’uliyati yölovçini manziliga yetkaziş bilan tugamaydi. Uyda uni yana farzandlar, oila taşvişlari va qariyalarni parvarişlaş vazifasi kutib turadi. Hammasiga vaqt topişi kerak, hammasiga ulgurişi zarur.

Adolat AXMADJANOVA

Adolat AHMADJANOVA
Adolat AHMADJANOVA
MUXBIR