Çegara ortida millionlab insonlarning tinçligi, xalqning xotirjam hayoti mujassam. Beğaraz niyatda bölmasin uning simtösiqlarini noqonuniy kesib ötişga uriniş oddiy tartibbuzarlik emas, katta jinoyat va davlat xavfsizligiga bepisand munosabatdir. Afsuski, ayrimlar qonun bilan belgilangan tartibni emas, öziga qulay yölni tanlaydilar. Buning oqibati esa jinoyatçiga nisbatan jazo sud hukmlarida namoyon böladi. 2022-yil 8-dekabr kuni soat tonggi 05.30 atrofida Sirdaryo tumani “Quyoş” mahallasi hududidan ötgan Qozoğiston–Özbekiston Respublikalarini ajratib turuvçi çegaradan noqonuniy ravişda kirgan jinoyatçi viloyatimizning çegara harbiy xizmatçilari tomonidan qölga olingan. Sud jarayonida oşkor bölişiça, asli Jizzax viloyatidan bölmiş 1993-yilda tuğilgan Doniyor (ism şartli, har qanday öxşaşlik tasodifiydir) 2011-yildan buyon Qozoğiston Respublikasiga pul topiş ilinjida mavsumiy işlarga borib, kelib yurgan. Oxirgi safaridan söng u çet elda pasportini yöqotib qöyganligi sababli Özbekistonga ötiş uçun belgilangan nazorat-ötkaziş punktidan foydalana olmasligini bilgan. Şu sababli u olti oy Qozoğistonda qolişga majbur bölgan. Oxir-oqibat Doniyor tegişli idoralarga murojaat qilişni emas, balki yaşirinça çegarani buzib ötişni afzal körgan. Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo tumani sudining hukmi bilan Doniyor Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topildi. Unga uç yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Albatta uşbu holatda aybdor öz jazosini oladi. Biroq jinoyat-ning sababini ham örganiş va oldini oliş navbatdagi jinoyatning oldini olgan böladi. Jinoyatçining neça yillardan buyon çet elda qora işçi bölib işlaşi, öz yurtida iş bilan ta’minlanmagani boisining bir uçi bandlik masalasiga kelib taqalmaydimi? Nahotki çet elda topilayotgan oğir mehnat yurtimizda topilmasa? Yoki bizda maşaqqatli mehnat qiymati çet elniki kabi qadrlanmaydimi? Afsuski, şunday. Viloyatimizdan aynan Qozo-ğistonga borib, halol mehnat qilayotgan vohadoşlarimiz köp. Men faoliyatim davomida Qozoğiston Respublikasining Sarioğoç tumanidagi mardikor bozorlarida bölib, ular bilan köp suhbatlaşganman. U yerda asli oila boquvçisi bölmiş erkaklarimizdan köra, ayollarimizning köpligi açinarli hol, albatta. Ayrim onalarimiz pul topişni farzandlarining tarbiyasidan ustun körişi kelajak tanazzuli emasmi? Işlaş ilinjida oilasining bağridan uzoqligi kamdek yana huquqiy savodsizligi sabab ozodlikdan mahrum bölişi naqadar ayançli. Axir umri mehnatda ötayotgan bu kimsalarda qanday huquqiy savod bölişi mumkin? Biroq şaxsiy vajlar heç qanday qonunbuzarlikni hatlab ötmaydi. Aslida ham qonunbuzarlarning aksari majburligidan jinoyat qilişadi. Ularning holati inobatga olinaversa, jamiyatda jinoyatçilik köpaymaydimi? Yurt xavfsizligi va barqarorligi faqat çegara ustunlari va simtösiqlar bilan ta’minlanmaydi. Çegara içkarisida ham qonun çetlab ötiladigan, inson salomatligi va jamiyat osoyiştaligiga tahdid soladigan xavf-xatarlar köp. Ulardan biri inson salomatligiga kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy muomalasidir. 2025-yil 8-aprel kuni Toşkent şahri Yaşnobod tumanida yaşovçi 32 yoşli Nosir (ism şartli, har qanday öxşaşlik tasodifiydir) 20 ta blister – jami 200 dona “Zardeks” kapsulasini 10 million sömga sotayotgan vaqtida “nazorat ostida oliş” tezkor tadbir davomida qölga olindi. Aniq iş joyi bölmagan, mavsumiy işçi sanalgan Nosir- ning sud zalida bergan körsatmasiga köra, u “Zardeks” kapsulalarini telegram tarmoğidagi şaxsi aniqlanmagan yigitdan olib, söng olgan narxidan qimmatroqqa sotib, daromad manbayiga aylantirgan. Tezkor tadbir ortidan ötkazilgan tintuvda uning vaqtinça yaşab turgan xonadonidan yana 552 dona kapsula topildi. Natijada jami 752 dona kapsula aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirildi. Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo tumani sudining 2025-yil 18-iyuldagi hukmi bilan Nosir Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Vatan sarhadini asraş ham, jamiyat salomatligini himoya qiliş ham barçamiz uçun birdek muhim mas’uliyatdir. Bu voqealardan çiqariladigan saboq ham birgina jazo bilan tugamaydi. Jinoyat köçasiga kirgan har bir kişi qadamini öylab bosişi, daxldor mutasaddilar esa odamlarning muammosi qonunbuzarlikka aylanib ketmasidan oldin uni körişi, eşitişi va yeçimiga kömaklaşişi kerak. Mahalladagi bandlikni, çetga işlaşga ketgan yurtdoşning huquqiy tuşunçasini oşiriş ham xavfsizlikka aloqador masalalardir. Vaqtida körsatilgan yordan insonni jinoyatdan qaytarişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Marjona Şuhrat qizi