--

Ma’rifatga eltgan haftalik

Ma’rifatga eltgan haftalik
Chop etilgan 23 November, 2026

Kitob — inson qalbiga nur, tafakkuriga qanot, hayotiga mazmun bağişlaydigan bebaho ma’naviy boylik. Mutolaa madaniyatini yuksaltiriş va kutubxonalarni zamonaviy ma’rifat markazlariga aylantiriş esa bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Ana şunday ezgu maqsadlarni özida mujassam etgan “Infolıb Özbekiston–2026” — XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi viloyat axborot-kutubxona markazida yuqori saviyada taşkil etildi. U kitob va ijod, ilm-fan hamda zamonaviy axborot texnologiyalari uyğunlaşgan, turli avlod vakillarini birlaştirgan çinakam ma’rifat maydoniga aylandi.

Tantanali oçiliş marosimi bilan boşlangan haftalikning ilk kunlari kutubxona olamiga sayohat bilan esda qoldi. “Kutubxonaga sayohat”

 tadbirlari davomida taşrif buyuruvçilar markazning boy kitob fondi, elektron resurslari hamda zamonaviy xizmat körsatiş imkoniyatlari bilan tanişdilar. Şuningdek, xususiy kutubxonalarga uyuştirilgan sayohat-lar özaro tajriba almaşiş uçun qulay imkoniyat yaratdi.

Haftalik doirasidagi “Qadrdon kutubxonamga kitob sovğa qilaman” aksiyasi kitobsevarlarni xayrli taşabbus atrofida birlaştirib, markaz fondini yangi adabiyotlar bilan boyitişga xizmat qildi. Kutubxona foyesida taşkil etilgan yangi naşrlar körgazmasi hamda kitob savdosi esa öquvçilarga öz qiziqişlariga mos asarlarni kaşf etiş va xarid qiliş imkonini berdi.

Adabiyot va insoniy qadriyatlar haftalik dasturining asosiy özagini taşkil etdi. “Döstlikni tarannum etgan yurt” ijodiy uçraşuvida hamjihatlik va mehr-oqibat tuyğulari tarannum etilgan bölsa, viloyatimizning taniqli ijodkorlari hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi öquvçilari iştirokidagi muşoira keçasi esa yoş qalamkaşlar uçun katta mahorat maktabi böldi.

Mutolaa zavqini fikr almaşiş va bahs-munozara orqali boyitiş maqsadida ötkazilgan “Öqiymiz, fikrlaşamiz, bahslaşamiz va bölişa-miz!” tadbirida yoşlar özlari öqigan asarlar, sevimli qahramonlar va hayotiy xulosalar yuzasidan qizğin fikr almaşdilar. “Oilaviy kitobxonlik — millat kelajagi” deb nomlangan uçraşuvida esa farzand tarbiyasida kitobning örni alohida ta’kidlandi. Zero, kitobga mehr oiladan boşlanadi, mutolaa muhitida ulğaygan bolaning ma’naviy olami ham teran böladi.

18-noyabr — Özbekiston Res-publikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan taşkil etilgan intellektual öyin va sörovnoma yoşlarning davlat ramzlari tarixi hamda milliy qadriyatlarimiz borasidagi bilimlarini yanada mustahkamladi.

Haftalik nafaqat kitobxonlar, balki soha mutaxassislari uçun ham tajriba maydoniga aylandi. “Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş va raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş” mavzusi-dagi öquv seminarida tizimga zamo-naviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş va xizmat sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Bir hafta davomida ötkazilgan mazmunli uçraşuvlar, taşkil etilgan

körgazmalar va intellektual bellaşuv-lar yuqori kayfiyatda yakunlandi. Eng muhimi, uşbu haftalik kutubxona şunçaki kitob saqlanadigan maskan emas, balki fikrlar çarxlanadigan, yangi iste’dodlar kaşf etiladigan va ezgu taşabbuslar tuğiladigan ma’rifat markazi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Ötkazilgan tadbirlarning asosiy maqsadi — kitobxon avlodni tarbiya-

laş, ma’naviy barkamol yoşlarni voyaga yetkaziş, şuningdek, jamiyat-

da kitobxonlik va mutolaa madaniya-tini yanada yuksaltirişdan iboratdir.

Nargiza MAMADJANOVA,

viloyat Axborot-kutubxona markazi Elektron resurslardan foydalaniş va öquv zallari xizmati rahbari