Sirdaryo adabiyoti va madaniyati tarixida öçmas iz qoldirgan, özining sermazmun ijodi, faol jamoatçilik faoliyati va insonparvarligi bilan el mehrini qozongan atoqli şoira, Özbkistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Hayotxon Ortiqboyeva tavalludining 80 yilligi keng nişonlandi. Alişer Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Mening kimligimni el bilsa böldi” nomli xotira keçasi bölib ötdi. Unda poytaxtimizdan taşrif buyurgan taniqli şoir va adiblar, şoiraning hamkasblari, yaqinlari, oila a’zolari, adabiyot va madaniyat vakillari iştirok etdi.
Tadbirni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi rahbari Noriniso Qosimova oçib, şoiraning hayot yöli, ijodiy merosi va jamoatçilik faoliyati haqida söz yuritdi. Xotira keçasida sözga çiqqan “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi Ötbosar Abdiyev Hayotxon Ortiqboyeva bilan yarim asr davomida yelkama-yelka mehnat qilganini alohida ta’kidladi. Uning qayd etişiça, şoira nafaqat ijodkor, balki deputat, senator va partiya xodimi sifatida ham viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida faol iştirok etgan, özidan munosib iz qoldirgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi maslahatçisi, şoir Salim Aşur esa Hayotxon Ortiqboyevaning ijod va jamoatçilik faoliyatini uyğun olib borgani, el-yurt ravnaqi yölidagi xizmatlari bilan boşqa ijodkorlardan ajralib turganini e’tirof etdi. Şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zolari — filologiya fanlari doktori, professor Adhambek Alimbekov, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova, “Oltin qalam” jamğarmasi direktori Nazira as-Salom, GulDU professori Ravşanbek Mahmudov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Aliqul Xonimqulov hamda Ma`naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyat bölimi rahbari Murod Hayitov şoira bilan boğliq xotiralari, uning adabiyot va jamiyat hayotidagi örni haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Şoiraning singlisi Şahriniso Jumayeva opasining xotirasiga körsatilgan ehtirom va e’tibor uçun tadbir taşkilotçilariga minnatdorlik bildirdi. Tadbir davomida viloyat san’atkorlari tomonidan Hayotxon Ortiqboyeva şe’rlari asosida yaratilgan qöşiqlar ijro etildi. Şoira qalamiga mansub satrlar musiqa ohanglari bilan uyğunlaşib, iştirokçilarga u kişining boy ijodiy olamini yana bir bor his etiş imkonini berdi.
Darhaqiqat, insonning umri yillar bilan, qadri esa el xotirasida qoldirgan ezgu işlari, ijodi va amallari bilan ölçanadi. Hayotxon Ortiqboyevadan qolgan adabiy meros, ibratli hayot yöli va xalqqa sadoqat bilan qilgan xizmatlari uning nomini hamişa ardoqli qilib saqlaydi.
Diyora Abdumömin qizi
“MENING KIMLIGIMNI EL BILSA BÖLDI”
Chop etilgan
28 November, 2026
34
Tags::