--

O‘zaro hamjihatlik bor joyda...

O‘zaro hamjihatlik bor joyda...
Chop etilgan 31 August, 2026

Mahalla—xalqi-mizning asrlar davomida sayqal topgan mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik kabi qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muqad-das dargohdir. Keyingi yillarda mamlakatimizda mahalla tizimini tubdan takomillashtirilishi, ayniqsa, “mahalla yetti-ligi” faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi uning jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyatini yanada yuksaltirdi.

Bugun mahalla faqat yashash hududi emas, balki aholi muammo-lariga yechim topiladigan, ijtimoiy himoya, yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilani mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilayotgan hayot maktabiga aylandi.

Bayramlar, qutlug‘ sanalar arafasida  hasharlar o‘tkazish xalqimizga xos an’ana sanaladi. Mirzaobod tumanidagi “Toshkent” mahallasida ham ayni kunlarda davom etayotgan  “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” shiori ostida obodon-lashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in tus olgan. Har bir ko‘cha va xonadonda bu  ibratli va  xayrli  yumushlar o‘z aksini topib, ko‘rkamlik va fayz bag‘ishlamoqda.

Mahallada ma’naviy muhitni mustahkamlash uchun “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan nuroniylar hamda “Oqila ayollar harakati” a’zolarining bu boradagi ishlari tahsinga loyiq. Ular xonadonlarga kirib borib,oilani mustahkamlash, yosh kelinlarga hayotiy maslahat berish, milliy qadriyatlarni asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali

jamiyatda ezgu muhitni qaror toptirishga munosib hissalarini  qo‘shib kelmoqdalar. O‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, sport musobaqalari, hasharlar mahalla ahlini yanada jipslash-tirib, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihat-likni mustahkamlashga xizmat  qilmoqda. Bu ishlarda “Oqila ayollar harakati” a’zolaridan Dilbar Parda-boyeva, Mastura Fayzullayeva, Buvxoliya Norboyeva, Muhabbat Jo‘rayevalarning ham hissasi katta.

Yurt taraqqiyoti mahalladan boshlanadi. Obod mahalla tinch va farovon hayot garovi, ahil oila va barkamol avlod tarbiyasining mustahkam poydevoridir. “Toshkent” mahallasi faollari, “mahalla yettiligi”, nuroniylar va “Oqila ayollar harakati”ning birgalikdagi harakatlari ana shu maqsadlarga qaratilgandir. 

Z. KARABAYEVA,

mehnat faxriysi, “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi