--

DEPUTAT  FAOL, SAYLOVCHI ROZI

DEPUTAT  FAOL, SAYLOVCHI ROZI
Chop etilgan 20 August, 2026

Mirza Sulaymonov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan. Mazkur yo‘nalishda ancha katta tajribaga ega deputat. Suhbatimiz birdaniga gapning indallosidan boshlanib ketdi.
— Deputat  hokimiyat bilan xalqni bog‘lovchi ko‘prikdir, degan gap bor. Bu ayni haqiqatdir. Xalq o‘z dardini ishonib saylagan deputatiga emin-erkin aytadi. Deputat esa muammoning yechimini qidiradi. Tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda deputatning qulog‘i har doim xalqning og‘zida bo‘lmog‘i joizdir.
— Sizning bu yo‘nalishda ancha tajribangiz bor, shekilli.
—Xuddi shunday. Oxirgi saylov-da uchincha marta 31-Mustaqillik saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandim. Oqoltin tumanidagi “Obod”, “Yangi hayot”, “Andijon”, “Bo‘ston”, “Ahillik” mahallarida istiqomat qiluvchi 25 ming nafar aholi kaminaga ishonib ovoz berishgan. Ular ishonchini oqlash uchun baholi qudrat harakat qilib yotibman.
—Keling, deputatlik faoliyatin-giz mobaynida amalga oshirgan va oshirayotgan yumushlaringiz haqida gaplashsak.
— Deputatning ayni paytdagi asosiy qurollaridan biri deputat so‘rovidir. Saylovchilarning murojaatlari asosida chirsillab turgan muammolarni yechishga bel bog‘laymiz. Bizning aralashu-vimiz bilan amalga oshirilgan ishlar ko‘lami ancha keng. “Yangiyer-Do‘stlik” avtoyo‘lining 40-67-kilometrli qismi to‘liq asfaltlandi. Avtotransport vosita-larining emin-erkin harakat-lanishi uchun imkoniyat yaratildi. Yo‘l ta’miri payti 30 milliard so‘m kapital mablag‘ o‘zlashtirildi.
“Obod” va “Bo‘ston” mahalla-lariga mos ravishda 2,1 hamda 1,2 kilometrlik lotok ariqlar yotqazildi. Natijada mahallalar markazlariga oqin suv keldi. Endi mahallalardagi xonadonlarning tomorqalarini sug‘orish uchun suv yo‘liga qurilgan noqonuniy qurilmalarni olish kerak. Mahallalar ichkarisidagi suv yo‘llarini tartibga keltirish viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi tuman bo‘linmasining zimmasidadir.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini mustahkalash, chekka hududlarda yashovchi ayollarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va bandligini ta’minlash loyihasi doirasida “Bo‘ston” mahallasi idorasining bo‘sh turgan ikkinchi qavatida tikuv sexini ishga tushirish ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Gavhar Olimova bizga yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Ayni kunlarda tikuv sexida montaj ishlari boshlanib ketgan. Mazkur loyihaga 150 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Sex ishga tushsa 50 nafar xotin-qiz muqim ish joylariga ega bo‘ladi.
Shu o‘rinda deputat uchun yaratilgan yana bir imkoniyatni sanab o‘tmasam bo‘lmas. O‘zi saylangan okrugdan tashqaridagi hududlardan ham deputatga xalq murojaat bilan chiqsa, yordam berishga haqlimiz. Masalan, otama-konimiz joylashgan Mirzaobod tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasidan o‘quvchilar soni oshishi bilan qo‘shicha binoga ehtiyoj sezilayotgani haqida murojaat tushdi. Deputat so‘rovimiz hisobga olinib 260 o‘rinlik qo‘shimcha o‘quv binosi bunyod etildi. Obyekt qurilishiga 7 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Tuman hokimining qarori bilan mazkur maktabga otamiz To‘ra Sulaymon nomi berildi.
Albatta, dilimizni xufton qiladi-gan holatlar ham bor. Deputat so‘rovlarimizga aksari tashkilotlar o‘ta mavhum javoblar berishadi. Pirovardida viloyat hokimi aralash-gandan keyingina ishlar olg‘a siljiydi. O‘ylanib qolasan kishi: ular bu xatti-harakatlari bilan viloyat rahbariga yoqmoqchi, nazariga tushmoqchi bo‘lishadimi — bu tomoni bizga qorong‘u.
Yana bir muammo: viloyatimiz qurilish blogidagi ishlarda shaffof-lik ko‘zga tashlanmayapti. Ko‘p hollarda byudjet mablag‘lari hiso-biga bunyod etiladigan obyektlarni tanlashda deputatlar va aholi bilan maslahat qilinmayapti.
—Deputatlar ishini jonlantirish maqsadida Prezidentimiz tomoni-dan moddiy yordam ko‘rsatish borasida topshiriqlar berilayapti, shekilli.

—Joriy yil viloyat Kengashi deputatlari ixtiyoriga 100 million so‘mdan mablag‘ ajratildi. Mazkur mablag‘ mahallalar yettiligi tavsiyasi bilan kamxarj oilalarning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayot-gan farzandlari kontrakt pullarini to‘lib berish, yangi ish boshlagan oilaviy tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sharoiti og‘ir fuqarolarning salomatligini tikalash kabi yumushlarga yo‘nal-tiriladi. Xabaringiz bor: o‘tgan yili Prezidentimiz deputatlarga yo‘l haqi joriy etish muammosini ko‘tardilar. Mazkur masala ham yechimini topsa, deputatlarga ancha quvvat bo‘lardi.
— Muammolarning hal etilishi-da saylovchilar bilan uchrashuvlar ham ayricha rol o‘ynasa kerak.
— Albatta. Oyida bir marta jadval asosida saylovchilar bilan
uchrashuvlar o‘tkazamiz. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etishadi. Saylovchilardan tushgan muroja-atlardan kelib chiqib, tegishli tashkilotlarning rahbarlarini ham jalb etamiz. Maslahatli to‘y tarqamas, degan gap bor-ku!
—Deputat sifatida bugungi kunda Sizni ko‘proq nimalar qiynayapti?
— Mahallalarda bo‘lganimda bekorchilikdan savdo shahobchalari oldida to‘p-to‘p bo‘lib laqqilashib o‘tirgan yoshi ulug‘ odamlarga ko‘zim tushadi. Ular bekor turgun-cha, bekor ishla, naqliga amal qilib o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashsa bo‘ladi-ku. “Oinai jahon”da dog‘istonlik otaxonlarning xatti-harakatlarini ko‘rib havasim keldi. Ular bolalarini bir nafas bo‘sh qo‘yishmaydi: kurash tushirishadi, turli o‘yinlar o‘tkazishadi. Biz ham bekorchilikdan, loqaydlikdan qancha tez qutulsak, shuncha ishlarimiz yurishib ketadi.
Yana bir taklifni anchadan buyon kallamda pishitib yuribman. Bir vaqtlar viloyatimiz hokimi vazifasida ishlagan, viloyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ravnaqiga sezilarli hissa qo‘shgan Abdurahim Jalolov, O‘ktam Qo‘chqorovlarning nomlarini abadiylashtirsak, ruhlari shod bo‘lardi. Bu o‘tkinchi dunyoda marhumlarni yodga olish tiriklarning vazifasidir.
— Deputatlik faoliyatingizda xayrli yumushlar ko‘payaversin!
—Rahmat!
 Suhbatdosh:
Muhammadali AHMAD