--

SHAYLIK SINOVDAN O‘TKAZILDI

SHAYLIK SINOVDAN O‘TKAZILDI
Chop etilgan 30 July, 2026

Yaqinda Guliston shahri va Boyovut tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mon-donlik-shtab o‘quv mashqlari tashkil qilindi. Mashg‘ulotlarda favqulodda vaziyatlar xizmati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sog‘liqni saqlash muassasalari, kommunal tashkilotlar hamda boshqa tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi va tezkor harakat qilish qobiliyati amalda sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida shartli signalga asosan barcha xizmatlarga zudlik bilan xabar berildi. Shundan so‘ng Fuqaro muhofazasi rahbarlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazilib, o‘quv mashqining maqsadi, vazifalari va amalga oshirish tartibi belgilab olindi. Jalb etilgan shaxsiy tarkib hamda maxsus texnika ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning shaylik darajasi baholandi.
O‘quv mashqlarining asosiy bosqichlarida zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan fuqarolarni qidirish va qutqarish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini qisqa muddatda tugatish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan tashkil etilgan birinchi tibbiy yordam otryadining dala sharoitida ko‘p sonli jabrlanganlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham sinovdan o‘tkazildi. Jabrlanganlar olgan jarohatlari darajasiga qarab saralanib, ro‘yxatga olindi va zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, zamonaviy tibbiy jihozlar yordamida dala sharoitida shartli jarrohlik amaliyoti namoyish etildi.
Maxsus taktik o‘quv mashqlari “Baqqoldon savdo” mchj, “Boyovut cotton textile” MCHJ hamda “Milliy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari filialiga qarashli “Do‘ston” podstansiyasida ham bo‘lib o‘tdi. Mashqlar davomida shartli zilzila va avariya oqibatlarini bartaraf etish, avariya-tiklash ishlarini tashkil etish, transformatorni almashtirish, yong‘inni o‘chirish, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Shuningdek, Guliston shahrining “Madaniyat”, “Ma’naviyat”, “Ulug‘ yo‘l” va “Nihol” mahallalarida yashovchi aholini yig‘uv evakuatsiya punktlari orqali xavfsiz hududlarga ko‘chirish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashqlari ham o‘tkazildi. Jarayonda evakuatsiya yo‘nalishlari o‘rganilib, aholini xavfsiz hududlarga tezkor
va tartibli ko‘chirish, tegishli xizmatlarning hamjihat-likdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqlari davomida favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning tezkor safarbar qilinishi, mutasaddi tashkilotlarning hamjihatligi hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar yanada takomillashtirildi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur qo‘mon-donlik-shtab o‘quv mashqi favqulodda vaziyatlarda boshqaruv organlari, qutqaruv tuzilmalari va boshqa
xizmatlarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkam-lash, aholi xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holat-larga tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
X. NISHONOVA

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI