--

HILPIRAYVER,  JONAJON  VATANIM BAYROĞI!

HILPIRAYVER,  JONAJON  VATANIM BAYROĞI!
Chop etilgan 17 ноябр, 2026

Har bir xalqning özligini, tarixini, orzu-intilişlarini namoyon etuvçi muqaddas ramzlari böladi. Ana şunday bebaho ramzlardan biri — Davlat bayroğidir. Bayroq  xalqning ğururi, millatning şa’ni, ozodlik va mustaqillikning yorqin ifodasidir.   Bayroğimizdagi har bir rang öziga xos ma’no va mazmunga ega. Moviy rang — musaffo osmon va hayotbaxş suv timsoli. Oq rang — tinçlik, poklik va ezgu niyatlar ifodasi. Yaşil rang — tabiat, yangilaniş va yaşariş ramzi. Qizil çiziqlar esa hayotiy kuç va jöşqinlikni anglatadi. Yarim oy xalqimizning tarixiy an’analari bilan boğliq bölsa, ön ikki yulduz qadimiy qadriyatlarimiz va mukammallik timsolidir. Bugun Özbekiston bayroği xalqaro maydonlarda, sport musobaqalarida, ilm-fan va madaniyat anjumanlarida yuksak hilpiramoqda. Har safar bayroğimiz kötarilganida qalblarimizda çeksiz faxr va iftixor tuyğusi uyğonadi. Çunki uning har bir hilpiraşida Vatanimizning buguni, keçagi tarixi va ertangi umidi mujassam. Ayniqsa, yoş avlod qalbida Davlat bayroğiga hurmat va sadoqat tuyğusini şakllantiriş har birimizning muhim vazifamizdir. Zero, öz bayroğini qadrlagan inson öz Vatanini, uning tarixini va kelajagini ham qadrlaydi. Hilpirayver, jonajon Vatanim bayroği!

Şoira BAXTIYOROVA,

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-sinf öquvçisi, “Jurnalistika” tögaragi a’zosi.

Teglar::