--

ÇINOR

ÇINOR
Chop etilgan 15 ноябр, 2026

Har bir insonning hayotida unga kuç beradigan, yiqilsa suyaydigan, çarçasa dalda beradigan bir insoni böladi. Kim uçundir bu — ona, kim uçundir ustoz, men uçun esa bu — otam.       Ba’zan inson öziga körsatilayotgan mehrni oddiy holdek qabul qilar ekan. Ammo ulğaygan sari bir narsani tuşunib borarkan: bizning bugungi xotirjamligimiz, ertangi kundagi muvaffaqiyatimiz uçun kimdir keçayu kunduz mehnat qilmoqda. Men bu insonni köz oldimga keltirganimda — çinor daraxtini tasavvur qilaman.       Çinor — uzoq vaqt davomida yaşaydigan, şamol-u böronlarga bardoş beradigan, ildizlari yer bağriga çuqur qadalgan daraxt. Uning tanasi mustahkam, şoxlari keng, soyasi esa köpçilikka panoh. Menimça, dadam ham xuddi şunday çinorga öxşaydi.      Ular bizning kelajagimiz, yaxşi yaşaşimiz va heç kimdan kam bölmasligimiz uçun tinimsiz mehnat qiladilar. Ba’zan çarçaganini sezdirmaydilar. Özlarining orzu-istaklarini bir çetga surib, farzandlarining baxtini birinçi öringa qöyadilar. Ammo har doim ham buni sezmaymiz.  Ba’zan ularning mehnati ortida qança sabr va maşaqqat borligini öylab ham körmaymiz. Lekin vaqt ötgan sari anglaymizki, otaning mehri faqat aytilgan şirin sözlarda emas, balki oilasi uçun qilayotgan har bir mehnatida ham namoyon böladi.      Men esa öşa çinorning soyasida ösayotgan bir niholman. Hali hayot yöllarini töliq tuşunmagan, oldinda köp narsalarni örganişi kerak bölgan nihol. Ammo bir narsani yaxşi bilaman: bu çinor menga faqat soya beriş uçun emas, balki kuçli bölişni, sabr qilişni va ildiz otişni ham örgatmoqda.     Çinor ham bir vaqtlar kiçik nihol bölgan. Uni ham kimdir parvariş qilgan, suv bergan, quyoş nurlaridan bahramand bölişiga imkon yaratgan. Bugun esa u boşqalarga soya bermoqda. Men ham dadamning mehridan kuç olib, kelajakda öz oilamga, Vatanimga va atrofimdagi insonlarga foydasi tegadigan inson bölişni xohlayman.     Zero, men uçun çinor şunçaki daraxt emas. U — otamning maşaqqatlari, mehrning ramzi, sabrning namunasi va mening kelajagimga soya solib turgan eng aziz insonimdir. Men esa şu çinor soyasida ulğayayotgan, bir kun kelib uning işonçini oqlaşni istaydigan niholman.
Zuhra TOŞPÖLATOVA,

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf öquvçisi, Jurnalistika tögaragi a’zosi.

Teglar::