Tikanli yölga oyoq bosayotgan odam eti tilinişini biladi. Şunday ekan, azob bergan oğriqda kimni ayblaş mumkin? Afsuski, ayrimlar pul va şaxsiy manfaat ilinjida nafaqat özining, balki özgalar taqdirining ham kuşandasiga aylanayotganini anglamaydi. Giyohvandlik vosita-lari savdosi ortida esa aynan şunday mudhiş oqibatlar yaşirin. 2026-yil 2-mart kuni Xovos tuma-nida sodir bölgan voqea barçaga saboq bölişi kerak. Özbekiston–Tojikiston davlat çegarasi yaqinidagi xonadonlarning biriga çegara simtösiqlari ortidan Özbekiston hududiga birin-ketin yelkaxaltalar uzatildi. Ularning içida nima borligini, yuklar qayerga olib ketilişi kerakligini esa öşa keça faqat reja tuzganlar bilişardi. Yelkaxaltalarni qabul qilib olgan Rasul (ismlar şartli. Har qanday öxşaşlik tasodifiydir) yuklarni tanişi Odilning xonadoniga olib kirişga urindi. Biroq ularning har bir harakati kuzatuv kameralarining nazorati ostida edi. Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari gumonlanuvçilarni qölga olişga kirişişdi. Rasul yelkaxaltalarning bir qismini yaşirişga ulgurdi. Hatto yuklarni olib çiqib ketiş uçun avtomobilni ham öt oldirib qöygan edi. Ammo bu urinişlar natija bermadi. 6 ta sirli xalta topildi, ularning içidagi moddalar esa tegişli tartibda közdan keçirilib, ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza xulosasiga köra, yelka-xaltalarda giyohvandlik vositalari — opiy (oğirligi 54 kilogramm 458,24 gramm), geroin (oğirligi 8 kilo- gramm 314,81 gramm) borligi aniq-landi. Sudda aniqlanişiça, uşbu reja bir kunda tuzilmagan. Rasul 2025-yil yoz oylarida Tojikiston Respublikasida tanişgan, tergov davomida şaxsi aniqlanmagan yigit bilan WhatsApp orqali aloqaga çiqqan. Unga giyohvandlik vositalarini davlat çegarasidan noqonuniy olib ötib, körsatilgan manzilga yetkazib beriş evaziga har bir kilogramm uçun 500 AQŞ dollaridan haq tölaş va’da qilingan. Rasul bu taklifga rozi bölgan. Keyinçalik u Xovos tumanida yaşovçi Odilni ham rejaga jalb etgan. Odilning uyi çegaraga yaqin joylaşgani esa jinoiy maqsadga erişiş uçun qulay imkoniyat tuğdirgan edi. Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 12-avgust kuni jinoyat işlari böyiça Xovos tuman sudida hukm öqildi. Sud Rasul va Odilni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topdi. Rasulga 19 yil, Odilga esa 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Noqonuniy ravişda olib ötilgan giyohvand moddalarni tegişli tartibda yöq qiliş haqida ham qaror qabul qilindi. Bu voqea şunçaki ikki kişining jinoyati va ularga tayinlangan jazo bilan çeklanmaydi. Har qanday qilmişning ortida jamiyat xavfsiz-ligiga tahdid soluvçi, inson salomat-ligi va kelajagini barbod qilişi mum-kin bölgan illat mujassam. Giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasi yangi qaramliklar, buzilgan taqdirlar, parokanda oilalar va oğir jinoyatlarga zamin yaratadi. Manfaat ortidan quvib, yillar davomida ozodlikdan ayriliş mumkin. Eng muhimi, bunday manfaat evaziga butun jamiyat kela- jagini xavf ostiga qöyişga heç kim-ning haqi yöq.
M. HAYITBOYEVA