Boyovutda “InnoX” dasturi yoshlarning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Bugun mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. 3-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham bu boradagi vazifalar muhokama qilinidi. Aholi va tadbirkorlarga bozor, texnologiya, kasb, biznes-reja va sotuv zanjirini qamrab olgan kompleks yechimlar taklif etish zarurligi ta’kidlandi. Ana shu yondashuvning amaliy ifodalaridan biri Boyovut innovatsion tumanida amalga oshirilayotgan “InnoX” biznes-inkubator va akselerator dasturidir.
Tumanning A.Navoiy mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zosi bo‘lgan yoshlar ishtirokida dasturning yakuniy bosqichi — “Demo Day” tadbiri o‘tkazildi. Unda yoshlar dastur davomida ishlab chiqqan startap va biznes loyihalarini ekspertlar oldida taqdim etdilar. Har bir loyiha ortida yoshlarning izlanishi, tashabbusi va kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam.
“InnoX” dasturida yoshlarning g‘oyalari shunchaki tinglab qo‘yil-may, ularni amaliy biznes loyihasiga aylantirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Boyovutdagi “InnoX” dasturi ham aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning o‘z daromad man-baiga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratilmoqda.
Tadbirkorlikni boshlash uchun mablag‘ muhim. Ammo undan ham muhimrog‘i – aniq maqsad, bilim va tashabbus. “Demo Day”da yoshlarning o‘z loyihalarini himoya qilishi, savollarga javob berishi va biznes g‘oyasining afzalliklarini asoslab berishi ularning amaliy tadbir-korlik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Shu ma’noda, “InnoX” dasturi-ning asosiy vazifasi – g‘oyani ama-liy loyihaga, loyihani esa barqaror biznesga aylantirishdan iborat.
Sayfiddin ISANTURDIYEV,
Innovatsion rivojlanish agentligi Sirdaryo viloyati bo'linmasi rahbari