Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan aytgan bu so‘zlari xalqimizning yuksak g‘ururi va kelajakka bo‘lgan ishonchini ifoda etadi.
Mustaqillikning 35 yilligi viloyatimizda ham o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyat va yuksak milliy urf-odatlar bilan nishonlandi. Shahar va tumanlarda o‘tkazilgan bayram tadbirlari yurtdoshlarimizni bir maqsad – Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuyg‘usi atrofida birlashtirdi. Viloyat hokimi
Erkinjon Turdimov rahbarligida bayram tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etish, yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashish va ulug‘ ayyomni munosib nishonlashga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘cha va maydonlar bayramona bezatildi, davlat bayrog‘i hilpirab, kuy-qo‘shiqlar yangradi. Turli madaniy tadbirlar, konsert dasturlari, xalq sayillari va ommaviy tomoshalar bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Guliston shahridagi “Qovun sayli” esa milliy qadriyatlar va
Sirdaryoga xos an’analarni uyg‘un-lashtirdi. Shahar ko‘chalarida tashkil etilgan turli ko‘rgazmalar, milliy taomlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va madaniy dasturlar aholi hamda mehmonlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Sayillar doirasida “Yoshlar va sport bekati”ning tashkil etilgani ham yoshlar uchun bayramni yanada chiroyli o‘tishiga zamin yaratdi.
Shuningdek, “Sirdaryo qovun-lari” kitob-albomining nashr etilishi,
viloyatning polizchilik an’analari, Sirdaryoning o‘ziga xos qovun navlarini keng namoyish etishga xizmat qildi.
Bayram arafasida Guliston davlat pedagogika institutining 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi hamda Sirdaryo tumanidagi rekonstruksiya qilingan maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Xovos tumanida A376 avtomobil yo‘lining yangi qismi ishga tushirildi.
Bu kabi ishlar insonlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlarning yana bir ko‘rinishi bo‘ldi.
Mustaqillik bayramida inson qadri, mehnati va e’tirofi ham alohida o‘rin tutdi. Bir guruh Sirdaryoliklarga davlat mukofotlari va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishonlari topshirildi. Barcha tuman, shaharlarda turli sohalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga bayramona hurmat-ehti-rom ko‘rsatildi. Bularning barchasi — Mustaqillik bayramining faqat tantana va shodiyonadan iborat emasligini ko‘rsatadi. Bu bayramda xalqning o‘tgan yillarga nazar solishi, bugungi tinch va farovon hayotdan shukronalik qilishi hamda kelajakka katta ishonch bilan qarashi mujassam edi.
Mustaqillik – bu bayram kunla-ridagina emas, har kuni qadrlanadigan buyuk ne’mat. U – tinch osmon, erkin hayot, farzandlar quvonchi, yurt ravnaqi va kelajagiga ishonchdir.
Bugun insonlar qalbida faxr bor. Mustaqillik bu O‘zbekistonning sharafli tarixi bilan faxrlanish va ertangi kunga yanada katta ishonch bilan nazar solish demakdir.
Nodirbek MAGAMADJANOV