--

INSON MANFAATI — BOSH MEZON

INSON MANFAATI — BOSH MEZON
Chop etilgan 7 сентябр, 2026

Yurtimizda istiqlolimizning 35 yillik shodiyonalari, kechayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va yangilanish jarayonlari har bir vatandoshimiz qalbida cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdirmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi ushbu tarixiy o‘zgarishlar jarayonida mehnatkashlarning ishonchli suyanchi va davlatimizning eng yaqin hamkori sifatida, fidokorona mehnat qilmoqda. Ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida viloyat Kengashi tarkibida 7 ta tarmoq kasaba uyushmalari — 3 ta viloyat kengashi va 4 nafar mas’ul tashkilotchilar samarali faoliyat yuritmoqda. Korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 1 ming 317 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari 211 ming 129 nafar a’zoni birlashtirgan. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida yana 126 ta yangi boshlan-g‘ich tashkilot tuzildi va 1 ming 985 nafar ishchi-xodimlar a’zolikka qabul qilindi. Xodimlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha belgilangan 727 ta yo‘llanmaga qo‘shimcha ravishda Kurortlar boshqarmasidan yana 204 ta yo‘llanma olinib, mehnatkashlarimizga jami 931 ta yo‘llanma berildi. Shundan Ijtimoiy sug‘urta hisobidan 451 ta yo‘llanma, Kasaba uyushmalari budjeti hisobidan esa 480 ta yo‘llanma berildi. Joriy yilning 6 oyi davomida viloyat Kengashiga jismoniy va yuridik shaxslardan 84 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, atroflicha o‘rganishlar natijasida ularning 42 tasi qanoatlantirildi, 42 nafar murojaatchilarning mehnat huquqlari qayta tiklandi. Shuningdek, viloyat Kengashining mehnat-texnika va mehnat-huquq muhofazasi inspektorlarining bevosita aralashuvi va sa’y-harakatlari bilan xodimlar foydasiga umumiy hisobda 230 million so‘m miqdorida foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiyalar, moddiy rag‘batlantirish mablag‘lari, kechiktirilgan ish haqlari va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon pullari undirib berildi. A’zo tashkilotlarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 5 ta baxtsiz hodisa (4 nafar og‘ir va 1 nafar o‘rtacha jarohatlanish) qayd etilgan. Fuqarolarning murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida jabrlanganlar foydasiga 99,8 million so‘m mablag‘ undirildi. Mehnat sohasidagi bu kabi muhofaza tadbirlari va ijtimoiy kafolatlar, avvalo, mustahkam ijtimoiy sheriklik tizimiga tayanadi. Bugun viloyatimizda Bosh jamoa kelishuvi asosida viloyat hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi va Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi o‘rtasida 1 ta hududiy jamoa kelishuvi hamda tarmoq kengashlari tomonidan 27 ta tarmoq kelishuvlari amal qilmoqda. Viloyatda faoliyat yuritayotgan 4 ming 864 ta yuridik shaxsdan 4 ming 853 tasida (99,8 foiz) jamoa shartno-malari tuzilib, 175 ming 369 nafar xodim (99,6 foiz) ijtimoiy himoya bilan qamrab olindi. Ushbu jamoa shartnomalariga Xalqaro mehnat tashkilotining 29 va 105-sonli Konvensiyalari talablari, ish joyini o‘zgartirish muddati 60 kundan oshmasligi kabi me’yorlar kiritilgan. Buning amaliy natijasi o‘laroq, 4 ming 809 ta kor-xonada 5 ming 37 nafar xodim asosiy uzaytirilgan ta’til-lardan, 4 ming 853 ta tashkilotda 169 ming 274 nafar xodim qo‘shimcha ta’tillardan hamda 5 ming 835 nafar xodim ijtimoiy ta’tillardan foydalandi. Shu bilan birga, 729 ta korxonada 74 ming 78 nafar xodimning KPI ko‘rsatkichlari kasaba uyushmasi ishtirokida xolisona baholandi, 2 ta korxonada esa ish beruvchi mablag‘lari hisobidan 5 nafar xodimni sog‘lomlashtirishga 52,8 million so‘m ajratildi. Umuman, jamoa shartnomalari ijrosi natijasida har bir xodim hissasiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha naf 8 million 209 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 19,8 foizga oshdi.
Mehnat huquqlarini muhofaza qilishdagi yana bir muhim yo‘nalish — xodimlarga ish haqi to‘lanishidagi qarzdorliklarni qisqartirishdir. 2026-yilning 1-iyul holatiga ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik 668 million so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 386 million so‘mga qisqartirildi. Sud tomonidan bankrot deb topilgan “Guliston ekstrakt yog‘” AJning 625 million so‘mlik (shundan 302 nafar xodimning to‘lanmagan ish haqi) hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Sirdaryo viloyat filialining 1 milliard 904 million so‘mlik ish haqidan qarzdorliklari xodimlar foydasiga to‘liq undirib berildi. Mehnatkashlar va ularning oila a’zolarining mazmunli hordiq chiqarishi uchun o‘tgan 6 oyda 16 ming 864 nafar ishchi-xodimlarga yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etildi. Ularning 13 ming 726 nafari jamoa shartnomalari, 3 ming 138 nafari esa Federatsiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Yosh avlodni sog‘lomlashtirishi doirasida Jizzax viloyatidagi “Zomin” va Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo” oromgohlarida mav-sum davomida 2 ming 290 nafar 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan edi. Mavsum davomida “Zomin”da 1 ming 339 nafar, “Sirdaryo” oromgohida esa 951 nafar o‘g‘il-qizlarimiz mazmunli hordiq chiqardilar. Muhtasar aytganda, qilingan ishlar ortida inson manfaati, mehnatkashlarning qadri va oilalar farovonligi mujassamdir. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkiloti bundan buyon ham Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan hayotbaxsh g‘oyani yurtimiz taraqqiyoti va fidoyi mehnatkashlarimiz ijtimoiy himoyasi yo‘lida xizmat qilishda davom etadi. Istiqlolimiz abadiy, Vatanimiz tinch va obod bo‘lsin!

  1. Rustambek TURSUNMURODOV
  2. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat
  3. Kengashi raisi Xalq deputatlari
  4. Sirdaryo viloyati kengashi deputati
Teglar::