--

Sirdaryoda takroriy ekinlar salmog‘i ortmoqda

Sirdaryoda takroriy ekinlar salmog‘i ortmoqda
Chop etilgan 20 августа, 2026

Yerdan unumli foydalanish — bugungi hosilni emas, ertangi rizqni ham ko‘paytirish demakdir. Sirdaryoda g‘alla va ertaki ekinlardan bo‘shagan maydonlarni takroriy ekinlarga jalb etish borasidagi ishlar bu tamoyilning amaldagi ifodasi bo‘lmoqda.
Qishloq xo‘jaligida har bir gektar yerning qadri baland. Ayniqsa, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, bir maydondan yil davomida bir necha bor hosil olish imkoniyatidan unumli foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Shu ma’noda viloyatda takroriy ekinlarni joylashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.
2026-yil hosili uchun g‘alla va ertaki
ekinlardan bo‘shagan 55 ming gektar maydonda takroriy ekinlar ekish rejalash-tirilgan edi. 17-avgust holatiga bu ko‘rsat-kich 55 775 gektarni tashkil etib, reja 101 foizga bajarildi.
Bir qarashda bu raqam oddiy ko‘rsatkich-dek tuyulishi mumkin. Aslida esa uning ortida yerdan yana bir bor daromad olish, ichki bozorga qo‘shimcha mahsulot chiqarish, aholi dasturxonini to‘ldirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish imkoniyati turibdi.
Takroriy ekinlar tarkibi ham hududdagi agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Jumladan, 26 466 gektar maydonga dukkakli ekinlar, 14 636 gektarga sholi, 5 308 gektarga ozuqa ekinlari, 5 100 gektarga poliz ekinlari, 4 438 gektarga makkajo‘xori silos uchun, 1 945 gektarga kartoshka ekilgan.
Sabzavot ekinlari 1 560 gektarni, oq jo‘xori 870 gektarni, moyli ekinlar 200 gektarni, tariq 150 gek-
tarni va supurgi 410 gektarni tashkil etgan.
Ayniqsa, dukkakli ekinlarning salmog‘i e’tiborga molik. Ularning 26,4 ming gektardan ortiq maydonni egallashi nafaqat takroriy ekinlar tarkibidagi asosiy ulushni, balki bozor talabidan kelib chiqib mahsulot yetishtirishga intilish borligini ham ko‘rsatadi.
Poliz ekinlari orasida esa 1 170 gektarga tarvuz, 2 480 gektarga qovun va 1 450 gektarga qovoq ekilgan. Bu mahsulotlar ichki bozor uchun ham, aholi iste’moli uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Takroriy ekinlar orasida kartoshkaning o‘rni alohida. Viloyatda kartoshka ekish rejasi 5 ming gektar etib belgilangan bo‘lsa, hozirga qadar 1 945 gektarda ekish ishlari amalga oshirilgan.
Sirdaryo tumanida 302 gektar, Guliston tuma-nida 289 gektar, Sayxunobodda 273 gektar, Xovosda 241 gektar, Oqoltinda 223 gektar, Sardobada 206 gektar, Mirzaobodda 123 gektar maydonda kartoshka ekilgan.
Bu raqamlar kartoshka yetishtirish borasida hali foydalanilmagan imkoniyatlar borligini ham ko‘rsatadi.
Zero, rejadagi 5 ming gektarga nisbatan
1 945 gektar — 38,9 foiz atrofidagi ko‘rsatkichdir. Demak, mazkur yo‘nalishda ish sur’atini oshirish, qolgan maydonlarda belgilangan agrotexnik talablarga rioya qilgan holda ekish va hosildorlikni ta’minlash muhim.
Takroriy ekinlarning rejadan ortiq ekilishi, avvalo, yer resursidan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Bir maydondan ikkinchi hosilni olish uchun ekinni shunchaki joylashtirishning o‘zi kifoya emas. Suv ta’minoti, mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, tuproq holatini saqlash kabi agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi kerak.
Shuning uchun bugungi vazifa — “reja bajarildi” degan raqam bilan cheklanib qolmaslik. Endi asosiy mezon ekilgan maydon emas, ana shu maydondan qancha va qanday sifatli hosil olinishi bo‘lishi lozim.
Sirdaryo sharoitida takroriy ekinlarni kengayti-rishning yana bir muhim jihati — oziq-ovqat xavfsizligi.
Sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va boshqa ekinlarning ko‘payishi bozorda mahsulot hajmini oshirishga xizmat qiladi. Taklifning ortishi esa narxlarni barqarorlashtirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, takroriy ekinlar fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha daromad manbai hamdir. Bir yilda bir maydondan ikki marta mahsulot olish imkoniyati yerning iqtisodiy samaradorligini oshiradi.

Biroq takroriy ekin maydonlari kengaygani sari suv resurslaridan tejamkor va manzilli foydalanish talab etiladi. Shu bois zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash, suv isrofini kamaytirish va har bir gektarga sarflanayotgan resursni hisob-kitob qilish kelgusi natijaning muhim omili bo‘ladi.
Shuningdek, viloyatimizda  55 ming gektarlik rejaning 55 775 gektarga yetkazilishi takroriy ekinlarga e’tibor yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Ammo raqamlarning haqiqiy qiymati kuzgi hosil bilan o‘lchanadi.
Shu bois ayni paytda asosiy e’tibor ekilgan maydonlarni parvarishlashga, agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etishga va suv-resurslaridan samarali foydalanishga qaratilishi zarur.
Endilikda har bir ekilgan gektarni yuqori hosildor gektarga aylantirish. Ana shunda “bir maydon — ikki hosil” tamoyili nafaqat qog‘ozda, balki fermer daromadi, bozordagi mahsulot ko‘payishi va aholi dasturxonidagi barakada o‘zining haqiqiy ifodasini topadi.
Xurshida Gʻulomjon qizi

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI
Теги::

Читайте также

Смотреть все