Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sarvinoz URALOVA bilan suhbatlashdik.
— Keyingi yillarda aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Sirdaryo viloyatida bu boradagi holat qanday?
— Bugungi kunda viloyatimizda 309 ta davolash-profilaktika muassasasi faoliyat yuritmoqda. Shundan
166 tasi davlat, 143 tasi xususiy tibbiyot muassasalaridir.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish va bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida mazkur muassasalarda davlat sanitariya nazorati muntazam amalga oshirilmoqda.
— Shifoxona ichi infeksiyalari bo‘yicha vaziyat qanday?
— 2026-yilning dastlabki besh oyida viloyatda 11 ta
shifoxona ichi infeksiyasi holati qayd etildi. Ushbu holatlar Yangiyer va Guliston shaharlari hamda Oqoltin, Sirdaryo, Boyovut va Xovos tumanlarida aniqlangan.
Har bir holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv o‘tkazilib, kelib chiqish sabablari o‘rganildi va takror-lanishining oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbir-lar belgilandi.
Albatta, bu raqam katta ko‘rsatkich emasdek tuyulishi mumkin. Ammo tibbiyot sohasida har bir infeksiya holati jiddiy tahlil qilinadi. Chunki asosiy maqsad bemorlar xavfsizligini ta’minlash va bunday holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikdir.
— Nazorat tadbirlari davomida qanday natijalar qayd etildi?
— Joriy yilning olti oyi davomida tibbiyot muassa-salarida 288 ta nazorat tadbiri amalga oshirildi. O‘rga-nishlar natijasida sanitariya qoidalari buzilgan holatlar aniqlanib, 232 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan jami 584 million 950 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, 47 ta xususiy klinikada aniqlangan qonun-buzilishlar bo‘yicha hujjatlar sud organlariga yuborildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasi bo‘yicha 220 nafar, 54¹-moddasi bo‘yicha 6 nafar, 54²-moddasi bo‘yicha yana 6 nafar xodimga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Bu raqamlar sanita-riya talablariga rioya etish borasida ayrim muassasalarda hali ham mas’uliyatni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
— Ayrim tibbiyot muassasalari faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishiga nima sabab bo‘ldi?
— Sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilganligi sababli 10 ta davolash-profilaktika muassasasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ularning faoliyati qayta tiklandi.
Bundan tashqari, 78 nafar xodim tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmagani uchun vaqtincha ishdan chetlash-tirildi, 43 ta taqdimnoma kiritildi. Shu bilan birga tibbiyot muassasalarida sanitariya qoidalari va shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish mavzularida 63 ta o‘quv seminari tashkil etildi. Bu ishlardan asosiy maqsad kimnidir jazolash emas, balki qonunbuzilishlarning oldini olish va sanitariya madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.
— Ta’lim muassasalarida sanitariya holati qanday nazorat qilinmoqda?
— Bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish doimo ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Viloyatda sanitariya nazoratida 207 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 313 ta umumta’lim maktabi, 22 ta texnikum, 13 ta Prezident ta’lim muassasasi, 2 ta maxsus maktab-internat, 12 ta “Kelajak markazi”, 17 ta sport maktabi, 15 ta musiqa maktabi, 2 ta oromgoh hamda boshqa ta’lim obyektlari mavjud.
Joriy yilning olti oyi davomida ushbu muassasalarda 521 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Shundan 260 tasi rejali,
261 tasi rejadan tashqari tekshiruvlardir. Natijada 278 na-far mas’ul shaxsga nisbatan 707 million 816 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Eng ko‘p kamchiliklar umumta’lim maktablarida qayd etildi. Jumladan, 291 ta tekshiruv davomida 177 nafar mas’ul xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 14 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 96 nafar mas’ul
shaxsga jarima qo‘llanildi, 2 ta muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 19 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirildi. Bu holatlar ta’lim muassasalarida sanita-riya-gigiyena talablariga yanada mas’uliyat bilan yondashish zarurligini ko‘rsatadi.
— Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qanday ishlar amalga oshirildi?
— Viloyatda 2054 ta oziq-ovqat obyekti davlat sanitariya nazoratida turibdi. Ular orasida 214 ta ishlab chiqarish korxonasi, 500 ta umumiy ovqatlanish korxonasi va 1340 ta savdo obyekti mavjud.
Olti oy mobaynida 131 ta obyektda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Natijada 67 ta obyekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi,
64 ta obyekt bo‘yicha hujjatlar sudga yuborildi, iste’mol
uchun xavfli, deb topilgan 2236 kilogramm oziq-ovqat
mahsuloti savdodan chiqarildi. Bu raqamlar aholi iste’mo-liga yetkazib berilayotgan mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashda davlat sanitariya nazoratining naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.
— Bu borada xalqimizga qanday murojaat qilgan bo‘lardingiz?
— Sanitariya qoidalariga rioya qilish bu shunchaki qonun talabi emas. Bu inson hayoti va salomatligi oldi-dagi yuksak mas’uliyatdir. Shu bois har bir tibbiyot, ta’lim va oziq-ovqat sohasi xodimi, har bir rahbar o‘z faoliyatida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilishi lozim.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda davlat nazorati bilan bir qatorda har bir fuqaroning mas’uliyatli munosabati ham muhim ahamiyatga ega. Faqat ana shundagina aholi salomatligini ishonchli muho-faza qilish va sog‘lom hayot muhitini ta’minlash mumkin.
—Mazmunli suhbat uchun katta rahmat.
Suhbatdosh: Adolat AXMADJANOVA