--

Saralash — tayyorgarlikning muhim bosqichi

Saralash — tayyorgarlikning muhim bosqichi
Chop etilgan 31 июля, 2026

Mustaqillik bayrami – xalqimizning milliy g‘ururi, Vatanga muhabbati va kelajakka bo‘lgan ishonchini namoyon etadigan eng ulug‘ va qadrli ayyomlardan biridir. Bu bayram har yili yuksak saviyada nishonlanishi, tomoshabinga unutilmas taassurot qoldirishi uchun esa katta mehnat, puxta rejalashtirish va ijodiy izlanish talab etiladi. Ana shu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri iste’dodlilarni saralash, ya’ni kasting hisoblanadi.
Yaqinda viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari uchun kasting tashkil etildi. Tadbirda viloyatning iqtidorli xonandalari, raqqosalari, aktyorlari, so‘z ustalari hamda turli ijodiy jamoalar o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Bu galgi kastingning ahamiyati shundaki, saralash davomida faqat ijrochilarni tanlab olish bilan cheklanilmaydi, o‘z o‘rnida milliy madaniyatimizning eng yaxshi namunalarini namoyon eta oladigan, yurt taraqqiyoti va mustaqillik g‘oyalarini san’at tilida ta’sirchan ifoda etadigan ijodkorlarni tanlab olishga xizmat qiladi. Chunki bayram sahnasiga chiqqan har bir san’atkor yuz minglab tomoshabinlarning qalblariga ta’sir o‘tkazadigan ma’na-viy elchi hisoblanadi.
Kastingda nafaqat tajribali san’at-korlar, balki ilk bor katta sahnaga chiqishni orzu qilgan yosh ijodkorlar ham ishtirok etdilar. Bu esa ular uchun o‘z iqtidorini namoyon etish, professional mutaxassislardan baho-lash va katta sahnaga yo‘llanma olish imkonini yaratdi. Bunday tanlovlar sog‘lom ijodiy raqobatni kuchaytirib, har bir ishtirokchini o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi.
Bayram dasturlari mazmunan boy, g‘oyaviy jihatdan ta’sirchan va badiiy yuksak saviyada bo‘lishi uchun kastingda har bir chiqishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarning ovoz imkoniyatlari, sahna madaniyati, ijro mahorati, obraz yaratish qobiliyati va tomoshabin bilan muloqot qilish ko‘nikmalari atroflicha baholandi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tayyorlanayotgan bayram tadbirlari nafaqat konsert dasturi, balki mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar, xalqimiz birligi, tinchlik va farovonlik g‘oyala-rini tarannum etadigan katta ma’naviy loyiha sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Shu bois kasting jarayoniga yuksak mas’uliyat bilan yondashildi.
Viloyatimizda boshlangan mazkur
tayyorgarlik ishlari bayram tadbirla-rining mazmunli, ta’sirchan va unutilmas tarzda o‘tishiga xizmat qilishi shubhasiz. Chunki bayramning asosida avvalo iste’dodni to‘g‘ri tanlash, mehnatkash ijodkorlarni rag‘batlantirish va ularga ishonch bildirish turadi.
Mustaqillik bayramiga tayyor-garlik jarayonlari davom etmoqda. Kasting davomida saralangan eng munosib san’atkorlar ishtirokida tayyorlanadigan dasturlar xalqimiz qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘u-larini yanada mustahkamlashi kutil-moqda.
Adolat Rahmonali qizi
Suratlarda: kasting jarayoni-dan lavhalar

Adolat AHMADJANOVA
Adolat AHMADJANOVA
MUXBIR
Теги::